Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari


Auditorlik tekshiruvining dasturi


Download 61.41 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1532277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari

Auditorlik tekshiruvining dasturi

Audit bo’limi: Asosiy vositalar




Tekshirilayotgan tashkilot

OAJ «Malika»

Audit davri

14.03.23 - 25.03.23

Kishi-soatlar soni

120

Auditorlik guruhi rahbari

AkbarovS.I.

Auditorlik guruhi tarkibi

Po’latov G.R., Mavlonov V.T., Salimov D.G.

Rejalashtirilayotgan auditorlik xatari 0.0166
Rejalashtirilayotgan jiddiylik darajasi 12.500 so’m



Auditorlik tadbirlari ro’yxati

O’tkazish davri

Bajaruvchi

Auditorning ish hujjatlari

Izoxl ar

Xujjatlarni olish





A.Nazorat vositalari testlari





1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT)

14.03.2023

Pulatov G.R.

Savolnoma


2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT)

14.03.2023

Pulatov G.R.

Savolnoma


3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili

14.03.2023

Mavlonov V.T.

Savolnoma


4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili

14.03.2023

Mavlonov V.T.

Savolnoma


5. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish

14.03.2023

Salimov D.G.

Savolnoma


6. Auditorlik tanlash hisob-kitobi

15.03.2023

AkbarovS.I.

Xisob-kitoblar


7.Tanlab olish miqdori va tuzilishi

15.03.2023

Salimov D.G.

Xisob-kitoblar


8. Monetar tanlab olishning tuzilishi

15.03.2023

Salimov D.G.

Xisob-kitoblar


9.Stratifikatsiyali tanlab olishning tuzilishi

15.03.2023

Salimov D.G.

Xisob-kitoblar


B.Mohiyati bo’yicha muolajalar





1. Inventarizatsiya

17.03.2023

Pulatov G.R.

Buyruk, inventarizatsiya xujjatlari,moddiy javobgarlik shartnomasi


2. Shartnomalarni ko’rib chiqish
(tekshirish)

18.03.2023

Mavlonov V.T.

Shartnomalar, kelishuv baennomasi


3. AV kirimi, chiqimi va hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish

19.03.2023

Salimov D.G.

Dalolatnoma,buyruk, smeta loixa xujjatlari


4. AV aktivlarga kiritilish mezoniga mosligini tekshirish

20.03.2023

Pulatov G.R.

Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari


5.AV baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchiliqga va hisob siyosatiga mosligini tekshirish

21.03.2023

Mavlonov V.T.

Kabul kilish – topshirish aktlari, inventar kartochkalar


6. AV hisobi va amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini va uni hisob siyosatiga mosligini tekshirish

22.03.2023

Salimov D.G.

Asosiy vositalar eskirishining xisob kitobi, xisob registrlari, xisob siyosati


7.AV ta’mirlash xarajatlarini
rasmiylashtirish va hisobini to’g’riligini tekshirish

22.03.2023

Mavlonov V.T.

xisob siyosati , buyruk, smeta, shaxslar xisobotlari


8 Asosiy vositalarni qayta baholash va natijalarni hisobda aks ettirilishi

23.03.2023

Pulatov G.R.

inventarizatsiya xujjatlari, xisob registrlari


9. Sotib olingan va chiqib ketgan AV bahosini hisob ma’lumotlari bilan solishtirib, tekshirish

23.03.2023

Salimov D.G.

Boshlangich xujjatlar, xisob
registrlari


10.Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish

24.03.2023

Mavlonov V.T.

Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari


S. Bo’lim bo’yicha yakuniy ma’lumotlar





1.Xato va kamchiliklarning taxminiy ro’yxati

24.03.2023

Pulatov G.R.

Xisob-kitoblar


2. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot

24.03.2023

Pulatov G.R.

Xisob-kitoblar


3. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati

25.03.2023

AkbarovS.I.

Xisob-kitoblar


4. Audit bo’limi bo’yicha xulosa

25.03.2023

AkbarovS.I.

Xisob-kitoblar


Auditorlik tashkiloti rahbari Vasikov P.N. Auditorlik Guruhi rahbari AkbarovS.I.
Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim.
Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi qonun-chilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratil-gan boshqa tavsiyalar.
Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur.
Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisoblanadi. Audit yakunlanganidan so’ng ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish huj-jatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi. Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.
Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin.
Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”1ligi belgilab qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi.
Mohiyatiga ko’ra, auditorlik amallari dasturi buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o’zi ichiga qamrab olib, ular buxgalteriya hisobi ob’ektlari yoki umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha auditorlik amallari ro’yxatidan iborat bo’ladi. Auditor bunday amallarni qo’llash orqali buxgalteriya hisobining aynan qanday bo’limlarini tekshirishni belgilaydi va bu esa auditordan buxgalteriya hisobining har bir bo’limini tekshirish bo’yicha auditorlik dasturini tuzishni talab etadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shartlari va auditorlik amallari natijalari bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin. O’zgarishlarning sabablari va natijalari o’zgartirilgan dasturda hujjatlashtirilishi lozim.
Audit dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish hamda moliyaviy hisobot to’g’risida auditorning fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar auditining dasturini quyidagi jadvalda keltirilgan shakl va mazmunda tuzishni tavsiya etamiz.
Fikrimizcha, yuqoridagi shakl va mazmundagi auditning umumiy rejasi va dasturi tuzilganidan so’ng, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik guruhi rahbari mijoz-korxona faoliyatini tekshiruvida qatnashuvchi auditor va ekspertlar ishtirokida tekshiruvni boshlashdan avval kichik yig’ilish tashkil etishi hamda unda tuzilgan umumiy reja va dasturni muhokamadan o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Agarda yig’ilishda tuzilgan reja va dasturga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish shart deb hisoblansa, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, shundan so’ng uni barcha tekshiruvda qatnashuvchi auditor va ekspert-mutaxassislar e’tiboriga kitob shaklda etkazilishini ta’minlash talab etiladi.

Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling