Mavzu: Auditga kirish fanining nazariy asoslari fan: Auditga kirish


Download 32.61 Kb.
bet7/13
Sana30.01.2024
Hajmi32.61 Kb.
#1817259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
audit2023

Auditning nazariy asoslari

  • Auditorlik faoliyati o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilangan nazariy asoslariga ega. Bu nazariy asoslar quyida keltirilgan postulatlarga asoslanadi:
  • 1. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobotlar va moliyaviy axborotlar

    tekshirilishi mumkin boigan ma’lumotlarga asoslanadi degan faraz bilan o‘tkaziladi.

  • Buning uchun buxgalteriyadagi liar bir operatsiya tegishli hujjat bilan rasmiylashtirilishi lozim. Auditor shu hujjatlarni tekshirish orqali moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qiladi. Endi faraz qilaylikki, bunday hujjatlar mavjud emas. Bu holda auditor tekshiruv o'tkazish imkoniga ega emas. Chunki moliyaviy hisobotlarda istalgan ma’lumot keltirilgan bo'lishi, bu m a’lum otlar ham to‘g‘ri, ham noto‘g‘ri axborotni aks ettirishi mumkin.

Auditning nazariy asoslari

  • 2. Auditor va mijoz rahhariyati o'rtasida qisqa muddatli kelishmovchiliklar bo’lishi mumkin, ammo uzoq muddatli kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
  • Bunga sabab, bu ikki guruh umumiy yagona maqsadga ega bo‘lishlari shart. Bu maqsad -moliyaviy hisobotarda to‘g‘ri, ishonchli ma’lumot aks ettirilishidir. Chunki jamiyatning kelgusi farovonligi, investorlarning
  • to‘g‘ri qaror qabul qilishlari va resurslarning samarali taqsimlanishi ishonchli moliyaviy axborotga bog‘liq.

Auditning nazariy asoslari

  • 3. Samarali ishlab chiqilgan va o‘ruatilgan ichki nazorat tizimi mijoz tomonidan moliyaviy hisobotlarda xato yoki firibgarliklarning oldini
  • olish imkonini beradi.

  • (Xato — moliyaviy hisobotlarda bilmagan holda noto‘g‘ri ma’lumotning keltirilishi yoki kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotning tushirib qoldirilishi; Firibgarlik — moliyaviy hisobotlarda atayin noto‘g‘ri ma’lumotning keltirilishi yoki kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotning tushirib qoldirilishi). Ichki nazorat tizimiga ega bo‘lrnagan korxona moliyaviy hisobotlarida aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromad, xarajat bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumot kiritilgan bo’lish ehtimoli yuqori bo'ladi.
  • 4. Moliyaviy hisobotlarni Buxgalteriya Misobining Milliy Standartlari(BHMS)ga asosan tuzilishi ularda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Bu postulatning m a’nosi shundan iboratki, BHM S maxsus andoza hisoblanadi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini aniqlash uchun ularni shu andozaga taqqoslash lozim

Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling