Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Fazo-kontrast mikroskop ostida kо‘rish


Download 55.11 Kb.
bet7/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Fazo-kontrast mikroskop ostida kо‘rish. Shaffof ob’yektlardan yorug‘lik tо‘lqini о‘tayotganda faza о‘zgarishlarining amplituda о‘zgarishlariga aylanishiga asoslangan, buni kо‘z bilan sezsa bо‘ladi. Fazo-kontrast moslama yordamida ob’yektdan о‘tuvchi yorug‘lik tо‘lqinlarining fazoviy о‘zgarishlari amplitudali va shaffof ob’yektlarga aylanib mikroskop ostida kо‘rinadigan bо‘ladi. Bunda ular yuqori kontrastli tasvirlarga ega bо‘lib pozitiv yoki negativ bо‘lishi mumkin. Pozitiv fazo-kontrast deb, yorug‘ kо‘rish maydonida ob’yektning qora, negativ fazo-kontrast deb, qorong‘ilikda ob’yektning yorug‘ tasviriga aytiladi. Fazo-kontrast mikroskopda kо‘rish uchun oddiy mikroskop va unga qо‘shimcha KF-1 yoki KF-4 moslamalaridan foydalaniladi. Ularning komplektiga quyidagilar kiradi:

1. Fazo halqasi bо‘lgan maxsus ob`ektivlar bо‘lib, ular fazani о‘zgartiradi va yorug‘lik tо‘lqinining amplitudasini kamaytiradi. Fazo ob`ektivlar gardishida qо‘shimcha «F»  harfli indeks:  F-10, F-20, F-40 va FOI-90 belgilangan. 

2. Har bir ob`ektiv uchun, maxsus halqali diafragma revolveriga ega bо‘lgan fazo-kondensor bor. Preparatni oddiy irisli diafragma usuli bilan kuzatiladigan tirqishi «0» indeksi bilan belgilangan.

3. Kam kattalashtiruvchi yordamchi mikroskop orqali yorug‘likni markazlashtirish protsessi kuzatilganda okulyar almashtiriladi.

Fazo-kontrast mikroskopda OI-7 yoki OI-19 tipidagi yoritgichlardan foydalaniladi.


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling