Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi
Download 55.11 Kb.
|
Antiseptika infeksiya (mikrob)ning yaraga tushishiga va uning rivojlanishiga qarshi o‘tkaziladigan kompleks kurash va oldini olish usullarini qo‘llashdir. Antiseptika mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va aralash turlardan iborat:
a) kimyoviy antiseptika antiseptik, dezinfeksiyalovchi va kimyoterapevtik preparatlar guruhlariga bo‘linadi. Shu maqsadda xloramin eritmasi bilan yiringli yarani tozalashda 0.5-1% li, metallmas asboblar uchun 0.5% li, asboblar va xonani tozalash uchun 3% li eritma ishlatiladi. Yodning 5%li spirtdagi eritmasi, lyugol, spirt, vodorod peroksid 3% li, kaliy permanganat eritmasi, kseroform 3-10% (maz) surtma, poroshoklar va hokazolar ishlatiladi; b) mexanik antiseptika – yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni olib tashlash, yashash qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni kesib tashlashdan iborat. v) fizik antiseptika – yaralarda mikrobning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan fizik usullar bo‘lib, ochiq va yopiq drenajlar hamda so‘ruvchi vaakumlardan foydalanishdir. g) biologik antiseptika mikroblarni o‘ldirish orqali inson organizmining immunobiologik holatini oshirishni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi. Biologik antiseptik moddalar qatoriga antibiotiklar, enzimlar, zardoblar kiradi. Antibiotiklarga olitetrin, streptomitsin, tetrotsiklin, ferment preparatlariga trepsin, ximotrepsin, ximopsin, zardob preparatlariga esa antitoksinlar va anatoksinlar kiradi. Umuman olganda laboratoriya xonasining havosidagi va turli xil yuzalaridagi mikroorganizmlar miqdorini kamaytirish uchun turli xil dezinfektsiya usullari qo`llaniladi. “Dezinfektsiya” so`zi tashqi muhit ob`ektlaridagi infektsion kasalliklar qo`zg`atuvchilarini zararsizlantirish ya`ni bartaraf qilish ma`nolarini anglatadi. Laboratoriya havosini shamollatish orqali eng oddiy usulda dezinfektsiyalash mumkin. Darcha orqali xonani shamollatish davomiyligi (30-60 minutdan kam emas) ayniqsa, xona va tashqarining harorati sezilarli ravishda farq qilsa, havodagi mikroorganizmlar sonining keskin kamayishiga olib keladi. Havoni dezinfektsiyalashda eng samarali va eng ko`p qo`llaniladigan usul bu - 200 dan 400 nm gacha to`lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirishdir. Ultrabinafsha nurlari kuchsiz singish xususiyatiga ega. shuning uchun havoning ifloslanish darajasiga bog`liq holda uni sterillash uchun 30 minutdan bir necha soatgacha nurlantirish talab qilinadi. Biroq, shuni yodda tutish lozimki, ultrabinafsha nurlari ko`zni og`ir shikastlantirishi mumkin. Mikroorganizmlar kulturasi bilan uzluksiz ravishda ish olib borilganda ish joyini dezinfektsiyalovchi vositalar bilan yaxshilab ishlov berish talab qilinadi. Ish stoli nafaqat ish boshlashdan oldin, balki tugaganidan so`ng ham dezinfektsiyalanadi. Stol ustini artishda lizol va xloramin eritmalaridan, shuningdek, 70% izopropil va etil spirtlaridan ham foydalanish mumkin. Mikroorganizmlarni ekish jarayonida foydalanilgan pipetkalarni darhol dezinfektsiyalovchi eritmalarga masalan, fenolning 3-5% li suvdagi eritmasi yoki 2% li xloramin eritmasiga solib qo`yish talab etiladi. Mikroorganizmlarni ekish vaqtidagi barcha jarayonlar gorelka alangasining yonida (lekin alanganing o`zida emas) o`tkazilishi zarur. Mikroorganizmlarning toza kulturasi bilan ishlayotgan kishining yoniga borish va keskin harakatlar qilish mumkin emas. Chunki bunday sharoitda havoning tasodifiy ifloslanish ehtimolligi ortadi.
Download 55.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling