Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet24/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Aktinomitsetlarning mitseliylari differensiallashgandir: bir qismi substratda joylashgan bо‘lib, unga substrat mitseliysi deyiladi, boshqa qismi substrat ustida joylashgan bо‘lib, havo mitseliylari deyiladi. Mitseliy shoxlariga gifalar deyiladi. Bu organizmlar har xil usulda kо‘payadilar, xususan, sporalar yordamida. Aytish joizki, har xil vakillarida spora hosil qilish turli xil darajada shakllangan. Masalan, Nocardia avlodiga kiruvchi proaktinomitsetlarda havo mitseliysi umuman yо‘q, yoki kuchsiz rivojlangan. Yosh davrida ular mitseliy hosil qiladi, keyinchalik tezgina tayoqchasimon fragmentlarga bо‘linadi, ular esa qisqarib tayoqcha yoki kokklarga aylanadi. Monosporali aktinomitsetlar vakillaridan Micromonosporada mitseliy fragmentlarga bо‘linmaydi, yakka sporalar substrat mitseliysida hosil bо‘ladi.

Streptomyces avlodiga kiruvchi chin aktinomitsetlar polisporali organizmlardir. Ular yuzlab sporalarni spora bandlarida hosil qiladilar. Sporabandlari tо‘g‘ri, spiralsimion, mutovkasimon bо‘ladi.

Aktinomitsetlarda sporalar ikki tipda hosil bо‘lishi kuzatiladi: fragmentatsiya va segmentatsiya. Birinchi holda gifalarda bir tekis tarqalgan nukleoid atrofida sitoplazma tо‘plana boshlaydi, sо‘ngra hosil bо‘layotgan spora maxsus qobiq bilan о‘raladi. Gifaning pо‘sti ma’lum vaqtgacha saqlanadi va keyinchalik yoriladi va spora tashqi muhitga chiqadi.

Segmentatsiya usulida spora hosil bо‘lganda, nukleotid atrofida sitoplazma tо‘plana boshlaydi, sо‘ng nukleotid va sitoplazmani ayrim hujayralarga bо‘ladigan kо‘ndalang tо‘siqlar hosil bо‘ladi. Spora yеtilgandan sо‘ng sporangiy ayrim segmentlarga — sporalarga bо‘linadi. Har bir sporadan yangi organizm paydo bо‘ladi.

Oziqa muhitlarida aktinomitsetlar momiqsimon, duxobasimon, unsimon yoki terisimon substrat bilan birga о‘sgan koloniyalar hosil bо‘ladi. Ular pigmentlar hosil qiladi va koloniyalar havo rang, kо‘k, siyoh rang, pushti, qо‘ng‘ir, jigarrangga bо‘yaladi. Ba’zi aktinomitsetlar vakillari kamfora, iodoform, ammiak, meva hidlarini ajratadi hamda geosmin deb ataladigan maxsus moddaning borligi tuproq hidini beradi. Aktinomitsetlar orasida dorivor moddalar — antibiotiklar hosil qiladiganlari ham topilgan. Streptomitsetlar oziqa manbalariga juda ham talabchan emas, shuning uchun ular tabiatda keng tarqalgan. Ular organik murakkab moddalarni minerallashtirish jarayonida ishtirok etadi. Odamlarda aktinomikoz kasalliklarini tarqatuvchi patogen formalari ham bor.




Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling