Nazorat uchun savollar:
1. Sharsimon bakteriyalar qanday tuzilishga ega?
2. Sharsimon bakteriyalar muhitda tarqalishiga kо‘ra qanday nomlanadi?
3. Patogen kokklarning о‘ziga xos xususiyatlarini ayting?
6 – Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu. Aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar, ularning morfologiyasini mikroskopda kо‘rish
Mashg‘ulotning maqsadi: aktinomitsetlarni morfologik xususiyatlarini o‘zlashtirish, ularni ajratib olish, ozuqa muhitiga ekish va mikroskopda ko‘rib o‘rganish.
Umumiy ma’lumot.
Bu guruhga korineform bakteriyalar, mikobakteriyalar, aktinomitsetlar va boshqa organizmlar kiradi.
Korineform bakteriyalar qiyshaygan yoki kuchsiz shoxlangan, sharsimon formaga о‘ta oladigan mikroorganizmlarni yig‘ma guruhidan iboratdir. Korineform bakteriyalar, odatda harakatsiz bо‘ladi. Bu guruhga Arthrobacter (arthros — “bо‘g‘im”) avlodi bakteriyalari kiradi. Artrobakteriyalar tuproq biotalarining katta qismini tashkil qiladi hamda о‘simliklarda, suv tozalash inshootlarining faol balchiqlarida yashaydi.
Artrobakteriyalarning yosh hujayralari tayoqchasimon bо‘lib, bо‘linganda keskin о‘tkir burchak hosil qilib bukiladi va “qisqichlarsimon” komplekslar hosil qiladi. Vaqt о‘tishi bilan hujayralar qisqaradi, shar shaklini oladi. Yangi oziqa muhitida kokklar yana tayoqchasimon shaklli hujayralarga aylanadi. Ba’zi turlari shoxlanishga moyil bо‘lib, mitseliy hosil bо‘lishini boshlang‘ich davrini eslatadi.
Mikobakteriyalar haqiqiy mitseliy hosil qilmaydigan bir hujayrali organizmlardir. Yosh hujayralari shoxlangan yoki burchaksimon bо‘lib vaqt о‘tishi bilan kokksimon yoki tuxumsimon hosilalarga bо‘linadi. Mikobakteriyalar faol harakat namoyon qilmaydilar. Koloniyalari pastasimon, yumshoq, kо‘pincha qizil, olovrang, sariq, yashil, qо‘ng‘ir va qora rangga bо‘yalgan bо‘ladi. Mikobakteriyalar orasida odamlarda (sil, moxov kasalliklarini yuqtiruvchi) va о‘simliklarda (pomidor rakini yuqtiruvchi) kasallik yuqtiruvchi vakillari mavjuddir.
Aktinomitsetlar — (lotincha actis — “nur”, myces — “zamburug‘”) nurli zamburug‘lar kо‘pgina vakillarini о‘z ichiga oladi. Bular bir hujayrali bо‘lib, hujayralari shoxlanib mitseliy hosil qiladi. Shuning uchun ham tashqi kо‘rinishidan zamburug‘lar bilan о‘xshash bо‘ladi Mitseliy iplarining, gifalarning diametri 0,5-0,8 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |