Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet34/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Material va jihozlar: Avtoklav, termostat, laminar boks, mikroskop, Rushman oziqa muhiti, pepton agar oziqalari, tarozi, tuproq, buyum va qoplag‘ich oynalar, bakterial ilmoq, spirt alangasi, etil spirti, sterillangan suv, filtr qog‘oz, 500 - 250 ml kolbalar, 1 ml yoki 2 ml pipetkalar, probirkalar uchun mo‘ljallangan shtativ, narvoncha bilan vannacha, mikroskop ostida ko‘rishda ishlatiladigan reaktivlar hamda suv solingan kolbalar, oziqa muhiti quyilgan probirkalar va Petri idishlari va tiqinlar.

Ishning borishi: 1. Bacillus megateriumning pepton agarida 18–24 soat  davomida о‘stirilgan kul’turasidan еzilgan tomchi usulida preparat tayorlab poli – β - oksibutirat donalarni oson kо‘rish mumkin .

2. Moy kislotali bakteriyalarning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning hujayrasida kraxmalsimon modda – garanulyozaning еhtiyot oziqa moddasi sifatida tо‘planishidir. Moy kislotali bakteriyalar tuproqda keng tarqalgan. Ularning boyitilgan kulturalarini Rushman oziqa muhitiga tuproqni ekish orqali olish mumkin. Oziqa muhiti maydalab tozalangan kartoshkadan tayyorlanadi. Kartoshka kolbaga solinadi, tagidan ozgina bо‘r solinadi, sо‘ngra suv qо‘shilib  sterillizatsiya qilinadi. Tuproq еkilgan oziqa muhiti 5 – 7 kun 26 – 280C da termostatda inkubatsiya qilinadi.

Granulyozani kо‘rish uchun buyum oynasiga bir tomchi lyugol reaktividan tomiziladi va uning usiga Rushman oziqa muhiti suyuqligidan kichik kartoshka bо‘lakchasi bilan solinadi va ohista aralashtiriladi. Preparat qoplagich oyna bilan yopiladi, immersion moy tomizilib mikroskopda kо‘riladi. Preparatda qizil –binafsha rangga bо‘yalgan va hujayraning kо‘p qismini  egallagan granulyoza kо‘rinadi.

3. Ayrim mikroorganizmlar volyutin donalari deb ataladigan polifosfatlar tо‘plash xususiyatlariga ega.Volyutin donalarini farqlantiruvchi xususiyatlaridan biri, ularning kо‘k metilen bilan bо‘yalganda qizil-binafsha rangga bо‘yalishidadir.

Volyutin yoki metaxromatin donalari korineform bakteriyalar, azotabakter, sut kislotali bakteriyalarda, achitqilar va boshqa mikroorganizmlarda  uchraydi.

Volyutin donalar bilan tanishish uchun qatiqdan tayyorlangan fiksirlangan va bо‘yalgan  preparat kо‘riladi.

Yog‘sizlantirilgan qatiqdan toza buyum oynasida surtma tayyorlanib quritiladi, alanga usida fiksirlanadi, sovitilgandan sо‘ng Leffler metil kо‘ki bilan 10 minut davomida bо‘yaladi. Sо‘ngra preparat bо‘yoqdan yuviladi, quritilib immersiya tizimida mikroskopda kо‘riladi. Xujayra havo rangga, volyutin donalari-qizil binafsha rangga bо‘yaladi.

2.     Ba’zi bakteriyalar uglevodga boy va azot kam bо‘lgan muhitda о‘sish vaqtida shilimshiq, ya’ni hujayra atrofida joylashgan g‘ovak qatlam-kapsula hosil qiladi. Bu xususiyatga kо‘pgina ayrim kasallik tug‘diruvchi bakteriyalar, saprofitlardan esa Bacillus_polymyxa'>Bacillus polymyxa (19-rasm)Azotobacter chrooccum va boshqalar ega (20-rasm).

Kapsulalar kо‘pincha gel konsitensiyada bо‘lib mikroskop ostida tirik xujayralarda yaxshi kо‘rinmaydi, Kapsulalarni aniqlash uchun bо‘yashni  turli usullaridan foydalaniladi. Suyuq tush (tush bilan distillangan  suv 1:10 nisbatda) yordamida «vegetativ» usuli yaxshi natija beradi. Unga 3-5 kunlik azotsiz Eshbi muhitida o‘stirilgan Azotobacter chroococcum  kulturaning biomassasi solinadi. Ehtiyotlik bilan aralashtiriladi va qoplag‘ich oyna bilan yopilib kuzatiladi. Preparatning umumiy qora fonida Azotobacter chroococcum hujayralarini о‘rab turgan rangsiz yirik kapsulalar kо‘rinadi.

 

5. Sporali kapsula hosil qiluvchi Bacillus sp., bakteriyalarning yosh kulturasidan yuqoridagidek preparat  tayyorlanadi. Mikroskop ostida preparatning qora fonida Bacillus sp. ning tayoqchasimon xujayralarini о‘rab turgan rangsiz kapsulalar kо‘rinadi (21-rasm).




Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling