Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Interferensiyalovchi kompyuterli mikroskopiya –


Download 55.11 Kb.
bet11/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
1. Interferensiyalovchi kompyuterli mikroskopiya – hujayralarni submolekulyar darajada yuqori tiniqlikka ega bо‘lgan tasvirlarini olishi mumkin (4-rasm, 5).

2. Lazerli konfakal mikroskopiya- obyektlarni aniq tasvirini butun maydon bо‘ylab kо‘rish mumkin. Kompyuter texnologiyalarini qо‘llash orqali obyektni rekonstruksiya qilish ham mumkin (4-rasm, 3,4).


Metodik kо‘rsatmalar.

Mikroskopdan tо‘g‘ri foydalanish uchun, avvalo mikroskopni tо‘g‘ri о‘rnatish hamda kо‘rish maydoni va preparatdagi yorug‘likni yеtarli darajada bо‘lishini ta’minlash kerak. Sо‘ng mikroskop ostida preparatni turli ob`ektiv yordamida kо‘rish mumkin. Yorug‘lik tabiiy (kunduzgi) yoki sun’iy bо‘lishi mumkin. Buning uchun turli maxsus yorug‘lik manbalaridan (masalan, yoritgich OI-7 dan) foydalaniladi.

Hozirgi mikroskoplarda yorug‘lik manbasi mavjud. Preparatni immersion ob`ektiv bilan mikroskopda kо‘rganda ma’lum tartibda ishni ketma-ket olib borishga qat’iy rioya qilish kerak:

1) tayyorlangan va bо'yalgan surtmaga immersion moyidan kichkina  tomchi tomiziladi va preparat buyum stoliga qо‘yiladi (qisqich bilan qistirib qо‘yish shart emas);

2) revolver immersion obyektivdagi 100 belgiga qadar buraladi;

3) asta-sekin mikroskop tubusi obyektivning immersion moyga tekkunigacha tushiriladi;

4) mikrometr  vinti  yordamida  preparatning  oxirgi fokusi aniqlanadi.

Ob`ektiv preparatga tegmasligi kerak, chunki u preparatni yoki frontal linzani sindirishi mumkin (immersion ob`ektivning preparat bilan bо‘yalgan oralig‘i 0,1—1 mm bо‘lishi kerak).

Ish tamom bо‘lgach, immersion ob`ektivdagi moyni maxsus material bilan yaxshilab artish va revolverni kichik, quruq 8-ob`ektivga aylantirib qо‘yish shart.

 


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling