Mavzu: Asosiy vositalar amortizatsiyasi. Eskirish hisobi. Reja
Bir maromda hisoblash usuli
Download 28.33 Kb.
|
Asosiy vositalar amortizatsiyasi. Eskirish hisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillar Boshlan-g‘ich qiymat Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat
- Qoldiq qiymat 1
- Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli.
- Yil-lar Boshlan-g‘ich qiymat Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat
- Jamlan-gan amorti-zatsiya Qoldiq qiymat 1
Bir maromda hisoblash usuli. Ushbu usulning mohiyati shundaki, u amortizatsiyalanadigan qiymatni foydali xizmat muddat davomida bir maromda (miqdorda) hisoblashni, jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni bir maromda ko‘payib borishini va qoldiq qiymatini bir maromda kamayib borishini taqozo etadi.
Yillik amortizatsiya (eskirish) summasi ushbu usulda 180000 so‘mni tashkil etadi. 1000000 – 100000 900000 As = ------------------------------- = -------------- = 180000 so‘m 5 5 Ushbu usulda avtomashinaning foydali xizmat muddati yillari bo‘yicha hisoblangan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi va qoldiq qiymati qo‘yidagicha:
Bir maromda hisoblash usuli Soliq Kodeksiga to‘liq muvofiq keladi. Yillik amortizatsiya (eskirish) summasining 1/12 qismi har oyda harajatlar schetiga kiritib boriladi va u foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shilmaydi. Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda, avvalom bor, bir yillik ish hajmiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) summasi topib olinadi. Bizning misolimizda u 90 so‘mga teng (900000 : 10000 = 90). Avtomobilning xizmat muddati yillarida haqiqatda bajargan ish hajmiga proporsionlal hisoblanadigan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat qo‘yidagicha bo‘ladi:
Ushbu usulda ko‘rinib turibdiki, yillik hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab turlicha bo‘lgan. 1-yilda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi Soliq Kodeksida belgilangan me’yorga mos keladi va u soliq solish bazasiga qayta kirmaydi. 2-yilda me’yordagidan 90000 so‘m (270000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan.Ushbu summa ikkinchi yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi.3-yilda me’yordagidan 45000 so‘m (225000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan.Ushbu summa 3-yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 4- va 5- yillardan me’yordan mos ravishda 45000 so‘m (135000-180000) va 90000 so‘m (90000-180000) amortizatsiya (eskirish) kam hisoblangan. Ushbu summalar mos ravishda 4- va 5- yillarda soliq solish bazasidan kamaytirilishi maqsadga muvofiq yoki kelgusi yillarda avtomobildan qo‘shimcha ishlatishda soliq solish bazasiga 2- va 3- yillarda qayta kiritilgan 135000 so‘m (90000+45000) miqdorida amortizatsiya (eskirish) summasi soliqga tortilmasligi kerak. Yuqoridagi hol mavjud bo‘lganda soliqga tortilmaydigan amortizatsiya (eskirish) summasi miqdori asoslangan holda hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Download 28.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling