Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Preparatlar quyidagi maqsadlar uchun fiksatsiyalanadi


Download 55.11 Kb.
bet17/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Preparatlar quyidagi maqsadlar uchun fiksatsiyalanadi:

1)Preparatdagi mikroorganizmlarni nobud qilish uchun.

2)Mikrobni buyum oynasiga mustahkam yopishtirish uchun.

3)Nobud bо‘lgan bakteriyalarni tezroq bо‘yalishini ta’minlash uchun.



Preparatlarni bo‘yash. Ko`pchilik mikroorganizmlarning hujayrasi tabiiy sharoitda bo`yalmagan. Shuning uchun ularni yorug`lik mikroskopida ko`rish qiyin. R. Kox mikroorganizmlarni o`rganish uchun  birinchi marta bo`yash usulidan foydalandi. Hozirgi vaqtda quyidagi bo`yash usullari mavjud:

-  Tirik preparatni bo‘yash. Buning uchun hujayrani halok qilmaydigan bo`yoqlardan foydalaniladi. Masalan, metilen ko`ki va qizil kongoning 0,2-0,001% kontsentratsiyadagi suvli eritmasi shunday bo`yoqlardan hisoblanadi.

-  Fiksatsiyalangan preparatlarni bo‘yash. “Tirik” preparatlardan farqli ravishda fiksatsiyalangan preparatlarni bo`yamasdan o`rganish go‘yo ma`nosizdek. Fiksatsiyada hujayralar o`lik holda bo`ladi. Shu sababli turli xil bo`yoqlarni qo`llash chegaralanmagan.  

Preparatlar nordon yoki ishqoriy anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi. Nordon bo‘yoqlarda xromofor (rang beruvchi ion) – anion, ishqoriylarda esa kation bo‘ladi. Ishqoriy bo‘yoqlarga quyidagilar kiradi: moviy rang metilen, ishqoriy fuksin, siyoh rang gensian va boshqalar. Agar bo‘yoq filtr qog‘ozga avvaldan shimdirilgan va quritilgan bo‘lsa bo‘yash osonlashadi. Buning uchun quritilgan va fiksirlangan preparatga 1 nechta suv tomchisi tomiziladi, 2x2 sm kattalikdagi bo`yalgan qog`oz joylashtiriladi. Bu vaqtda bo`yovchi qog`oz nam bo`lishi va oyna ustiga zich yopishishi kerak. Qog`oz qurib qolganda suv bilan namlab turiladi. Surtmani bo`yash davomiyligi bo`yash usuliga bog`liq holda belgilanadi. Bo`yashning so`ngida qog`oz pintset yordamida ehtiyotkorlik bilan olinadi, surtma sekin oquvchi vodoprovod suvi bilan ehtiyotkorlik bilan yuviladi va havoda yoki filtr qog`ozi yordamida quritiladi.

Surtma yaxshi quritilgan bo`lishi lozim, aks holda qolgan namlik immersiya yoki kedr moyi bilan emulsiya hosil qilib, mikroskopda ko`rganda tushunarsiz rasm hosil qilishi mumkin.


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling