Mavzu: Auditga kirish fanining nazariy asoslari fan: Auditga kirish


Download 32.61 Kb.
bet3/13
Sana30.01.2024
Hajmi32.61 Kb.
#1817259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
audit2023

Zamonaviy audit. Hozirgi zamonaviy auditining asoslari XIX asr o'rtalarida, ya’ni 1862-yilda Buyuk Britaniyada «Kompaniyalar to ‘g‘risidagi qonun»ning qabul qilinishi bilan yaratilgan. Unga asosan, Britaniyaning har bir kompaniyasi o‘z hisob-kitob huijatlari va moliyaviy hisobotlarini yiliga kamida bir marotaba buxgalteriya sohasidagi mustaqil ekspert tomonidan tekshiruvidan o ‘tkazishi lozim bo‘lgan. 1878-yilda Buyuk Britaniyada «City of Glasgow Bank» (Glazgo shahar tijorat banki) bankrot bo‘lishi munosabati bilan ushbu davlatda 1879-yilda «Majburiy audit” to ‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.


Auditni rivojlanish tarixi

Auditning mohiyati va ahamiyati

Audit atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «eshituvchi», «eshitmoq»

ma’nolarini anglatadi. Ushbu atamaning amaliyotga kirib kelishi borasida

turli qarashlar mavjud. Ularni quyidagi uch asosiy guruhga ajratish mumkin:

  • Qadimda insonlar hali o‘qish va yozish san’atidan bexabar bo‘lgan davrda, biror hudud hukmdori doimiy ravishda o‘z boyliklari miqdori haqidagi ma’lumotga ehtiyoj sezgan. Shunda hukmdor dastlabki auditorlar xizmatidan foydalangan. Ya’ni shu hukmdor egaligida bo‘lgan boyliklar, xususan, qoramolga qarash, parvarishlash majburiyatini oigan xodimlar yilning ma’lum bir vaqtida auditorlarga shu boyliklarni tasvirlab, aytib berganlar. Bir oz vaqt o‘tgach shu auditor ushbu xodimlarini yana bir bor tinglagan va avvalgi, shuningdek, keyingi ma’lumotlar o‘rtasida qanday farq borligi yoki bunday farqlar yo'qligi to‘g‘risida hukmdorga hisobot bergan.
  • 2. Ikkinchi qarashga asosan, o‘rta asrlar davrida g‘arb mamlakatlarida davlat moliya idorasi keng jamoatchilik oldida yillik yakuniy moliyaviy axborotlarni o‘qib eshittirgan. Ushbu eshittirish

    orqali jamoatchilik, tolanayotgan soliqlar to‘g‘ri maqsadlar yo‘lida, isrofgarchiliklarga yo‘l

    qo‘yilmagan holda ishlatilayotganiga ishonch hosil qilgan. Bu jarayonda auditor, ya’ni «tinglovchi» vazifasini jamoatchilik o‘tagan.


Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling