Mavzu: Auditga kirish fanining nazariy asoslari fan: Auditga kirish


Audit predmeti va tekshiruv uslubiyati


Download 32.61 Kb.
bet6/13
Sana30.01.2024
Hajmi32.61 Kb.
#1817259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
audit2023

Audit predmeti va tekshiruv uslubiyati

  • Amaliyotda auditor xulosasi quyidagi to'rt xil ko'rinishda bo'lishi mumkin:
  • 1. Ijobiy xulosa. Ushbu ko'rinishdagi xulosa auditor tomonidan, tekshirilgan korxona moliyaviy hisobotlari to ‘liq BHMSga asosan tuzilgan, ushbu standartlarni buzish hollari ro‘y bermagan, aktivlar va passivlar, darom ad va xarajatlar to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilgan bo'lsa tuziladi.

    Shartli ijobiy xulosa. Bu turdagi xulosa, tekshirilgan korxona moliyaviy hisobotlari, uning ba’zi bir elementlarini hisobga olmaganda, BHMSga asosan tuzilgan bo‘lsa beriladi. Ushbu vaziyatda, moliyaviy hisobtlarda BHMSning ba’zi standartlarini buzish hollari ro‘y bergan bo'ladi, am m o bu holat salbiy xulosa berish darajasida muhim hisoblanmaydi.

    2. Salbiy xulosa. Korxona taqdim etgan moliyaviy hisobot BHMS standartlarini to‘liq yoki asosan buzib tayyorlangan hollarda tekshiruv o‘tkazgan auditor tomonidan salbiy xulosa beriladi. Bu holatda moliyaviy hisobotlarda o‘ta muhim xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladiki, bu hisobotlardan foydalanish tashqi foydalanuvchilar uchun mutlaqo asossiz hisoblanadi

Audit predmeti va tekshiruv uslubiyati

3. Xulosa berishdan bosh tortish. Yuqorida ta’kidlanganidek, auditor moliyaviy hisobotlar tekshiruvini shu hisobotlarga doir dalillarni to‘plash asosida olib boradi. Ushbu dalillar asosida u moliyaviy hisobotlar yuzasidan o‘z fikrini shakllantiradi. Ammo ba’zi hollarda tekshirilayotgan mijoz qaysidir sabablariga ko‘ra auditorga shu turdagi dalillarni berishdan bosh tortishi, zaruriy hujjatlarni to'liq bermasligi yoki mutlaqo yashirishi mumkin. Bunday hollarda auditor moliyaviy hisobotlar yuzasidan o‘z fikrini berishdan bosh tortadi. Chunki fikr bildirish uchun asos yo‘q. Ammo bunday vaziyatda auditor o‘z fikrini bildira olmasligini, buning sabablarini ko‘rsatgan holda, yozma tarzda ma’lum qiladi. Bu ko‘rinishdagi yozma hujjat auditorning xulosa berishdan bosh tortishini m a’lum etishi kerak.


Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling