Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi
Download 55.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu. Spora hosil qilish
16-rasm. Streptomitset mitseliysi
Nazorat uchun savollar: 1. Aktinomitsetlar qanday tuzilishga ega? 2. Aktinomitsetlarning sporalari qanday hosil bо‘ladi? 3. Odamlarda aktinomikoz kasalliklarini tarqatuvchi patogen formalarini ayting? 7 – Laboratoriya mashg‘ulotiMavzu. Spora hosil qilish
Umumiy ma’lumot. Prokariotlar olamida endospora hosil qiluvchi bakteriyalar topilgan. Bunday spora hosil qiluvchi bakteriyalar batsillalar deyiladi. Spora hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan bakteriyalar (tayoqchasimon) Bacillus, Clostridium, Desulfotomaculum, Sporolacto bacillus avlodiga kiradi. Shu bilan birga ularga ba’zi sharsimon sarsinalar ham kiradi. Spora vegetativ hujayraning ichida hosil bo‘ladi. Odatda bitta endospora hosil bo‘ladi. Spora vegetativ hujayradan sitologik, fiziologik va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Spora vegetativ hujayraga nisbatan yuqori nur sindirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, oddiy usullarda bo‘yalmaydi. Ular murakkab, ko‘p qavatli qobiqqa ega. Ularda tashqi va ichki qalin korteks qavatlari mavjuddir. Ko‘pgina bakteriyalarning tashqi qavati ustida yana bir struktura - ekzosporium qavati bor. Ko‘pgina batsillalarda spora hosil bo‘lishida hujayra shakli o‘zgarmaydi. Bu batsillyar spora hosil qilish tipi Bacillus avlodi vakillarida kuzatiladi. Clostridium avlodiga kiruvchi bakteriyalarda klostridial va plektridial xil spora hosil bo‘ladi. Batsillyar spora hosil qilishda endospora hujayraning markazida ekssentral ravishda yoki terminal joylashadi, bu o‘z navbatida bakteriyaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu xil spora hosil qilish bilan tanishish uchun uch kunlik pepton agaridagi Bacillus mycoides kulturasidan “ezilgan tomchi” usulida preparat tayyorlanadi. Mikroskop ostida kuzatilganda silindrsimon tayoqcha ichida sporalar ko‘rinadi. Bir qator anaerob batsillalarda spora hosil bo‘lganda hujayra o‘rtasi birmuncha kengayadi va dugsimon shaklga aylanadi. Spora kengaygan qismida joylashadi – markazda yoki birmuncha markazdan chetroqda joylashadi. Bu klostridial tipdagi spora hosil qilish bo‘lib ko‘pincha klostridium avlodiga kiruvchi bakteriyalarda uchraydi, jumladan C. pasteurianum turida. Bunday tipda spora hosil qilishini kuzatish uchun Eshbi oziqa muhitining boyitilgan kulturasidan “ezilgan tomchi”preparati tayyorlab ko‘riladi. Preparat tayyorlash uchun probirka devoridan material qirib olinadi. Preparatda dugsimon ko‘rinishdagi hujayralar ichida yirik yaltiroq sporalar ko‘rinadi. Uchinchi xil spora hosil qilish – plektridial spora hosil qilishdir. Bunda hujayra kengayib, bir tomoni dumaloqlashadi va baraban tayoqchasiga yoki tennis raketkasiga o‘xshab qoladi. Spora hosil bo‘lishning plektridial tipi klostridial tipi singari Clostridium avlodining vakillariga xarakterlidir. Spora hosil bo‘lishining bunday tipi bilan tanishish uchun tayyor fiksirlangan va bo‘yalgan preparatdan foydalaniladi. Plektridial shakllar anaerob moy kislotali bakteriyalarning (С. felsineum) boyitilgan kulturalarida shu bilan birga anerob ammonifikatsiya qiluvchi batsillalarning (С. sporagenes va C. putrificum) to‘plovchi kulturasida oson aniqlanadi. Download 55.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling