Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis


Download 3.14 Mb.
bet23/50
Sana07.11.2023
Hajmi3.14 Mb.
#1753027
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis

12. M avzu: O‘t-oldirish g‘altagi, uzgich taqsimlagich qopqog‘i va kontaktlari, o‘t-oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishlarni tekshirish, zanjirlardagi izol yatsiyalarni shikastlanganligi, ifloslanganligi va eskirganligi yuqori kuchlanishni yuzaga o‘tib ketishiga olib kelishini bartaraf qilish.

O‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi
Batareyadan o‘t oldirish sistemasi past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantirib berish, yuqori kuchlanishli tokni dvigatel silindrlariga taqsimlash va bu tokni silindr ichida uchqun razryadiga aylantirishga xizmat qiladi. Batareyadan o‘t oldirish tizimdan avtomobillarda keng foydalaniladi. Batareyadan o‘t oldirish tizimga quyidagi talablar qo‘yiladi: ishonchli ishlashi (yuqori kuchlanishli tok hosil qilish va ish aralashmasining dvigatel silindrlarida alangalanishi); tuzilishi va o‘t oldirish asboblariga xizmat ko‘rsatishning oddiyligi; gabarit o‘lchamlarining kichik bo‘lishi va massasining engil bo‘lishi; uzoqqa chidamliligi; dvigatelning ishlash sharoitiga qarab ish aralashmasini o‘t oldirish momentini o‘zgartirish ehtimolligi.
Batareyadan o‘t oldirish tizimga (35-rasm) past kuchlanishli tok manbalari, past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantiradigan o‘zgartirgich va yordamchi asboblar kiradi. O‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok generatorlari va akkumulyatorlar batareyasi past kuchlanish manbalaridir. Elektr toki o‘zgartirgichlariga induksion g‘altak 8, uzgich 5, kondensator 6, taqsimlagich 4, uchqundan o‘t oldirish svechasi 2 kiradi. O‘t oldirish o‘chirgich 12, startyor o‘chirgichi 11, past va yuqori kuchlanish simlari yordamchi asboblarga kiradi.
Batareyadan o‘t oldirish sistemasi ishlayotganida hosil bo‘ladigan elektr zanjirlari bilan tanishib chiqamiz. Asboblar tizimi o‘t oldirish o‘chirgichi 12 vositasida ishga tushirilgach, quyidagi past kuchlanishli tok zanjiri hosil bo‘ladi (rasmda tutash strelkalar bilan ko‘rsatilgan): akkumulyator batareyasi 1 ning musbat chiqishi-startyor 11 o‘chirgichining qismlari-ampermetr-o‘chirgich 12-sim 10-induksion g‘altak qismasi VK-B-variator 9-qisma VK, birlamchi chulg‘am va induksion g‘altak 8 qismasi-sim-uzgich 5 ning tutashgan kontaktlari-massa-akkumulyator batareyasi 1 ning manfiy chiqishi.

rasm. Batareyadan o‘t oldirish tizimining sxemasi:


1-akkumulyatorlar batareyasi; 2-uchqundan o‘t oldirish svechalari; 3-yuqori kuchlanishli simlar; 4-taqsimlagich; 5-uzgich; 6-kondensator; 7-qarshilik; 8-induksion g‘altak; 9-induksion g‘altak variatorlari; 10-past kuchlanishli sim; 11-startyor o‘chirgichi; 12-o‘t oldirish o‘chirgichi; 13-rele-rostlagich; 14-o‘zgarmas tok generatori.
Induksion g‘altak birlamchi chulg‘amidan past kuchlanishli tok o‘tishi natijasida uning o‘ramlari atrofida magnit oqimi hosil bo‘ladi. Keyin uzgich mushtchasi kontaktlarni ajratadi va o‘ramlar atrofidagi magnit oqimi yo‘qoladi. Bunda induksion g‘altak chulg‘ami o‘ramlarini magnit oqimi kesib o‘tadi, birlamchi chulg‘amda o‘zinduksiya e.yu.k., ikkilamchi chulg‘amda o‘zaro induksiya e.yu.k., g‘altak o‘zagida esa uyurma tok hosil qiluvchi e.yu.k. induksiyalanadi.
Dvigatel o‘rta va katta tezliklarda ishlayotganda batareyadan o‘t oldirish asboblari past kuchlanishli tokni generatordan oladi, unda past kuchlanishli tok zanjiri quyidagicha bo‘ladi: generatorning musbat cho‘tkasi-generator qismasi YA-rele-rostlagich qismasi B-o‘t oldirish o‘chirgichi 12-sim 10-variator 9 va induksion g‘altak 8 ning birlamchi chulg‘ami-sim-uzgich 5 ning tutashgan kontaktlari massa-generatorning manfiy cho‘tkasi.
YUqori kuchlanishli tok zanjiri quyidagicha hosil bo‘ladi (rasmda nuqtali strelka bilan ko‘rsatilgan): induksion g‘altakning ikkilamchi chulg‘ami-yuqori kuchlanish simi-taqsimlagich 4-yuqori kuchlanish simi 3-uchqundan o‘t oldirish svechasi 2-svechaning uchqun oralig‘i-massa-akkumulyator batareyasi-o‘chirgich 11 ning bosh qismasi-ampermetr-o‘chirgich 12-qisma VK-B-variator 9-qisma VK-induksion g‘altakning birlamchi chulg‘ami-uning ikkilamchi chulg‘ami.
Kontaktlar tutashgan paytda induksion g‘altakning ikkilamchi chulg‘amidagi yuqori kuchlanishli tok zarur kattalikka ko‘paymaydi, chunki bunga o‘zinduksiya e.yu.k. to‘sqinlik qiladi. Lens qonuniga ko‘ra o‘zinduksiya e.yu.k. akkumulyator batareyasi e.yu.k.ga qarama-qarshi yo‘nalgan. Natijada induksion g‘altakning birlamchi chulg‘amida tokning oshishi sekinlashadi, magnit maydoni uning o‘ramlari atrofida sekin ortib boradi va shuning uchun ikkilamchi chulg‘amda istalgan miqdorda kuchlanish hosil qilish mumkin emas. Aksincha, yo‘qolib boruvchi magnit oqimi ta’sirida birlamchi chulg‘am zanjiri uzilganda magnit oqimiga qarama-qarshi yo‘nalgan o‘zinduksiya e.yu.k. hosil bo‘ladi. O‘zinduksiya e.yu.k. ta’sirida yangi tok, ya’ni akkumulyator batareyasi yoki generatordan keluvchi tok bilan yo‘nalishi bir xil bo‘lgan uzuvchi tok hosil bo‘ladi. Ko‘paygan kuchlanishning yig‘indi toki (300 V gacha) uzgich kontaktlari bir-biridan ajralganda ular orasida kuchli uchqun hosil qiladi. Kontaktlar orasida uchqun chiqishi quyidagi sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiq emas:
induksion g‘altakning ikkilamchi chulg‘amidagi o‘zaro induksiya e.yu.k. kamayadi, chunki kontaktlar ajralishi vaqtida uchqun tokning va chulg‘am o‘ramlari atrofidagi magnit oqimining bir zumda yo‘qolishiga to‘sqinlik qiladi;
kontaktlar qiyin eriydigan metall-volframdan yasalganiga qaramay oksidlanadi va metall richagcha kontaktidan ko‘zg‘almas kontaktga o‘tadi, bu ularni tez-tez tozalashni talab qiladi (bu hol kontaktlar eroziyasi deb ataladi).
Kuchli uchqun chiqishining oldini olish uchun batareyadan o‘t oldirish tizimga uzgich kontaktlariga parallel qilib kondensator ulanadi. SHunday sig‘imli kondensator tanlash kerakki, bunda induksion g‘altakning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanish eng ko‘p bo‘lganda uzgich kontaktlari orasida ular bir-biridan ajralgan paytda uchqun eng kam chiqsin (0,17-0,25 mkF).


Download 3.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling