Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet22/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Material va jihozlar: mikroskop va qoplagich oynachalar, mikrobiologik ilmoq yoki sirtmoq, mikroorganizmlarning sof kulturasi. Doimiy preparatlar. Paster naychasi, spirt lampasi, immersion moy, bo‘yoq eritmalari, suv, kolbalar va shtativlar.

Ishning borishi: Sharsimon bakteriyalarning tashqi kо‘rinishlari bilan tanishish uchun “ezilgan tomchi” usulida preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasiga vodoprovod suvidan bir tomchi tomiziladi. Sо‘ngra о‘rganilayotgan mikroorganizm kulturasidan ozgina olib aralashtiriladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Qattiq oziqa muhitida о‘stirilgan kulturani bir tomchi suvga bakteriya ilmog‘i vositasida solib aralashtirib preparat tayyorlansa, suyuq oziqa muhitidagi bakteriya kulturasini steril pipetka bilan olib buyum oynasiga tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Demak, ikkinchi holatda bir tomchi suvni buyum oynasiga tomizish shart emas. Olingan tomchining hajmi shunchalik kichik bо‘lishi kerakki, qoplag‘ich oyna yopilganda ortiqcha suyuqlik bо‘lmagani ma’qul. Aks holda ortiqchasi filtr qog‘ozi yordamida yо‘qotiladi. Tayyorlangan preparatlar immersiya obyektivi yordamida mikroskopda kо‘riladi.



e

 




c

 




a

 

 

f

 




d

 




b

 

1. Mikrokokklar preparatlarini 3-4 sutka davomida pepton agarida о‘stirilgan Micrococcus roseus (pushti rangdagi kokklar) kulturasidan tayyorlanadi (13-rasm, а). Preparatda ayrim yoki tо‘p-tо‘p bо‘lib, tartibsiz tо‘plamlar holida joylashgan mayda sharsimon hujayralar kо‘rinadi.

2. Sarsinalar preparatlari 3-4 sutka davomida pepton agarida о‘stirilgan Sarcina flava (sariq rangli) kulturasidan tayyorlanadi. Ular 8 yoki 16 ta hujayradan iborat paketlar hosil qiladi(13-rasm, f).

3. Streptokokklar bilan tanishish uchun qatiq yoki smetanadan olib tayyorlangan fiksirlangan, bо‘yalgan preparat ishlatiladi. Unda gomofermentativ sut kislotali bijg‘ishni olib boruvchi Streptococcus lactis kuzatiladi (13-rasm, с).

Yog‘sizlantirilgan qatiqdan (prostokvasha) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi, fiksirlangandan sо‘ng ishqoriy moviy metilen bо‘yog‘i bilan 1-2 minut davomida bо‘yaladi, filtr qog‘ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida kо‘k rangdagi sharsimon hujayralar zanjirchalari kо‘rinadi.

4. Stafilokokklar bilan tanishish uchun tayyor fiksirlab bо‘yalgan tillasimon stafilokokk Staphylococcus aureus preparati kо‘riladi. Bunda sharsimon hujayralarning shingillarini kо‘rish mumkin (13-rasm,e).

 


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling