Mavzu: auditorlik tekshiruvini rejalashtirish


Download 32.1 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi32.1 Kb.
#1800920
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu auditorlik tekshiruvini rejalashtirish

Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.

2.Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi


Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12 va 13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan axborotlar bilan tanishib chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti mazkur standartning 15-bandiga muvofiq, dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Qisqa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi:
- Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari
- Buxgalteriya hisobotlari;
- Statistika hisobotlari;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;
- Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha ma’lumotlar(Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish salohiyatini tekshiruv boshlanmansdan avval baholash imkoniyatini beradi va auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini yaratadi.

3.Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari


Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanishi va u auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda ular ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt va yuqori organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha umumiy bosqichlari aks ettiriladi. Auditor tekshiruvni auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda yakunlashni ta’minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillarni to’liq va aniq hisobga olishi talab etiladi.
Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi yoki dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday vaqtda kiritiladigan o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon etilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik tekshiruvi ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu kabilar)ning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda mazmunda ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditning umumiy rejasini quyidagi 1-jadvaldagi shartli misolda keltirilgan shaklda tuzishni tavsiya etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ektiga alohida va maxsus shaklda tuzish jarayoni auditordan qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab etadi. Biroq umumiy rejada faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy jarayoni aks ettiriladi, u tekshiruvchilar uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni o’tkazishning aniq tartibi haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi.
Shu sababli, fikrimizcha, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ekti uchun alohida tuzish shart emas deb hisoblaymiz, uni butun bir korxona faoliyatini tekshirish uchun №3 AFMSga muvofiq yagona umumiy shakl va mazmunda bir marta tuzish etarli deb hisoblaymiz. Unda har bir auditorlik ob’ekti uchun alohida bo’lim ochilishi va umumiy rejaning qolgan ustunlari nomlari amaldagi shaklda belgilangan shakl va mazmunda tayyorlanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizningcha, butun bir korxona faoliyati tekshiruvi uchun yagona shakldagi umumiy rejaning tayyorlanishi natijasida auditorlar ishi birmuncha osonlashadi, ularga korxona faoliyatini tekshirishda ortiqcha jismoniy mehnat kamayib, vaqt va mablag’ni tejashga erishiladi.

4. Audit dasturini tuzish va undan foydalanish tartibi


Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.
Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin.
Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”1ligi belgilab qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi.
Mohiyatiga ko’ra, auditorlik amallari dasturi buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o’zi ichiga qamrab olib, ular buxgalteriya hisobi ob’ektlari yoki umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha auditorlik amallari ro’yxatidan iborat bo’ladi. Auditor bunday amallarni qo’llash orqali buxgalteriya hisobining aynan qanday bo’limlarini tekshirishni belgilaydi va bu esa auditordan buxgalteriya hisobining har bir bo’limini tekshirish bo’yicha auditorlik dasturini tuzishni talab etadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shartlari va auditorlik amallari natijalari bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin. O’zgarishlarning sabablari va natijalari o’zgartirilgan dasturda hujjatlashtirilishi lozim.
Audit dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish hamda moliyaviy hisobot to’g’risida auditorning fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar auditining dasturini quyidagi 9-jadvalda keltirilgan shakl va mazmunda tuzishni tavsiya etamiz.
Fikrimizcha, yuqoridagi shakl va mazmundagi auditning umumiy rejasi va dasturi tuzilganidan so’ng, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik guruhi rahbari mijoz-korxona faoliyatini tekshiruvida qatnashuvchi auditor va ekspertlar ishtirokida tekshiruvni boshlashdan avval kichik yig’ilish tashkil etishi hamda unda tuzilgan umumiy reja va dasturni muhokamadan o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Agarda yig’ilishda tuzilgan reja va dasturga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish shart deb hisoblansa, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, shundan so’ng uni barcha tekshiruvda qatnashuvchi auditor va ekspert-mutaxassislar e’tiboriga kitob shaklda etkazilishini ta’minlash talab etiladi.
Xulosa: Xulosa qilib aytganda, auditni rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiruvlarni oldindan puxta va aniq belgilangan ketma-ketlik asosida o’z muddatida va sifatli tarzda o’tkazish imkoniyatini yaratadi.


Download 32.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling