Mavzu: atlantika okeani oqimlari va ularni ahamyati
Download 272.22 Kb.
|
Atlantika okeani oqimlari va ularni ahamyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Iqlimi va suvlari. Atlantikaning iqlim sharoiti juda xilma-xil bo’lib, okean hayotida benihoya katta rol o’ynaydi. Iqlimning xilma-xil bo’lishi suvning yuza qatlamini harorati, parlanishi, sho’rligi, gorizontal va vertikal tsirkulyatsiyasi atmosfera jarayonlari bilan uzluksiz ravishda aloqadorlikda bo’lganligining natijasidir. Bunday umumiy xususyatlardan tashqari Atlantika okeani iqlimini tarkib topishida regional xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi. Ana shunday xususiyatlardan biri okeanni shimoldan janubga qarab meridional yo’nalishda katta masofaga cho’zilganligidir. SHu tufayli Atlantika akvatoriyasining shimolida ekvatorial iqlim mintaqasidan boshlab to qutbyoni mintaqasigacha mavjud. Okeanning katta akvatoriyasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Atlantika okeanining g’arbi bilan sharqi oralig’idagi masofa nisbatan qisqa bo’lganligi tufayli uning iqlimiga chegaradosh materiklarning ham ta’siri katta. Bunday holat ayniqsa materiklar ichkarisiga kirib borgan dengizlarning iqlim sharoitida o’z ifodasini topgan.
Atlantika okeani yuzasida suvning o’rtacha harorati 16,53°S ga teng. Bu ko’rsatkich Tinch va Hind okeanlaridagi o’rtacha haroratlardan ancha past. Bunga sabab Atlantika okeanini shimolda Markaziy qutb havzasining va janubda Antarktikaning sovuq oqimlari bilan doimiy aloqada bo’lishidadir. Okean suv haroratining pasayishiga Grenlandiya va Antarktidadagi muz qalqonlarining ham ta’siri kuchlidir. Yoz oylarida suvning eng yuqori harorati okeanning g’arbiy qismida, Meksika qo’ltig’ida kuzatiladi va 29°S ni tashkil etadi. SHu faslning o’zida sharqda Givineya qo’ltig’ida suvning harorati 24°S dan oshmaydi. CHunki okeanning bu qismiga yil davomida Bengal sovuq oqimi ta’sir etib turadi. Yoz va qish oylarida Atlantika okeanining shimoliy va janubiy qismlarida suvning harorati bir xilda taqsimlanmagan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Mirziyoyev Sh.M. ,,Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz’’ . Toshkent : O‘zbekiston, 2017 Mirziyoyev Sh.M. ,, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi’’. Toshkent: O‘zbekiston, 2017 Karimov I.A. ,, Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida’’. Toshkent: O‘zbekiston, 2013 O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Yer osti boyliklari to‘g‘risida’’gi qonuni. Toshkent sh., 2002-yil 13-dekabr, 444-II-son Abunazarov O’.Q., Mirakmalov M.T., Sharipov Sh.M., Ibragimova R.A., Ibragimova A.A. ,,Umumiy tabiiy geografiya’’. Toshkent-2018; Aleksandrovskaya N. V., Ryabchikov A. M. va boshqalar ,,Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi’’. O’qituvchi: Toshkent-1967 Toshmuhammedov B. T. ,,Umumiy geologiya’’. Noshir: Toshkent-2011. Vahobov H., Abdunazarov O’. Q., Zaynutdinov A., Yusupov R. ,, Umumiy Yer bilimi’’. Toshkent- 2005; Vlasova T.V. ,,Materiklar tabiiy geografiyasi’’. O’qituvchi: Toshkent- 1981; Shubayev L.P. ,, Umumiy Yer bilimi’’. O’qituvchi: Toshkent- 1975; Internet saytlari: www.geografiya.uz, www.ZiyoNet.uz, Download 272.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling