Qorong‘i kо‘ruv maydonidagi mikroskopiya. Qorong‘i kо‘ruv maydonida mikroskop ostida kо‘rish. Suyuqlikdagi juda mayda zarrachalar aralashmasini (Tindal effekti) yon tomonidan kuchli yoritilishi natijasida hosil bо‘ladigan yorug‘lik difraksiyasiga asoslangan. Bunga biologik mikroskopdagi oddiy kondensorni paraboloid yoki kardioid-kondensor bilan almashtirish natijasida erishiladi.
Paraboloid kondensor о‘z markazida markaziy yorug‘lik nurlarini tutib qoladigan, qorong‘ilikka va nurlarni qaytarish uchun ichki kо‘zguli yuzaga ega. Kardioid-kondensorda yorug‘lik nurlari avval qabariq sirtdan, sо‘ngra esa botiq sirtdan qaytariladi. Qorong‘i kо‘ruv maydonidagi kondensordan chiqadigan chetki nurlar qiyshiq yо‘nalishda о‘tib, ob`ektivga tushmaganligi sababli kо‘ruv maydoni qorong‘iligicha qoladi. Ob`ektivga ob’yektdan qaytarilayotgan nurlar kelib tushadi, ular preparatning qorongi fonidagi mikrob hujayralar va boshqa zarrachalarning konturlarida yorug‘ nurlarning о‘ziga xos tasvirini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |