Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari


Download 61.41 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1532277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari

Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim.
Standartning maqsadi va vazifalari:
- Mazkur standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan normalarni belgilash;
- Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining tavsifi;
- Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplarini shakllantirish;
- Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining tavsifi.
Amal qilish sohasi:
- Mazkur standartning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, ular tavsiya tusida ekanligi ochiq ko‘rsatilgan qoidalar bundan mustasno;
- Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni nazarda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Auditni rejalashtirishning maqsadi va vazifalari: Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlik tashkiloti tomonidan audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, grafiklari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolisona va asoslangan xulosani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarning ketma-ketligini, turi va hajmini aniqlab beradigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir.
Auditni rejalashtirish auditorlik tashkiloti tomonidan auditni o‘tkazishning umumiy prinsiplariga, shuningdek quyidagi xususiy prinsiplarga muvofiq o‘tkazilishi kerak:
- Rejalashtirishning kompleksliligi;
- Rejalashtirishning uzluksizligi;
- Rejalashtirishning maqbulligi.
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar, shu’ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik kuzatuvi yil davomida amalga oshirilishi sababli uzoq muddatga audit rejalashtirilganda, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish rejasi va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo‘ladi.
Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.




  1. Download 61.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling