Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet2/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Aseptika [yun. a – inkor qo‘shimchasi va septicos – yiringli] – mikrobsizlik holatini ta’minlaydigan usullar: fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan ta’sir etish), mexanik, biologik va boshqa usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptika turli murakkab jarrohlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga quyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bog‘lov materiallari va boshqa(lar)ni sterillash b) jarroh qo‘lini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va boshqa(lar) tekshirish ishlarini bajarish vaqtida ko‘rsatilgan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish. U antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bog‘lash vaqtida ham aseptika qonun-qoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qo‘llaniladi.


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling