Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet21/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Nazorat uchun savollar:

1. Tayoqchasimon bakteriyalar qanday tuzilishga ega?

2. Batsillalar va bakteriyalar bir-biridan qanday farq qiladi?

3. Tayoqchasimon bakteriyalar, spirilla va spiroxetalardan qanday preparatlar tayyorlanadi?

5– Laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu. Sharsimon bakteriyalar, ularning morfologiyasini mikroskopda kо‘rish

 

Mashg‘ulotning maqsadi: sharsimon bakteriyalar to‘g‘risida umumiy ma’lumot berish. Sharsimon bakteriyalarni asosiy shakllarini mikroskop orqali o‘rganish.



Umumiy ma’lumot:

Sharsimon bakteriyalar – kokklar (coccus — yunoncha sо‘z bо‘lib, “don” yoki “sharcha” degani). Kokklarning diametrlari 0,5-1 mkm atrofida bо‘ladi. Hujayralarning bо‘linish tekisligini qandayligiga qarab va bо‘lingandan sо‘ng hujayralarning bir-biri bilan bog‘liqligining saqlanishi va natijada hujayralarning joylanishiga kо‘ra quyidagi morfologik guruhlar ajratiladi.

Mikrokokklar (micro – lotincha “kichik” degani) hujayralari sferasimon bо‘lib, 0,5-3,5 mkm diametrga ega. Ular bо‘linganda bir necha tekislikda bо‘linish xususiyatiga ega. Bittadan uchraydi yoki tо‘p-tо‘p bо‘lib turli xil tо‘plamlar hosil qiladi. Ular havoda, suvda, tuproqda, oziq-ovqatlarda va boshqa substratlarda yashaydi. Ularning orasida kо‘pincha rangli, pigmentlilari topiladi.

Diplokokklar (diplos — lotincha “ikkilik” degani) hujayralari bir tekislikda bо‘linadi, sо‘ngra tarqalmaydi, natijada ikkitadan birlashgan hujayralar hosil bо‘ladi. Ular orasida kasallik qо‘zg‘atuvchilari bor: pnevmoniya, gonoreya, meningit kabi kasalliklar.

Tetrakokklar (tetra — lotincha “tо‘rt” degani) tо‘rt hujayradan tashkil topgan. Bu esa hujayralarning ikki bir-biriga perpendikulyar bо‘lgan tekislikda bо‘linishidan hosil bо‘ladi. Tetrakokklarning hamma ma’lum vakillari saprofitlardir.

Streptokokklar (streptus — yunoncha “zanjir” degani) hujayralarning bir tekislikda bо‘linishidan hosil bо‘lgan hujayralar zanjiridir. Hujayralar dumaloq yoki sal chо‘zilgan shaklga ega bо‘lib, diametri 2 mkm atrofida. Streptokokklar ichida ham saprofitlari, ham kasallik qо‘zg‘atuvchilari (odam va hayvonlarda yiringli yara hosil qiluvchilari) bordir.

Sarsinalar (sarcina — lotincha “birlashtiraman” degani) 8 va undan kо‘p hujayradan kubsimon joylashgan paketlar hosil qiladi. Uning har bir tomonida 4 tadan hujayra bо‘ladi. Bu shakl hujayraning uchta bir-biriga perpendikular tekislikda bо‘linishidan hosil bо‘ladi. Hujayralar shakllari sharsimon bо‘lib, diametrlari 1,8-3,0 mkm boladi. Sarsinalarning har xil turlari havoda keng tarqalgandir. Ularning barchasi saprofitlar bo‘lib, patogenlari hali uchratilmagan.

Stafilokokklar (staphylo — yunoncha “uzum shingili” degani) hujayraning har xil tekislikda tartibsiz bо‘linishidan hosil bо‘ladi va uzum shingilining joylashishini eslatadi. Hujayra sharsimon bо‘lib, diametri 0,8-1,5 mkm ni tashkil etadi. Stafilokokklar odam va hayvonlarda yiringli yaralar hosil qiladi.



Shuni eslash о‘rinli bо‘ladiki, yuqorida aytilgan sharsimon hujayralarning ayniqsa tо‘plamlari 2-4 tadan birikkanlari tо‘plamlari turg‘un bо‘lmasdan ayrim-ayrim hujayralarga oson ajratiladi.


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling