Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet19/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Nazorat uchun savollar:

1. Ezilgan tomchi preparatlar qanday tayyorlanadi?

2.    Osma tomchi  preparatlar qanday tayyorlanadi?

3.    Fiksatsiyalangan preparat necha xil usulda tayyorlanadi?

4. Mikroorganizmlarni bo‘yashda qanday usullardan foydalaniladi?

 

4 – Laboratoriya mashg‘uloti



Mavzu. Tayoqchasimon bakteriyalar va spiroxetalar, ularning morfologiyasini mikroskopda kо‘rish

 

Mashg‘ulotning maqsadi: bakteriyalar tо‘g‘risida umumiy ma’lumot berish.  Tayoqchasimon va spiroxetalarni asosiy shakllarini mikroskop orqali o‘rganish.



Umumiy ma’lumot

Prokariot organizmlarning shakli tayoqchasimon, sharsimon, qiyshiq, burama va hokazo kо‘rinishlarga ega. Odatda bir hujayrali tayoqchasimon bakteriyalar (bacter – yunoncha “tayoqcha”) deb ataladi. Silindrsimon tо‘g‘ri tayoqchalar keng tarqalgan. Ular spora hosil qilmaydigan tayoqchasimonlar bо‘Iib, chin bakteriyalar (eubakteriya), masalan tuproqda kо‘p uchraydigan Pseudomonas avlodi vakillaridir. Spora hosil qiluvchilarning xarakterli vakillaridan “Bacillus” avlodi batsillalaridir. Organik moddalarga va boshqa substratlarga boy suv havzalarida kasallik qо‘zg‘atuvchi spiralsimon buralgan tayoqchalar — vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar uchraydi. Bakteriyalar, batsillalar, vibrionlar va spirillalar “qattiq” hujayra devoriga (pо‘sti) ega va shuning uchun ularning hujayra shakli о‘zgarmaydi, u mustahkam, rigiddir. Spiroxetalar esa ulardan farq qilib, о‘ziga xos shakl va о‘lcham, tuzilishga va yashash muhitiga ega. Bu organizmlar ham bir hujayrali, ammo shakllari о‘zgaruvchan, rigid emas. Spiroxetalarning buralganlik darajalari harakat vaqtida о‘zgarib turadi.




Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling