Mavzu: Asosiy vositalar amortizatsiyasi. Eskirish hisobi. Reja
Kamayib boruvchi qiymatdan hisoblash usuli
Download 28.33 Kb.
|
Asosiy vositalar amortizatsiyasi. Eskirish hisobi.
Kamayib boruvchi qiymatdan hisoblash usuli. Ushbu usul ham tezlashtirilgan usul hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, birinchidan amortizatsiya (eskirish) belgilangan me’yordan ikki karra miqdorda hisoblanadi, ikkinchidan, amortizatsiya (eskirish) bazasi bo‘lib har yilda qoldiq qiymat hisoblanadi.
Bizning misolimizda yillik amortizatsiya (eskirish) me’yori 20%, ishlatiladigan me’yor – 40% (20% x 2). Ushbu usulda hisoblangan va jamlangan amortizatsiya (eskirish), shuningdek qoldiq qiymat xizmat yillari bo‘yicha qo‘yidagicha bo‘ladi:
Hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki yilda amortizatsiya (eskirish) me’yordan mos ravishda 220000 so‘m (400000-180000) va 60000 so‘m (240000-180000) ko‘p hisoblangan. Mos ravishda bu summalar 1- va 2- yillarda soliq solish bazasiga qayta qo‘shilishi lozim. Keyingi 3 yilda amortizatsiya (eskirish) me’yordan mos ravishda 36000 so‘mga (144000-180000), 93600 so‘mga (86400-180000), 150400 so‘mga (29600-180000) kam bo‘lib, ular mos raivshda 3-, 4- va 5- xizmat yillarida soliq solish bazasidan chegirilishi yoki yuqorida aytilgan tartibda kelgusi yillarda soliq solish bazasiga kiritilmasligi kerak. Bu usul qo‘llanilganda hisob siyosatida xizmat muddatining barcha yillari ichida, shuningdek qo‘shimcha xizmat yillarida ham amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash va uni soliq solishga munosabati hisob siyosatida aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, asosiy vositalarning amortizatsiyasi (eskirish) ni hisoblashning turli usullarini qo‘llash xizmat muddati yillari ichida hisoblangan va jamlangan amortizatsiya (eskirish) summalarini va qoldiq qiymatni turlicha bo‘lishiga, shuningdek ularni turli miqdorda soliq solish bazasiga kiritilishi yoki undan chegirilishi bo‘yicha bir-biridan farq qilar ekan. Bu farqlarni keltirilgan avtomashina misolida qo‘yidagicha ifodalash mumkin:
Download 28.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling