Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet1/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari


Mavzu: Asab tizimining kasalliklari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Nerv tizimini tekshirish sxemasi
2.2.Bosh miya giperemiyasi
2.3. Meningit. Meningoensefalit
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
«Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari» fani hayvon kasalliklarini aniqlash va davolash maqsadida hayvonlarni tekshirish usullarini, tekshirish tartibini, kasal hayvon holatini o ‘rganishni, olingan m a ’lum otlarni tah lil qilib, kasallikni aniqlashni; hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklarining kelib chiqish sabablari va tarqalishi (etiologiya), rivojlanishi va kechishi (patogenez), kasallikbelgilari, simptom va sindromlari (simptomatika), patologoanatomik o‘zgarishlar, tashxis qo‘yish usullari va qiyosiy tashxis, davolash va oldini olish (oldini olish choralari) chora- tadbirlarini ishlab chiqishni o‘rgatadi va ikki qismdan tashkil topadi: 1. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari klinik tashxisi. 2. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. «Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari» fani qisqacha qilib «terapiya» deb ataladi. Terapiya (terapia) yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «parvarishlash» ma’nosini anglatadi. Bu atama birinchi bo‘lib, rimlik olim Kolumella tomonidan ishlatilgan va fanga kiritilgan. Tom m a’noda olinganda, «terapiya» so‘zi hayvonlarda uchraydigan ichki yuqumsiz kasalliklarni davolashni anglatadi. «Terapiya» fani veterinariya shifokorini shakllantirishda asosiy klinik fan hisoblanadi va bu fanning ilmiy asosini umumiy bio- logiya, biokimyo, anatomiya va patanatomiya, fiziologiya va patfiziologiya, klinik diagnostika, oziqlantirish va zoogigiyena fan- lari tashkil etadi. «Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari» fani ikki qismga bo‘linadi:
1. Umumiy oldini olish choralari va terapiya qismi. Bu qism
ichki yuqumsiz kasalliklarning oldini olish umumiy tamoyillari, dispanserlash uslubiyati, davolash tamoyillari, vositalari va usullari, fizioterapiya hamda terapevtik texnika usullarini o‘rgatadi.
2. Ichki yuqumsiz kasalliklar xususiy patologiyasi, terapiya va
oldini olish. Bu qismda yuqumsiz kasalliklar tizimlar b o ‘yicha quyidagi tartibda o ‘rganiladi: yurak-qon tom ir tizimi kasalliklari, nafas tizimi, hazm tizimi, ayirish tizimi, qon tizimi, asab tizimikasalliklari, oziqa toksikozlari, m oddalar alm ashinuvining buzilishlari va endokrin tizimi kasalliklari, yosh hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, parranda, m o‘ynali hayvonlar kasalliklari.Ushbu kasalliklar quyidagi reja asosida o ‘rganilib, tahlil qilinadi: kasallik tarqalishi va iqtisodiy zarari, tasnifi, sabablari, rivojlanishi, patologoanatomik o ‘zgarishlar, klinik belgilari, tashxis, kasallik oqibati, davolash va oldini olish chora-tadbirlari.Bu fan veterinariya shifokori hamda shifokor-pedagoglarni shakllantiradi va, o‘z navbatida, zoomuhandislik, agronomiya va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada bo ‘ladi.Ixtisoslashgan ham da xususiy fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, go‘sht, sut, jun, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, profi- laktik yo‘nalishni puxta o ‘rganish bilan birga, kasal hayvonlarni guruhlab va yakka tartibda davolashning nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslarini hisobga olishga ko‘p jihatdan bog‘liq.Ko‘pgina holatlarda kasa.llikla.rni erta aniqlash va oldini olishga imkon beradigan dispanserlash usuli muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarida hayvon­ larni guruhlab davolash, to ‘la qiymatsiz va bir tomonlama oziqlan- tirish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni davolashda diyeto- terapiya usuli samarali natija berishi mumkin.M a’lumki, xo‘jaliklarda to ‘la qiymatsiz oziqalar berilishi, oziqa tayyorlash texnologiyasining buzilishi va molxonalarda zoogigiye- nik ko‘rsatkichlarning m e’yoriy talab darajasida emasligi, ayniqsa, qish mavsumida kasal mollar sonining ko‘payishiga olib keladi.Agrokimyo va veterinariya laboratoriyalarida oziqa sifatining tekshirilishi nafaqat diagnostik, balki oziqlantirishni to ‘g‘ri tashkil qilish uchun ham m uhim ahamiyatga ega. Shuning uchun chorvachilik xo‘jaliklarida kasalliklarning oldini olish va davolash tadbirlarini tashkil qilishda agrotexnika, oziqa ishlab chiqarish va tayyorlash texnologiyasi hamda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini parvarishlashda zoogigiyenik talablarga rioya qilish talab etiladi.
Veterinariya amaliyotida kasal hayvonlarni klinik tekshirish usullarining takomillashtirilib borilishi bilan bir qatorda, aniq diagnostik m a’lumotlar beradigan fizika, kimyo, biologiya fan-larining yutuqlariga asoslangan rentgenoskopiya, rentgenografiya, rentgenofotometriya, elektrokardiografiya, ruminografiya, biop- siya, biokimyoviy tekshirishlar, luminessent tahlil qilish reak- siyalari kabi yangi usullar keng joriy etilmoqda. Davolashni ilmiy asosda tashkil qilish uchun alohida a’zo, a’zolar tizimi va butun ichki a’zolardagi morfologik o ‘zgarishlarni o‘rganish bilan bir qatorda, ularning funksional holatini yoki imkoniyatini ham aniqlash zarur.Kasallikka to ‘g‘ri tashxis qo‘yish, kasallik taqdirini aniqlash va davolash usulini tanlashda klinik diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi.Kasallikni o ‘rganish tartibi. H ar bir kasal hayvon quyidagi tartib asosida qabul qilinib, klinik tekshirish va davolash ishlari bajariladi: • anamnez m a’lumotlarini yig‘ish va klinik tekshirishlar o ‘t- kazish; • laboratoriya tekshirishlarini o ‘tkazish; • kasallik sababi (etiologiyasi)ni aniqlash; • kasallikning rivojlanish mexanizmi (patogenezi)ni aniqlash; • tekshirish natijalari asosida simptomatika, sindromatika va semiotikani aniqlash; • patologoanatomik o‘zgarishlarni o‘rganish va aniqlash; • davolashni tashkil etish; • oldini olish chora-tadbirlarini o ‘tkazish; • tashxis va qiyosiy tashxisni aniqlash; • kasallikning oqibati qanday bo‘lishi mumkinligini bashorat qilish.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling