Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet31/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Ishning borishi: bakteriyalarning harakatini o‘rganish uchun 1 yoki 2 kunlik bakteriya kulturasi olinadi va undan ezilgan tomchi yoki osilgan tomchi preparati tayyorlanadi.

Mikrob hujayralari bir-birini to‘sib qo‘ymasligi uchun preparat juda quyuq bo‘lmasligi lozim. Quyuq preparatni suv bilan suyultirish kerak. Tayyorlangan preparat mikroskopda tez ko‘rilishi lozim. Chunki u tez qurib qolishi mumkin. Mikroskop ostida ko‘rish uchun qoplag‘ich oynaning ustiga immersiya moyi tomiziladi va 90x obyektivida, qorong‘ulashgan (xiralashgan) ko‘rish maydonida kuzatiladi.

Ezilgan tomchi preparati o‘rganilganda bakteriya hujayrasining shakli, o‘lchamlari va harakatini aniqlash imkoni mavjud.

Bakteriyalarning faol harakatini ularning mexanik va sust harakatidan farqlash zarur. Faol harakatlanuvchi bakteriyalar barcha ko‘rish maydonidan bir-birini quvib, yo‘nalishini o‘zgartirib, aylanma harakat qilib suzib o‘tadi. Mexanik yoki sust harakat quriyotgan tomchida kuzatiladi, hujayralarni oqizib ketuvchi suyuqlik oqimi paydo bo‘lsa, bakteriyalar bir xil tezlik bilan bitta yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishadi. Ezilgan tomchi preparatini “tirik” bo‘yash orqali ham bakteriya hujayralarini kuzatish mumkin.

Buning uchun tirik hujayraga chuqur ta’sir ko‘rsatmaydigan va uning tarkibini differensial bo‘yovchi, mikrob hujayrasining ba’zi bir xususiyatlarini masalan, alohida zaxira oziq moddalar, kiritmalar (glikogen, granulyoza va boshq.)ni batafsilroq o‘rganishga imkon beruvchi, kichik konsentratsiyali (0,01 dan 0,0001% gacha konsentratsiyali) rangli eritmalardan foydalaniladi.

“Tirik” bo‘yash uchun neytral qizil, metil ko‘ki, lyugol yeritmasi va boshqa bo‘yoqlardan foydalaniladi.

“Tirik” bo‘yash usuli shuningdek, o‘lik hujayralarni aniqlash uchun ham qo‘llaniladi. Chunki o‘lik hujayralar oson bo‘yalsa, tirik hujayralar uzoq vaqtgacha hujayra qobig‘idan rangni o‘tkazmaydi va bo‘yalmagan holda qoladi.




Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling