Mavzu: Asosiy vositalar auditi
Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ASOSIY VOSITALAR AUDITI
5. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni
hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to‘g‘riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: * sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini (miqdori va qiymati ko‘rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash; * yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish; * foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash; * soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash; 25 * hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o‘chirilganligini. Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190 schyotlar debeti bo‘yicha kirimiga olingan asosiy vositaning manbayi aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo‘yilmalar tartibida puli to‘lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar qo‘shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k. So‘ngra ko‘rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi tekshiriladi. Tekinga olingan asosiy vositalar obyektlarini hisobga olish bo‘yicha muomalalarni aks ettirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlarida belgilangan. 2003-yil 1 yanvardan iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo‘shilgan kapitali (8530- schyot krediti) ko‘paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 1995-yil 5- sentabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o‘zaro bir-biriga o‘tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo‘shimcha daromad deb hisoblanmaydi 26 va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig‘i bazasiga qo‘shilib, soliqqa tortilmaydi. Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o‘tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo‘jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo‘jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o‘tkazilganining to‘g‘riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to‘g‘ri tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur. Puli to‘lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar bo‘yicha korxona bir vaqtning o‘zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, o‘tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zaxira kapitalini aks ettirish lozim. Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to‘g‘ri rasmiy- lashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to‘lanadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazib berilganligini, to‘langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg‘otsa, ushbu muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o‘tkaziladi. Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to‘langan soliq to‘g‘risida soliq nazoratiga o‘z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo‘yicha tegishli bo‘lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to‘lanadigan summadan belgilangan tartibda budjetga daromad solig‘i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani o‘z vaqtida to‘lash uchun 27 bankdan xo‘jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan o‘z vaqtida va to‘liq berilganligi ham tekshirilishi zarur. Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy yashash joyini ko‘rsatib, oldi - sotdining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspeksiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, (litsenziyasi bo‘lsa) undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig‘i ushlanmaydi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling