Mavzu: Asosiy vositalar amortizatsiyasi. Eskirish hisobi. Reja
Yillar Yillik amortizatsiya
Download 28.33 Kb.
|
Asosiy vositalar amortizatsiyasi. Eskirish hisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalarni sotishning va boshqa chiqimlarining hisobi. Asosiy vositalarni sotishning hisobi
- Debet
- Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini ko‘payishi ushbu schetning kreditida va harajat schetlarining debetida (2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190 va boshqalar) aks ettiriladi. Asosiy vositalarni sotishning va boshqa chiqimlarining hisobi. Asosiy vositalarni sotishning hisobi.Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda qo‘yidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotish natijasida korxona foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Bu natija jo‘natish qiymati (Jq) va qoldiq qiymati (Qq) o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan katta bo‘lsa (Jq Qq) korxona asosiy vositalarni sotishdan foyda olgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanadi, agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan kichik bo‘lsa (Jq Qq), korxona asosiy vositalarni sotishdan zarar ko‘rgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, ya’ni: Fs (Zs) = Jq – Qq Yuqoridagi misolda korxona sotishdan foyda ko‘rgan. Agar korxona asosiy vositani 50000 so‘mga sotganda edi, u Soliq Kodeksiga muvofiq QQS to‘lamaydi, shuningdek ushbu korxona sotishdan 50000 so‘m zarar ko‘rgan bo‘lar edi va bu zarar hisobda qo‘yidagicha aks ettiriladi: Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» - 50000 Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 50000 Asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq Kodeksiga muvofiq (22–modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi. Agar asosiy vositalar qoldiq qiymat bo‘yicha sotilsa, u holda ham korxona QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, sotishdan na foyda olingan, na zarar ko‘rilgan bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston: bozor iktisodiyotiga utishning uziga xos yuli. - T. O`zbekiston, 2017. Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida. - T. O`zbekiston, 2018. Kodirxonov S.B. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi. -T.: Ukituvchi, 2020. Umarova M., Axmadjonov K., Eshboyev U. Buxgalteriya hisobi. -T.: 2021. Yuldashev S.SH., Buxgalteriya hisobining chukurlashtirilgan moduli. T.: 2017. 6. Каримов И.А. Узбекистон: бозор иктисодиётига утишнинг узига хос йули. - Т. Узбекистон, 1995. 7. Каримов И.А. Узбекистон иктисодий ислохотларни чукурлаштириш йулида. - Т. Узбекистон, 1995. www.ziyonet.uz www.arxiv.uz Download 28.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling