Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet25/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Material va jihozlar: Avtoklav, termostat, laminar boks, mikroskop, tarozi, tuproq, buyum va qoplag‘ich oynalar, bakterial ilmoq, spirt alangasi, etil spirti, setrillangan suv, filtr qog‘oz, 500 - 250 ml kolbalar, 1 ml yoki 2 ml pepitkalar, probirkalar uchun mo‘ljallangan shtativ, narvoncha bilan vannacha, mikroskop ostida ko‘rishda ishlatiladigan reaktivlar hamda suv solingan kolbalar, ozuqa muhiti quyilgan probirkalar va Petri idishlari va tiqinlar.

Ishning borishi: Chapek muhiti. Saxaroza 20 g, NaN03 3 g, KH2PO4 1 g, MgSO4·7H2O 0,5 g, KCl 0,5 g, FeSO4 0,01 g, agar-agar 20 g, suv 1 l. Bu to‘la sintetik oziqa muhit. Bu muhit mikroskopik zamburug‘ turlarini o‘stirish va aniqlash uchun qulay.

1. Artrobakterlar bilan tanishish uchun agarli Chapek oziqa muhitida о‘stirilgan 1 va 7 sutkalik Arthrobacter globiformis kulturasidan “ezilgan tomchi” usulida preparat tayyorlanadi (14-rasm). Bu organizm tuproq biotasining vakili bо‘lib, murakkab organik birikmalarni minerallashtirish jarayonlarida ishtirok etadi. Bir sutkalik Arthrobacter globiformis preparatida mikroskopda uning hujayralari ayrim tayoqchalar kо‘rinishida va “qisqich” kо‘rinishida bо‘lib, uzunligi 1,2-2,0 mkm atrofida bо‘ladi. Yetti sutkalik kulturada esa 0,6-0,7 mkm diametrli kokk formali hujayralar kо‘rinadi.

 
2. Mikobakteriyalarning (15-rasm) preparatlarini ham yuqorida kо‘rsatilgan usullardagidek 1-3 sutkalik Chapek oziqa muhitidagi Mycobacterium lacticolum kulturasidan tayyorlanadi. Bu bakteriya tuproqda keng tarqalgan bо‘lib, oziqa muhitlarida yumshoq, momiqsimon, pastasimon olov rangli koloniyalar hosil qiladi. Preparatda qiyshaygan, yon tomonida о‘simtali formadagi hamda ancha qisqargan hujayralar kо‘rinadi. Yosh hujayralar 0,6-0,7 x 2-8 mkm ga yaqin bо‘ladi.

3. Chin aktinomitsetlar — Streptomitsetlar koloniyalarining morfologiyasi bilan tanishish uchun suv agari oziqa muhitida (vodoprovod suvi — 1 l, agar-agar — 20 g) bir tekis о‘sgan yoki ayrim koloniyalardan tig‘ yordamida kichik-kichik bо‘lakchalar (mikroorganizmlarning ustki tomoni tepaga qaragan holda) kesib olinib buyum oynasiga qо‘yiladi. Preparatni 7 sutkalik tо‘g‘ri va spiralsimon sporabandlik Streptomyces sp. kulturasidan tayyorlanadi (16-rasm). Avvalo quruq tizmali obyektivlar bilan 8 va 40 obyektivlarida kо‘riladi, sporabandlilari rasmga solinadi. Sporalarini kо‘rish uchun yuqorida kо‘rsatilgandek qirqib tayyorlangan aktinomitset koloniyalarga qoplag‘ich oynani pinset yordamida koloniya ustiga ohista tekiziladi va qayta kо‘tarib olinadi. Buyum oynasiga bir tomchi suv tomizib unga shu qoplag‘ich oynani koloniya izi tushgan tomoni bilan yopiladi, va mikroskopning 90 obyektivida kо‘riladi. Preparatda zanjir bо‘lib yoki ayrim-ayrim joylashgan sporalar kо‘rinadi.



Streptomyces koloniyalari ko‘pincha rangli pigmentlarni chiqaradi, bu esa ikkilamchi metabolit biosintezini vizual qayd etishni ta’minlaydi. Kimyoviy xilma-xil birikmalar ko‘pincha farmatsevtikada qo‘llaniladigan biologik birikmalarning ko‘pligini anglatadi (b). Streptomyces coelicolor ikkala periferik va havo mitseliyasi koloniyaning markaziy massasidan rivojlanadi


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling