Mavzu: Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski va natijalarini baholash. Reja: Kirish


Monetar tanlash (Monetar Unit Sampling)


Download 56.52 Kb.
bet5/5
Sana28.04.2020
Hajmi56.52 Kb.
#101889
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ochilov Botir kurs ishi

3.3. Monetar tanlash (Monetar Unit Sampling)


Monetar tanlash (MUS) o’zida tanlov atributlarni baholash asosidagi tanlov metodini aks ettiradi, lekin unda nazorat layoqatsizligi darajalari emas, dollar bilan bog’lik xatoliklar ishtirok etadi. MUS tanlab olishning keng foydalaniladigan statistik metodi xisoblanadi. Chunki u tanlovning samarali miqdoriga olib keladi va schet qoldiqlarining dollar qiymatiga jamlanadi. U audit sohasida foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan va dollarli birliklar tanlovi, PPS va o’zgaruvchan tanlovlarning birlikdagi atributlari kabi turli xil nomlariga ega bo’lgan. MUS xatolar kamligi yoki umuman, kutilmayotgan vaziyatlarda oshirib yuborishga testlashtirishda ayniqsa, samarali bo’lishi uchun ishlab chiqilgan.

Monetar tanlashning kuchli va zaif tomonlari

Auditor MUS dan o’xshash ma’lumotlarga mustaqil testlar uchun tanlovlar yondashuvi sifatida foydalanish, o’zining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda foydali deb xisoblaydimi?

MUS ning kuchli tomonlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  • MUS ni tanlov uchun boshqa statistik yondashuvlarga nisbatan qo’llash oson;

  • MUS avtomatik tarzda element joylashgan joydan elementga summalarni dollarda, proportsiya tarzida tanlab oladi, shu tariqa tanlovning avtomatik stratifikatsiyasini ko’rsatadi;

  • Agar auditor xatolarni kutmasa (topmasa), MUS odatda tanlovning o’ta samarali hajmiga natijalar beradi.

MUS foydalanishi mumkin bo’lgan holatlar misollari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Debitorlik qarzdorliklarini tasdiqlash (kredit sal’dosi ahamiyatsiz bo’lganda);

  • Berilgan qarz (zayom)larni tasdiqlash (masalan ko’chmas mulklarning ipoteka kreditlari, tijorat kreditlari va kechiktirib to’lanadigan kreditlar);

  • Auditor xatolari nisbatan deb xisoblovchi, shuningdek, jamida yirik kamaytirib ko’rsatishlarning sezilarli miqdorda kutilmaganda TMZ lardagi narxlarni tekshiradi;

  • Mavjudlik mos keluvchi tasdqilash xisoblanuchi asosiy vosita (mablag’)larni qo’shimcha tekshirib ko’rish.

Auditor, shuningdek, MUS dan foydalanishdagi qiyinchiliklarni ham bilishi zarur:

MUS jamlanganlikning pasayishini tekshirish uchun mo’ljallanmagan;

Agar auditor MUS tanlovida pasayishni identifikatsiyalasa, tanlovning bahosi maxsus ko’rib chiqishni talab qiladi;


  • nolli yoki salbiy (manfiy) sal’do maxsus konstruktiv fikrlashni talab qiladi;

MUS eng yaxshi yondashuv bo’la olmaydigan ayrim holatlar quyidagilar:

  • kredit sal’dosi miqdori katta bo’lgan debitorlik qarzdorliklarini tasdiqlash;

  • auditor xatoliklarning etarlicha sanab chiqilmagan va haddan ortiq bo’rttirib yuborilgan bo’lishi mumkin bo’lgan sezilarli, miqdorida zahiraning miqdori va narxini tekshirish.


Reja:

Kirish

1. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi.

2. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar.

3. Auditorlik tanlash turlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish

Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada 2017 yil 7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmoni 3.2. bandida “Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”.

Mazkur chora tadbirlar, avvalambor aholining yangi shakllanayotgan bozor institutlari hamda mexanizmlariga ishonchini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Auditorlik faoliyatni rivojlantirish huquqiy-meyoriy va amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish maqsadida 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va

boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000

yil 22-sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 365-sonli

«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini

oshirish to’g’risida»gi qarori orqali mustahkamlandi. Shuningdek 2000 yil 7

avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik

tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil professional jamoat

tashkiloti – O’zbekiston Auditorlar palatasi tashkil etildi. Auditorlik tashkilotlari

faoliyatini yanada takomillashtirish shu bilan birga ular ko’rsatayotgan

xizmatlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

«Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular

ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida» 4-aprel

2007 yil 615-sonli qarori hamda boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Natijada, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya

o’tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish

tartiblari aniqlandi.



Xulosa

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotininng shakllanishi moliyaviy nazoratning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko’rib chiqish zaruriyatini tug’dirdi. Chunki, moliyaviy nazoratning harakatdagi tizimi va asosan taftish, birinchidan, mulkchilikning turli shakllarga asoslanib tuzilgan yangi korxonalarning ehtiyojlarini qondira olmay qolgan bo’lsa, ikkinchidan, bu korxonalarda davlat manfaatlari va qonunchilikni nazorat qilishda ojizlik qilib qoldi. SHunday sharoitda ishbilarmonlarga yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqelikda paydo bo’lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko’rsatuvchi, hamda ular faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda qonunchilikning buzilishini oldini oluvchi bozor iqtisodiyotining infratuzilmasining elementi bo’lgan xizmat turi – audit vujudga keldi.

O'zbekistonda auditorlik faoliyatining yanada takomillashishi biznes yuritish uchun mo'ljallangan axborot manbalarini yaxshilash, mahalliy va xorijlik investorlarning xavf-xatarlarini kamaytirish va buning natijasida xususiy sector o'sishining barqaror yuqori sur'atlarini ta'minlashga ko'maklashadi. Auditorlik hujjatlari tekshirish faoliyatini xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi zarur darajada saqlab turishga yordam beradi va har xil auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlarni umumiy ko’rinishga olib keladi va bajarilgan ishlar sifatini taqqoslanishini ta’minlaydi hamda auditorlik tekshiruv ishlarini ixchamlashtiradi va yengillashtiradi. Xorijiy auditorlik firmalari o’zlari bajargan ishning hajmi va sifatini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadigan ishchi hujjatlarini tuzadilar. Bo’larning shakli ixtiyoriy bo’lib, unda firma bajargan ishlarining qisqacha bayoni beriladi, xususan: qanday birlamchi hujjatlar va hisobga olish registrlari tekshirilganligi, tekshirish usuli bu yerda yalpi yoki tanlov asosidaligi ko’rsatiladi. Tanlab tekshirishda tanlash darajasi (masalan, tekshiriladigan hujjatlarning xar bir yoki uchinchisi va xokazo) yoki tekshirilgan hujjatlar xajmi(masalan oylar bo’yicha ko’rish mumkin) yoki tanlash boshqa bir me’zon asosida bo’lganligi ko’rsatiladi. Auditning samadorligini oshirish uchun auditor sub’ekt tomonidan tayyorlagan jadvallardan, taxliliy va boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin. Bunday xolatlarda auditor ushbu materiallar tegishli ravishda tayyorlanganligiga ishonch xosil qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2017.

2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. – T.: Adolat, 1996.

3. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – T.: Adolat, 2008.

4. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni. (yangi tahriri) 2016 y. 13 aprel.

5. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni. 2000 y. 26 may.

6. Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. Buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.: Sharq, 2004,

7. Pardaev M.Q. “Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyotning ayrim muammolari” O’quv qo’llanma T.: -“Navruz” nashriyoti-2014 y

8. Pardayev M.Q., A.Xoliqulov, H.Raximov “Mehmonxona xo’jaliklarida samaradorlikni oshirish muammolari” Monografiya. Tonkent-iqtisodiyot-2013 y.

9. Pardayev A.X., Pardayeva Z.A. Boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma T.: G`.G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014.

10. Парушина Н.В., Суворова С.П., Галкина Е.В. Международные стандарты аудита. Учебник. -М.: Инфра-М, 2014.

11. Сотиволдиев А.С. и др. Финансовый и управленческий учет: Учебник . – Т.: Иқтисод-Молия, 2012.

12. Суглобов А. Е., Жарылгасова Б. Т., Савин В.Ю., Бухгалтерский учет и аудит – М.: Титан эффект, 2012.

13. Tuychiyev A.J., O.T.Astanaqulov “Xizmat ko’rsatish sohalarida auditning xususiyatlari” O’quv qo’llanma T.: “IQTISOD-MOLIYa” 2017 y

14.https://www.ifac.org. – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi rasmiy sayt.

15. https://www.mf.uz. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti.

16. https://www.mineconomu.uz. – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining rasmiy sayti.

17. https://www.stat.uz. – O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti.

18. https://www.uzaudit.uz. – O’zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining rasmiy sayti.

19. https://www.naab.uz. – O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti.

20. https://www.theiia.org. – Ichki auditorlar institutining rasmiy sayti.

21. https://www.aicpa.org - Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar institute rasmiy sayti.



22. https://www.pwc.com - Global Annual Report rasmiy sayti
Download 56.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling