1. Pseudomonas-avlodining vakillarida monatrixal-yoki lofotrixal xivchinlar kuzatiladi. Shuning uchun Pseudomonas sp. 12-18 soatli kulturasidan ezilgan tomchi preparati tayyorlanadi. Mikroskop tagida ingichka harakatchan tayoqchalar ko‘rinishi kerak. Ularning harakati juda tez, parmasimon bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Hujayralar aylanma harakat qilmaydi.
2. Xivchinlarning peritrixal joylanishida ularning harakati bir tekisda bo‘ladi va tebranma harakatlanadi, aylanma harakatlanishi mumkin. Bunday tipdagi harakatni Basillus subtilis dan tayyorlangan ezilgan tomchi preparatida ko‘rish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Bakteriyalar qanday harakatlanadi?
2. Bakteriyalar harkatlanish organiga qarab necha guruhga bo‘linadi?
3. Qaysi bakteriyalar tez, qaysilari sekin harakatlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |