Mavzu: Asosiy vositalar auditi
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ASOSIY VOSITALAR AUDITI
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning
dastlabki qiymatini shakllantirishga oid xo‘jalik muomalalarini buxgalterlik hisobining schyotlarida aks ettirishga doir misollar. Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda obyektlarning dastlabki qiymati to‘g‘ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. Chunki u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos hisoblanadi. Bunda 0800- «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oladigan schyotlar»ning ma’lumotlari tekshiriladi. Bu schyotlarda sotib olinib yoki qurib bitkazilib, balansga qabul qilinishi lozim bo‘lgan (0120 schyot debeti va 0810 schyotning krediti) obyektning dastlabki (inventar) qiymati aniqlanadi. Umumiy qoidalarga ko‘ra u (QQS) asosiy vositaning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi. 28 Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o‘rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to‘lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish uchun sotib olingan bo‘lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’- ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar budjet ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda; · korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo‘layotgan vaqtda pudratchiga to‘langan QQS qurilayotgan obyektning inventar qiymatiga qo‘shiladi. Qurilish xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga nisbatan belgilangan miqdorda budjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot). Auditor pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan asosiy vositalar obyektlariga doir xarajatlar, mazkur obyektning dastlabki (inventar) qiymati shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim. Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlarning tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi quyidagi sabablarga ko‘ra ro‘y beradi: * ularni sotish natijasida; * chet korxonalar va shaxslarga tekinga berish; * to‘zib ketganligi va ma’naviy eskirishi sababli ularni tugatish natijasida; * kamomad tufayli; * tabiiy ofatlar natijasida. Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq muomalalarni tekshirishdan maqsad quyidagilarni aniqlashdan iborat: 29 * asosiy vositaning dastlabki (inventar) qiymati va hisobdan chiqarilayotgan vaqtdagi eskirish summasi to‘liq va tegishli tarzda ularni hisobga oladigan schyotlardan hisobdan chiqarilganligini; * ushbu muomalalar natijasida hosil bo‘lgan moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar) foyda va zararlar schyotida to‘g‘ri aks ettirilganligi. Bunda quyidagi amallar bajarilishi mumkin: hisobot davri davomida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar ob’- ektlarining hisobdan chiqarilayotgan kundagi boshlang‘ich qiymati va to‘plangan eskirish summasi ko‘rsatilgan ro‘yxatini olish; hisobdan chiqarilish sababi; sotish bahosi; hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi. Olingan axborotlar ma’lumotlarini 0110-0190 schyotlar krediti 0210-0290 schyotlar debeti bo‘yicha ma’lumotlar, 9210, 9310 va 9430 schyotlar ma’- lumotlari bilan solishtirish; · asosiy vositani hisobdan chiqarishga doir muomalani amalga oshirish uchun tegishli ruxsatning mavjudligi va ularning hujjatlashtirilishini tekshirish; · hisobdan chiqarishga doir har bir muomala bo‘yicha (hajmi katta bo‘lganda tanlab) asosiy vositalarni hisobdan o‘chirish va moliyaviy natijasini aniqlashning to‘g‘riligini tahlil qilish. Auditor asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini tekshirish chog‘ida hisobdan chiqarilish sababini, muomalaning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini aniqlaydi. Bunda asosiy vositalarni sotish uchun tuzilgan shartnomalar, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, asosiy vositalarni qabul qilish - topshirish dalolatnomasi, analitik hisob ma’lumotlaridan foydalaniladi. Dastavval, auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda asos bo‘lgan AV- 1 va AV-3 shakllardagi dalolatnomalar ma’lumotlarini tekshirishi lozim. Bu dalolatnomalarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati va eskirish summasi aks ettiriladi. Auditor hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuningdek, asosiy vositalarning turgan o‘rni bo‘yicha inventar ro‘yxatida ham tegishlicha qayd qilinganligi tekshiriladi. 30 Amaldagi schyotlar rejasi va uni qo‘llash yo‘riqnomasiga muvofiq, hisobdan chiqarilish sababidan qat’i nazar (bepul berish, ustav kapitaliga hissa sifatida berish, moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha berish, tabiiy ofatlar va ekstremal hollar, o‘g‘irlanish va kamomad) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha muomalalar 9210 «Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi» schyotida aks ettiriladi. Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobga olishda 9210 schyotning qo‘llanilayotganligini, bu schyotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda asosiy vositalar sotilishi va boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishining moliyaviy natijalari to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish zarur. Amaliyotda asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar kam sodir bo‘ladi. Shuning uchun ularni 9210 schyotda to‘liq aks ettirish, olingan daromad (ko‘rilgan zarar)ni to‘g‘ri aniqlash va hisobdan o‘chirish hamda amaldagi soliq qonunchiligiga rioya qilinishini mufassal tekshirish tavsiya etiladi. Asosiy vositalar bepul berilganda va bozordagidan past bahoda sotilganda auditor asosiy e’tiborni jismoniy shaxslarga bepul berilgan yoki sotilgan obyektlarga qaratmogi lozim. Chunki korxona bu holda daromad solig‘i ushlashi va budjetga to‘lashi lozim. Sotilgan asosiy vositalar bo‘yicha (masalan, transport vositalari, komputer uskunalari va hisoblash texnikalari va boshqalarni sotish) budjetga mahalliy soliqlar to‘lanayotganligi; korxona asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda qonun bilan belgilangan barcha hollarda QQS hisoblab (debet 9210 schyot, kredit 6410 schyot) va o‘z vaqtida to‘lanayotganligini (debet 6410 schyot, kredit 5110 schyot) auditor aniqlashi zarur. Korxona asosiy vositalarni bepul berganida ham asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi ko‘chirilishi) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV - 1 shakl) bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Dalolatnomada tekinga beriladigan asosiy vositaning balans qiymati va berilayotgan paytgacha hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilib, inventar kartochkasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Dalolatnoma 31 va ilova qilingan hujjatlar (pasport, texnik tavsifnoma, yo‘riqnoma va boshqalar) asosida guruhlovchi ro‘yxat (vedomost) tuzilib, uning yakuniga asosan asosiy vositaning balans qiymati va eskirish summasi hisobdan o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Auditor tekinga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha muomalalarni aks ettirish faqat oluvchi tashkilotdan kirim qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma (avizo) olinganidan keyin amalga oshirilganligini hamda shunga qadar bu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash to‘xtatilmaganligini ham aniqlashi zarur. Shuningdek, auditor berilgan asosiy vositalarni qismlarga ajratish uchun qilingan xarajatlarni (debet 9210 schyot va kredit 6710, 6510 schyotlar), eskirish summasini hisobdan o‘chirish (debet 0210-0290 schyot va kredit 9210 schyot) va natijalarni (debet 9430 schyoti va kredit 9210 schyot agar zarar ko‘rilsa, debet 9210 schyot va kredit 9310 schyoti agar foyda olinsa) hisobda aks ettirish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarining to‘g‘riligini ham tekshirishi ham kerak. Asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalarni tekshirishda, auditor avvalo tugatish haqida korxona rahbarining, davlat tashkilotlarida esa, direktor, bosh muhandis yoki yuqori tashkilotning farmoyishi hamda tuzilgan dalolatnoma (AV 3 shakl) ma’lumotlarini o‘rganadi. Bunda dalolatnomadagi obyektning nomi, tayyorlangan yoki qurilgan yili, korxonaga kelib tushgan va foydalanishga topshirilgan sanasi, inventar raqami, turgan joyi, balans qiymati, eskirishi, qayta baholanish natijalari, kapital ta’mirlashlar soni kabi ma’lumotlar tekshiriladi. Shu bilan birga ushbu dalolatnomada obyektning asosiy qismlari, detallari, tarkibiy qismlarining texnik holati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan va uni tugatish zarurligi asoslangan bo‘lishi lozim. Halokat oqibatida yaroqsiz bo‘lib qolgan mashinalar, jihozlar va transport vositalari qiymatini hisobdan chiqarish dalolatnomasiga sabablari va aybdorlari ko‘rsatib tuzilgan halokat to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi ham ilova qilingan bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari dalolatnomaning maxsus qismida keltirilgan asosiy vositalarni tugatish bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar hamda ular yuzasidan tuzilgan buxgalteriya provodkalarining to‘g‘riligi ham tekshiriladi. 32 Asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi asosida uzoq muddatli ijaraga berish natijasida xo‘jalikdan chiqarilishi (Dt 0920 Kt 9210), o‘g‘irlanish (Dt 9430 Kt 9210) hollarida, auditor, ijarachi tomonidan moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi va yetkazilgan zararning aybdor shaxslar tomonidan to‘liq qoplanganligiga (Dt 4730 Kt 9430) jiddiy e’tibor berish kerak. Amaliyotda asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalar auditining ayrim xususiyatlari mavjud. Bu yerda auditor to‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarni tugatishning moliyaviy natijasi to‘g‘ri hisobdan o‘chirilganligiga alohida e’tibor berishi zarur. Obyektni hisobdan o‘chirishda uning tiklash qiymati va eskirishi ikki qismga bo‘linadi: asosiy vositalarni qayta baholash paytiga bo‘lgan va o‘tkazilgan qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tiklash qiymatlari va eskirish summalari. Shuning uchun asosiy vositalarni tugatishda 9210 schyotda aniqlangan yo‘qotishlar qisman foyda (9430 schyotining krediti), qisman esa qo‘shilgan kapital (8510 schyotning krediti) hisobiga hisobdan o‘chirilishi mumkin. Misol: asosiy vosita hisobdan chiqarildi: dastlabki qiymati 200000 so‘m va eskirish 160000 so‘m. Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan past bahoda sotilgan hollarda QQS asosiy vositaning qoldiq qiymatiga nisbatan hisoblanishi va budjetga to‘- lanishi lozim ekanligini auditor inobatga olishi lozim. QQS ni qo‘shimcha hisoblash bu holda alohida hisob-kitob qilinadi va korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi. 33 Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda QQS ni hisoblash uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlash xususiyatlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlash xususiyatlari. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi №21 BHMS ga muvofiq 9310 – schyotda (foyda) yoki 9430 –schyotda (zarar) aks ettirilganligi bois, auditor Davlat Soliq qo‘mitasining Yo‘riqnomasiga muvofiq asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni soliqqa tortish maqsadida buxgalterlik foydasini tuzatishning to‘g‘riligini ham tekshirishi lozim 6. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi Korxonadagi asosiy vositalar o‘ziniki va lizing shartnomasi asosida olingan bo‘lishi mumkin. O‘z asosiy vositalari korxonaga tegishli bo‘lib, lizinga olinganlari esa operativ (qisqa muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing sharti bilan olingan bo‘ladi. Lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, “Lizing to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa tegishli huquqiy- me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan holda, yozma ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi. Operativ lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalarni tekshirishda, avvalo, ijara shartnomalarining mavjudligi, to‘g‘ri tuzilganligi, asosiy vositani qabul qilib olish hisobi va korxonada hisob yuritish tartibiga jiddiy e’tibor berish zarur. 34 Operativ lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 schyotda yuritilishi lozim. Lizing oluvchi korxonaning buxgalteriyasida lizingga olingan har bir obyektning lizing beruvchi korxonadagi inventar kartochkasi (AV-6 shakl) dan olingan nusxa bo‘lishi kerak. Asosiy vositani lizinga qabul qilish ham AV-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Lizing beruvchi korxonalar operativ lizing bo‘yicha berilgan asosiy vositalar uchun lizing oluvchi korxonadan olinishi lozim bo‘lgan to‘lovni (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga) operatsion daromadlar tarkibiga (Dt 4810 schyot Kt 9350) kiritadi. Lizingga berilgan mulkning eskirish summasini esa operatsion xarajatlar tarkibiga qo‘shadilar (Dt 9350, Kt 0220) ya’ni olingan daromad eskirish summasiga kamaytiriladi. Bunda lizing beruvchi korxona budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisoblaydi (Dt 9350, Kt 6410) va to‘laydi (Dt 6410, Kt 5110). Lizing oluvchi korxonalar operativ (qisqa muddatli) lizing uchun to‘- lanadigan lizing to‘lovi summalarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shadilar (2010, 2310, 2310, 2710 schyotlar debeti va 6910-schyot «To‘- lanadigan qisqa muddatli ijara haqi» schyoti krediti) to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi (4410 schyot debeti va 6910 schyotning krediti) aks ettiriladi. Ijaraga olingan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qilinadi, kapital ta’mirlash esa shartnomadagi kelishuvga muvofiq lizing oluvchi yoki lizing beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Auditor yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni tekshirib, o‘rnatilgan talablar va qoidalarning buzilish hollarini o‘zining ishchi hujjatlarida aks ettirishi lozim. Moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar auditining xususiyatlari. Mulkni keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar, birinchidan, lizing oluvchi korxonada 0310- «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» degan schyotda hisobga olinadi. Ikkinchidan, asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha oluvchi korxonalar ularga har oyda belgilangan umumiy tartibda eskirish hisoblab, 0299 schyotda aks ettirib boradi, 35 (Debet 2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar va kredit 0299 schyot). Uchinchidan, ijaraga beruvchi bilan asosiy vositalar lizingi uchun hisobkitoblar lizing oluvchi korxonada shu maqsadda maxsus belgilangan 6910- «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara haqi» va 7910-«To‘lanadigan uzoq muddatli ijara haqi» schyotlarida hisobga olinadi. Shunday qilib, auditor faqat korxonada moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan yoki berilgan asosiy vositalar hisobini tashkil etishning to‘g‘riligini tekshirmasdan, balki lizing oluvchi bilan lizing beruvchi o‘rtasidagi hisobkitoblarning holatini ham tekshirishi lozim. Lizing oluvchi bilan lizing beruvchining o‘zaro hisob-kitoblarini tekshirish (solishtirish) dalolatnomasini ham tekshirishi zarur. Jismoniy shaxslardan ijaraga olingan asosiy vositalar auditi ham ayrim xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik firmalar, qo‘shma korxonalar, vakolatxonalar avtomobillarni sotib olinganidan ko‘ra foydaliroq bo‘lgani uchun ijaraga oladilar. Bunda auditor avtomashinani ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini qoplash, hisoblashishlar tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan tanishishi lozim. Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra ijara to‘lovlari ijarachi tomonidan uning xarajatlariga qo‘shilsa (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debet va 6910 schyot kredit). Hisoblangan ijara to‘lovi summasidan daromad solig‘i undiriladi (Debet 6910 schyot Kredit 6410 schyot). Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ulardan ijaraga olingan asosiy vositalar uchun hisoblangan ijara to‘lovi summasidan budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar hisoblanmaydi. Agar asosiy vositalar obyektlari tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslardan ijaraga olinsa, hisoblangan ijara to‘lovi summasidan daromad solig‘i ushlanmaydi. Korxona bunday to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha soliq inspeksiyasi har choraklikda bildirib turishi lozim. Auditor korxonaning ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qoidalari va soliq qonunchiligiga rioya qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun tekshiriladigan obyektlar va hal etiladigan vazifalar ro‘yxati lizing beruvchi korxona va lizing oluvchi korxona pozitsiyalaridan shakllantirilishi kerak. Lizing 36 muomalalari murakkabligi va nostandartligi sababli, ular alohida momentlari, hatto muhim bo‘lsa ham tekshirilishi maqsadga muvofiq emas. Izma-iz tekshirish, muomalalarni hisobda aks ettirish ishonchliligini tekshirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Buning uchun operatsiyalarning salmoqli turlarini tanlab olish va ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini boshidan oxirigacha izma-iz tekshirib chiqish zarur. Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun quyidagi tahliliy amallar samarali hisoblanadi: – buxgalteriya hisobotining ko‘rsatkichlari va ular bilan bog‘liq hiso-bot davrining nisbiy koeffitsientlarini xo‘jalik yurituvchi subyekt tomoni-dan belgilab qo‘yilgan normativlar bilan taqqoslash; – buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarini lizing shartnomasi va ichki hujjatlar aylanishidagi ma’lumotlar bilan reja va bashoratlash ko‘rsatkichlari va hokazolar bilan taqqoslash. Eng muhim masalalar bo‘yicha auditorlik dalillarini bir necha muqobil manbalardan olish maqsadga muvofiq. Auditorda qo‘shimcha auditorlik amallari bajarish zaruriyatini vujudga keltirgan holat mazkur amallarning bevosita lizing muomalalariga tegishli ekanligini aniqlash va tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 37 XULOSA. Hujjatlar bir necha хususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saklashini osonlashtirishdir. Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, хo’jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi хususiyatlariga ko’ra turkumlarga ajratiladi. Hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so’ng, arхivga topshirilguncha хarakatidir. Buхgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o’tishi kerak. Korхona bo’yicha hujjat aylanishi ro’yхati bo’yicha ishlar o’z vaqtida bajarilishini bosh buхgalter nazorat etib boradi. Korхonada mavjud bo’lgan mulkliklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaхshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechoғlik хaqikiyligi, to’ғriligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o’tkaziladi. Inventarizatsiya - korхona mablaғini tekshirib, ro’yхatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir. Inventarizatsiya o’tkazish muddati va ob’ekti ko’rsatilgan ro’yхat ham, korхona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi. 38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Т., 2003. 2. O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to ‘g‘risida» gi Q onuni. (yangi tahrir) - Т., 2000. 3. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to lg‘risida» gi Qonuni. - Т., 1996. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5- oktabrdagi «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida» PF-3665-son Farm oni. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami. 2005-yil oktabr, 40-son. 5. «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida» 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF- 3618-son Farm oni. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami. 2005-yil iyun, 23-24-son. 6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizim ini yanada takom illashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida» gi Farm oni. 2005-yil 14- iyun. 7. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti param etrlari to ‘g‘risida» Qarori. 8. « 0 ‘zbekiston Respublikasi H ukum atining ay rim qarorlariga o'zgartirishlar kiritish, shuningdek, b a’zilarini o ‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to ‘g‘risida ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to ‘g‘risida» 2005-yil 6- noyabrdagi PF-3675- son Farm oni)» 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 2006-yil 4- yanvardagi 2-son qarori. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami. 2006- yil yanvar, 1-son. 39 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 2000- yil 22- sentabrdagi «Auditorlik faoliyatini takom illashtirish va 260 auditorlik tekshirishlam ing aham iyatini oshirish to ‘g‘risida»gi 365-sonli qarori. 10. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlam i m ustahkam lab, yangi m arralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. 0 ‘zbekiston R espublikasi Vazirlar M ahkam asining 2008-yilda m am lakatim izni ijtim oiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009- yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning m uhim ustuvor yo‘nalishlariga bagishlangan majlisdagi m a’ruza. Xalq so‘zi, 2009-yil 13-fevral. 11. Karimov LA. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Т.: 0 ‘zbekiston, 2009. 12. «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to ‘g‘risidagi nizomga o ‘zgartirish va qo‘shim chalar kiritish haqida» 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005-yil 23- sentabrdagi 93-son buyrug‘i. ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tom onidan 2005-yil 18-oktabrda 977-2-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan). 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami. 2005-yil oktabr, 41- 42-son. 13 .0 ‘zbekiston auditorlarining kasbga doir Kodeksi. 0 ‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2005-yil 26-avgustdagi 4-son va 0 ‘zbekiston auditorlar Palatasining 2005-yil 25-iyundagi 3-son qarorlari bilan tasdiqlangan. 14. 0 ‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan. 1999-2005. 15. М еждународние стандарта аудита. Учебное пособие. - Т., Ю САИД, 2003. 19. Audit. Darslik. l-2-jild. М .М . Tulaxodjaeva va Sh.I. Ilxom ovlam ing umum iy tahriri ostida. M uallitlar jamoasi. Toshkent. N orm a, 2008. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling