Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari


Auditorlik rejalashtirishning mohiyati, maqsadi va uning me’yoriy asoslari tavsifi


Download 61.41 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1532277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari

1.Auditorlik rejalashtirishning mohiyati, maqsadi va uning me’yoriy asoslari tavsifi.
Auditorlik faoliyatida rejaning to’g’ri tuzilishi uni samarali tashkil etilishi bilan izohlanadi. Shu singari, auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish jarayoni ham “Auditni rejalashtirish” deb nomlangan 3-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti asosida tartibga solinadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvlari kam vaqt talab qilishi va iqtisodiy tejamkor bo’lishida rejaning optimal tuzilishi talab etiladi. Buning uchun esa, auditni rejalashtirishning maqsadi, uning bosqichlarini to’liq o’rganish, undagi muammolarga xolisona baho berish, ularni bartaraf etish asosida rejalashtirish jarayonini takomillashtirish zarur. Bu borada uning huquqiy zaminini mustahkamlash talab etiladi. Biroq, ta’kidlash joizki, auditorlik xizmatining ish sifati uni to’g’ri rejalashtirishga bevosita bog’liqdir.
Ma’lumki, qonunchilikda auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli AFMS asosida amalga oshirilishi majburiy etib belgilangan bo’lsada, biroq, amaliyotda esa auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-qoidalarga tekshiruvlar jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir tekshiruvning umumiy rejasi va dasturi turlicha yondashuvlar asosidagi mazmun va shakllarda tayyorlanib kelinmoqda. Bu esa, tekshiruv muddatini uzayishiga, tekshiruvlar jarayonida qatnashuvchi har bir auditor yoki yordamchi auditorning o’z vazifasini aniq belgilab berilmaganligi sababli, ular tomonidan yo’l qo’yiladigan xato yoki kamchiliklarni ko’payishiga va tekshiruv jarayonini ma’lum ketma-ketliksiz yoki tartibsiz ravishda amalga oshirilishiga olib keladi.
Auditorlik nazoratining bosqichlari O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonuniga muvofiq auditorlik faoliyatining milliy standartlarida belgilangan majburiy talablarga asosan o’tkazilishi belgilangan. Jumladan, auditni rejalashtirish bosqichi O’zbekiston Respublikasi 1999 yil 10 noyabrda Adliya Vazirligi tomonidan 837-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan 3-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti(keyingi o’rinlarda AFMS) hamda «Auditni rejalashtirish» nomli 300-sonli xalqaro audit standartiga muvofiq amalga oshiriladi. «Auditni rejalashtirish» nomli 3-AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim.
«Auditni rejalashtirish» nomli №3 AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim. Standartga muvofiq, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1. Auditni dastlabki rejalashtirish;
2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash;
3. Audit dasturini tayyorlash.
Qonunchilikda belgilangan tartibga ko’ra, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar 3-sonli “Auditni rejalashtirish” nomli AFMS asosida amalga oshirilishi majburiy etib belgilangan bo’lsada, biroq, amaliyotda auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-qoidalarga tekshiruvlar jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir tekshiruvning umumiy rejasi va dasturi turlicha yondashuvlar asosida tayyorlanib kelinmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim.
«Auditni rejalashtirish» nomli №3 AFMS har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi subyektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ular:

  • uyg’unlik (komplekslik);

  • uzluksizlik;

  • maqbullik.


Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling