Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari


Auditorlik tekshiruvini dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi


Download 61.41 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1532277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari

Auditorlik tekshiruvini dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi

Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12 va 13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi subyektni uning asosiy uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan axborotlar bilan tanishib chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti mazkur standartning 15-bandiga muvofiq, dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Qisqa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi subyekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi:
- Xo’jalik yurituvchi subyekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi subyektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi subyektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari
- Buxgalteriya hisobotlari;
- Statistika hisobotlari;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;
- Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha ma’lumotlar(Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish salohiyatini tekshiruv boshlanmasdan avval baholash imkoniyatini beradi va auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini yaratadi. Auditning umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  • kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqikiy mehnat xarajatlari;

  • muhimlik darajasi;

  • auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;

  • auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

  • auditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish ;

  • auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;

  • auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.

Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz faoliyatini 100% to’liq tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur
Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish, auditorning tekshiruv chog’idagi hatti-harakatlari mijoz-korxona rahbariyati uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:
- xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, mamlakat (mintaqa) bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar.
Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
b) ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;
v) kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovka qilinishi kerak bo‘lgan holda);
g) mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari;
d) rentabellik darajasi;
e) xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari;
j) tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
z) shu’ba va tobe tashkilotlar mavjudligi;
i) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi;
k) xodimlar mehnatiga haq to‘lashni shakllantirish prinsiplari.
Auditor uchun quyidagilar xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida axborot olish uchun manba hisoblanishi kerak:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt ustavi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlar;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari majlislari, aksiyadorlar yig‘ilishlarining yoxud boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o‘zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar:
- buxgalteriya hisobotlari;
- statistika hisobotlari;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);
- xo‘jalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;
- auditorlar, maslahatchilarning ichki hisobotlari;
- firmaning ichki yo‘riqnomalari;
- soliq tekshiruvlari materiallari;
- sud da’volari materiallari;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba korxonalari ro‘yxati;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar;
- xo‘jalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini ko‘zdan kechirishda olingan axborot.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti audit o‘tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o‘tkazish uchun shtatni shakllantirishga o‘tadi.
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
- auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi uchun ish vaqti budjetini;
- guruh ishining mo‘ljallanayotgan muddatlarini;
- guruhning miqdoriy jihatdan tarkibini;
- guruh a’zolarining mansab darajasini;
- guruh xodimlarining vorisligini;
- guruh a’zolarining malaka darajasini.



  1. Download 61.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling