Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis


Download 3.14 Mb.
bet41/50
Sana07.11.2023
Hajmi3.14 Mb.
#1753027
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis

21. Mavzu: Yordamchi elektr jixozlarni ishlatish va ularga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Zamonaviy avtomobillarida harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarni harakatga keltiradigan elektryuritmalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.


Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi. Mexanik energiyani uzatish uchun tishli va qo‘chqaroqli uzatmalar, krivoship-shatun mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil relelar, elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat. Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilmaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar ham elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan hosil bo‘lgan moslamalardir.
Ishlatish joyi va sharoitiga qarab eletrodvigatellar uzoq, qisqa vaqt davomida yoki qisqa vaqt takroriy rejimlarda ishlashi mumkin.
Avtomobillarning elektryuritmalarida faqat o‘zgarmas tok elektrodvigatellari ishlatilib, ularning elektromagnit va doimiy magnitlardan uyg‘otiladigan turlari mavjud.

Doimiy magnitli elektrodvigatel:
1 va 7- podshipniklar, 2-doimiy magnit, 3- cho'tkatutqich, 4-cho'tka, 5-traversa, 6-kollektor, 8 va 14-qopqoqlar, 9-drossel, 10-mahkamlash plastinasi, 11-magnitni mahkamlash prujinasi, 12-yakor, 13-korpus, 15-yakorning chekka
Elektromagnitli uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan elektrodvigatelning tuzilishi 6.1- rasmda keltirilgan. Elektrodvigatel yakori 1, ikkita o‘zi o‘rnashadigan metallkeramik podshipniklar 7 da aylanadi. Podshipniklar qopqoq va korpus 11 da prujinalar 5 va 14 bilan ushlab turiladi va namatdan tayyorlangan tiqma 6 ga shimdirilgan moy bilan moylanib turadi. Qopqoq va korpus murvat 3 yordamida bir-biriga tortib qo‘yilgan. Yakorning halqasimon usulda o‘ralgan chulg‘amlari kollektor 8 ga ulangan. Kollektor shtampalash yo‘li bilan mis tasmalardan tayyorlanadi. Cho‘tka 9 kollektorga prujina 10 yordamida bosib turiladi. Cho‘tkatutqichlar traversa 4 ga mahkamlangan. Korpusning ichki silindrik sirtiga stator joylashtirilgan bo‘lib, uning qutblari 12 ga uyg‘otish chulg‘ami 13 o‘rnatilgan. Quvvati katta bo‘lgan elektrodvigatellarning yakori zo‘ldirli podshipniklarga o‘rnatiladi.
Avtomobillarda ketma-ket, parallel va aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan elektrodvigatellar ishlatiladi. Ketma-ket uyg‘otish tizimili elektrodvigatellar ishga tushirish momenti katta bo‘lishini talab qilinadigan mexanizmlarda (oynako‘targich, antenani chiqarib-tushirish moslamalari), paralel va aralash uyg‘otish tizimli elektro-dvigatellar esa, tavsifnomasi barqaror va aylanish chastotasi yuklama ortish bilan o‘zgarmaydigan mexanizmlarda (oyna-fara tozalagichlar va hokazo) ishlatiladi. Reversiv elektrodviga-tellarning ikkitadan uyg‘otish chulg‘ami bo‘lib, ular zanjirga galma-gal ulanadi.
Hozirgi zamon avtomobillarida elektromagnitli uyg‘otish tizimili elektrodvigatellar o‘rniga doimiy magnitlar ta’sirida uyg‘otiladigan elektrodvigatellar o‘rnatilmoqda. Elektrodvigatelning uyg‘otish tizi-mida doimiy magnit ishlatilishi, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash, xususan massasi va o‘lchamlarini kamaytirish, foydali ish koefitsientini 1,5 baravar oshirish imkonini beradi. Elektrodvigatelda ichki ulanishlarning soddaligi, ularning ishonchliligini oshiradi. Bundan tashqari, mustaqil uyg‘otish tizimi barcha doimiy magnitli elektrodvigatellar reversiv bo‘lishini ta’minlaydi. Doimiy magnitli elektrodvigatelning tuzi-lishi keltirilgan. Doimiy magnitlar 2 qobiq 13 ning ichki sirtiga ikkita yassi po‘lat prujinalar 11 yordamida mahkamlanadi. Elektrodvigatel yakori 12 ikkita o‘zi o‘rnashadigan sirg‘anuvchi
podshipniklar 1 va 7 da aylanadi. Grafit cho‘tkalar 4 kollektor 6 ga prujinalar yordamida bosib turiladi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning ishlash prinsipi yakor va stator magnit maydonlarining o‘zaro ta’siriga asoslangan.

Elektromagnitli uyg'otisl tizimidsgi elektro-dvigatel:
Hozirgi kunda avtomobil elektr yuritmalari uchun kontaktsiz o‘zgarmas tok elektrodvigatellarini yaratish yo‘nalishida izchil ish olib borilmoqda. Oynatozalagichlar
Oynatozalagichlar a)
a - ko'ndslsng kesimi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2-qopqoq, 3-murvat, 4-traversa, 5 va 14- plastinasimon prujinalar, 6-tiqma, 7-metallokeramik podshipnik, 8-kollektor, 9-clo'tka, 10-prujina, 11- korpus, 12- stator qutblari, 13- uyg'otisl clulg'ami, 15-
avtomobilning old tomonidagi (ba’zi avtomobillarda orqa tomonidagini ham) oynasini qor, yomg‘ir va har-xil ifloslardan tozalash uchun xizmat qiladi. Oynatozalagich aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan doimiy magnitli elektrodvigatel, almashlab ulagich, qo‘chqaroqli reduktor, krivoship, pishang va tortqilar, cho‘tkalar, termobimetall plastinali saqlagichdan iborat.
Yakor 1 ning (6.3-rasm) aylanma harakati uning o‘qidagi qo‘chqaroq 13 orqali reduktorning plastmassadan
tayyorlangan shesternasi 12 ga uzatiladi. Krivoatrip 4, shesterna valiga qattiq mahkamlangan bo‘lib, uning aylani shi rezina tozalovchi cho‘tka pishanglari 8 ni o‘z tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship harakati cho‘tkalarga tortqilar 5 va pishanglar 6 orqali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini o‘zgartirish almashlab ulagich 2 yordamida amalga oshiriladi.
Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda ishlashini ta’minlash uchun almashlab ulagich 2 ning kontakt lappagi 9, tok elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel ulangan g‘altaklariga, qarshilik 10 dan o‘tmasdan boradigan I holatga keltiriladi. Tozalovchi cho‘tkalar tezligini oshirish uchun almashlab ulagichning kontakt lappagi boshqa holatga keltiriladi (II holat), Bu holda elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel g‘altagi zanjiriga qarshilik 10 ulanadi. Uyg‘otish zanjirida tok kuchining susayishi, uyg‘otish magnit oqimini kamaytiradi, natijada yakor aylanishlar chastotasi ortadi. Almashlab ulagich o‘chirilgandan keyin ham (0 holat), plastina 16, kontakt lappak 11 ning kesilgan joyiga o‘rnashguncha elektrodvigatel ishlab turadi.
Bu daqiqada chegaraviy uzgich zanjirni uzadi va elektrodvigatel to‘xtaydi. Bunda, cho‘tkalar avtomobil old tomonidagi oynaning eng chekka past qismida, haydovchiga xalaqit bermaydigan j oyda to ‘ xtaydi.

СЛ136 belgili oynatozalagich elektr yuritmasining umumiy sxemasi
Yuklama ortishi va qisqa tutashuv natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta tok kuchidan elektrodvigatel chulg‘amlarini himoya qilish uchun uning zanjiriga takroriy ishlaydigan termobimetall plastinali saqlagich 15 ulangan.

Doimiy magnitli elektrodvigatelga ega bo‘lgan SL-136 belgili oynatozalagich elektr yuritmasining sxemasi keltirilgan. Bu turdagi oynatozalagichlarning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda tozalovchi cho‘tkalarning kichik va katta tezlikda harakatlanishi bilan birga to‘xtab-to‘xtab harakatlanish rejimida ishlashi ham ko‘zda tutilgan. Oynatozalagichni to‘xtab-to‘xtab harakatlanish rejimi almashlab ulagich I ning III holatga qo‘yilishi bilan amalga oshiriladi. Bu holda elektrodvigatelning yakor zanjiriga rele 7 ulanadi. Releda qizdiruvchi spiral 8 bo‘lib, u termobimetall plastina 9 ni qizdiradi. Bimetall plastina qizishi davomida yuqori tomonga egiladi va kontaktlar 10 ni uzadi. Bu, o‘z navbatida, rele 11 ning ta’minot zanjiri toksizlanishiga va uning kontaklari 12 elektrodvigatelning yakori zanjirini uzishga olib keladi. Bimetall plastina 9 soviganidan keyin dastlabki holatiga qaytib, kontaktlar 10 ni tutashtiradi, rele 11 ga tok keladi va uning kontaklari 12 tutashib yana elektrodvigatelni tok manbaiga ulaydi.
Oynatozalagich:
a - cho'tkalar yuritmasi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2- almashlab ulagich, 3-cho'tkalar yuritmasining reduktori va chegaraviy uzgich, 4-krivoship, 5-tortqi, 6-pishanglar, 7- cho'tka pishanglarining tayanchi, 8- cho'tkalar, 9-almashlab ulagichning kontakt lappagi, 10-rezistor, 11-chegaraviy uzgichning kontakt lappagi, 12-shesternya, 13-reduktor qo'chqarog'I (chervyak), 14-o't oldirish kaliti,15-termobimetall saqlagich, 16-chegaraviy uzgichning kontakt plastinasi, 17 va 18-uyg'otish chulg'ami g'altaklari; Sh va Ya - o'tkazgichlarni ulash qisqichlari
Oynatozalagichdagi bu jarayon bir minutda 7...19 marta qaytariladi.
Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda harakatlanishini ta’minlash uchun almashib ulagich II holatiga keltiriladi. Bu holatda tok elektrodvigatel yakori 4 ga asosiy cho‘tkalarga nisbatan burchak ostida joylashtirilgan qo‘shimcha cho‘tkalar

  1. orqali uzatiladi. Bu rejimda tok yakor chulg‘am-larining faqat ma’lum bir qismidan o‘tganligi tufayli, uning aylanish chastotasi va aylantiruvchi momenti kamayadi. Oynatozalagich cho‘tkalarini katta tezlikda harakatlantirish uchun almashlab ulagich I holatga o‘tkaziladi. Bunda elektrodvigatel ta’minoti asosiy cho‘tkalar orqali amalga oshiriladi va tok yakorning hamma chulg‘amlaridan o‘tadi. Almashlab ulagichning IV holatida tok birdaniga oynatozalagich va oynayuvgich elektrodvigatellarining yakorlari 4 va 2 ga uzatiladi va ular birgalikda ishlaydi.

Oynatozalagich o‘chirilgandan keyin ham (almashlab ulagichning 0 holati) kulachok 6 aylanib, qo‘zg‘aluvchi kontakt 5 ni uzguncha elektrodvigatel ishlab turadi. Kontakt 5 uzilgandan keyin elektrodvigatel to‘xtaydi. Elektrodvigatelning tok zanjiri belgilangan daqiqada uzilishi, oynatozalagich cho‘tkalarining dastlabki holatida to‘xtashini ta’minlash bilan bog‘liq. Elektrodvigatelning yakor zanjirlarini ortiqcha yuklama va qisqa tutashuv toklaridan xalos qilish uchun termobimetall saqlagich 13 o‘rnatilgan.
Yomg‘ir tomchilab yoqqanda yoki qor uchqunlab turganda avtomobil old oynasi kam namlanib, oynatozalagich cho‘tkalarini ishqalanishini va ularni yeyilishini kuchaytiradi. Ishqalanish kuchining ortishi energiya sarfini oshiradi va yuritma elektrodvigateli qizib ketishi mumkin. Oynatozalagichni bir-ikki taktga, qo‘l bilan ishga tushirish noqulay va xavfli, chunki bu bir necha daqiqaga bo‘lsa ham haydovchi diqqatini jalb qiladi. Zamonaviy avtomobillarda oynatozalagich qisqa vaqt davomida ishlashini ta’minlash uchun elektrodvigatelning boshqarish tizimiga maxsus elektron sxema kiritilib, u ma’lum vaqt oralig‘ida (2....30 s) oynatozalagich elektrodvigatelini bir-ikki takt ishlashi uchun ulab turadi.
Tovush signallari
Tovush signallari avtomobillarning harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi hamda boshqa haydovchilarni transport vositasi yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirish uchun xizmat qiladi. Oxirgi vaqtda tovush signallari avtomobillarning o‘lchov-nazorat asboblari bilan ham ishlatilib, haydovchiga agregatlar holati to‘g‘risida xabar beradi. Shuningdek tovush signallari «avtomobil qo‘riqchisi» tizimida ham ishlatiladi. Avtomobillarda asosan elektr va pnevmatik tovush signallari ishlatiladi.
Elektr tovush signallarining ohangli va shovqinli turlari mavjud. Ohangli tovush signallari karnayli shovqinli signallar esa disk rezonatorli qilib ishlangan. Ko‘pchilik avtomobillarga ikkita tovush signali o‘rnatilib, biri past ohangli bo‘lsa, ikkinchisi baland ohangli bo‘ladi. Yuqori klassli yengil avtomobillarda uchta tovush signali bo‘lib, ularning biri past ohangli, ikkitasi baland ohangli bo‘ladi. Bu signallar to‘plami hamohang qilib bir-biriga moslanadi va baravariga sadolanadi.
Elektr tovush signali qoliplangan po‘lat korpus 1 ga mahkamlangan o‘zak 4, qo‘zg‘almas kontakt plastinasi 3, qo‘zg‘aluvchi kontakt o‘rnatilgan prujinasimon plastina 7 lardan iborat. Korpus 1 va rezonator 12 orasiga legirlangan va toblangan po‘latdan tayyorlangan membrana 11 qistirib qo‘yilgan. Membranaga shtift 5 o‘rnashtirilgan yakor 10 mahkamlangan. Elektromagnit chulg‘ami 9 uzgich kontaktlar 6 ga ketma-ket ulangan. Kontaktlar orasidagi tirqish gaykalar 2 bilan rostlanadi. Kontaktlar orasida hosil bo‘ladigan uchqun kuchini pasaytirish uchun ularga parallel ravishda rezistor 5 (ba’zi hollarda kondensator) ulangan. Volfram kontaktlar 6 plastinalarga payvandlangan va normal holda tutashgan bo‘ladi. Elektromagnit chulg‘ami 9 tok manbaiga ulanganda, o‘zak 4 magnitlanadi va yakor 10 ni o‘ziga tortadi. Bu esa yakor mahkamlangan membranani egilishga olib keladi. Shu daqiqani o‘zida yakorga o‘rnatilgan shtift yuqoriga harakat qilib

Elektr tovush signali Signallar relesining ulanish sxemasi
prujinasimon plastinaga ta’sir qiladi va kontaktlar 6 ni uzadi. Kontaktlarning uzilishi natijasida elektromagnit chulg‘amining tok zan-jiri ham uziladi, o‘zak 4 magnitsizlanadi, membrana 11 o‘zining elastikligi hisobiga daslabki holatiga qaytadi. Kontaktlar 6 yana tutashadi va signalning ishi takrorlanadi. Membrana harakati ta’sirida vujudga kelgan havoning tebranishi ma’lum chastotaga (200...400 Gs) ega bo‘lgan tovush hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Signalning zarur ohangi membrananing qalinligi va karnay shaklini tanlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Karnay qanchalik kalta va membrana qanchalik qalin bo‘lsa, signal ohangi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Avtomobillarga ikki yoki undan ortiq karnayli tovush signali o‘rna-tilganda, signalni ulaydigan tugma kontaktlari orqali o‘tadigan tok qiymati 20...25A gacha yetib, uni kuydirishi mumkin. Signal tugmasi kontaklarini saqlash va
ishlash muddatini uzaytirish uchun signallar relesi (6.6-rasm) ishlatiladi. Tovush signalining tugmasi 5 bosilganda rele chulg‘ami 4 dan tok o‘tadi, uning o‘zagi magnitlanadi va yakorcha 3 ni tortib kontaktlar 2 ni tutashtiradi. Rele kontaktlarining ulanishi tovush signallari 1 ning tok manbaiga ulanishini ta’minlaydi. Signalni ulovchi tugma 5 kontaktlaridan o‘tadigan tok, rele o‘zagini magnitlash uchun yetarli bo‘lib, uning qiymati katta bo‘lmaydi.
Shovqinli (karnaysiz) tovush signali (16.3 - rasm) kosasimon disk ko‘rinishidagi rezonator 19 ega bo‘lib, u membrana 18 bilan birga tebranadi. Shovqinli signallarda kontaktlar 9 orasidagi tirqish murvat 7 yordamida tashqaridan rostlanadi. Yakorcha 17 va o‘zak 13 orasidagi tirqish esa sterjen 12 ni burash yo‘li bilan rostlanadi. Uni burash rostlash shlisasi 2 yordamida amalga oshirilib, dastlab gayka bo‘shatilishi kerak. Rostlash jarayoni tugatilgandan keyin gaykani yana yaxshilab burab qo‘yish zarur.
3. Multipleks tizimi. Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan ximoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar bloki.
Multipleksor qurilmasi birqancha kirishlardan birini yagona chiqishga uzatish uchun xizmat qiladi.


Download 3.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling