Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis


Vakuum rostlagichining ishlash sxemasi


Download 3.14 Mb.
bet26/50
Sana07.11.2023
Hajmi3.14 Mb.
#1753027
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis

Vakuum rostlagichining ishlash sxemasi:
Ba’zi hollarda vakuum rostlagichi faqat drossel zaslonkasining ochilishi darajasiga qarab emas, balki dvigatel tirsakli valining aylanish soniga qarab o‘t oldirish burchagini o‘zgartiradi. Masalan, drossel zaslonkasi bir xil holatdaligida dvigatel yuklamasi oshganda tirsali valning aylanish soniga kamayadi. Bu hol havoning harakat tezligini, shuningdek siyraklanish darajasini o‘zgartirishga ham sabab bo‘ladi. So‘ngra vakuum rostlagichi dvigatel normal ishlashi uchun o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini korrektirlab ishga tushadi. Markazdan qochirma va vakuum rostlagich birga ishlashi natijasida ancha ratsional o‘t oldirish burchagi hosil bo‘lishiga erishiladi.
Oktan-korrektor benzin sorti (uning oktan soni) va dvigatelning ishlash sharoitiga qarab o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini o‘zgartirishga xizmat qiladi. Masalan, avtomobil dvigateli normal ishlashi uchun oktan soni 70 bo‘lgan benzin ishlatiladi. Oktan soni kichiqroq bo‘lgan benzinni ishlatish dvigatelning normal ishlashini buzushga olib keladi, ya’ni yuqori detonatsiya paydo bo‘ladi.

rasm. Uzgich-taqsimlagich oktan-korrektori:
1-pastki plastina; 2- mahkamlash bolti uchun teshik; 3-yuqorigi plastina; 4-o‘rnatish vinti teshik; 5-o‘rnatish plastinasi; 6-o‘rnatish vinti; 7-bolt uchun teshik;
8 –vint; 9-rostlash gaykalari; 10-barmoq; 11-shtift; 12-pastki plastina kronshteyni.
U krivoship-shatunli mexanizm detallari va dvigatel silindri kallagining emirilishi va tez eyilishiga sabab bo‘ladi. Agar oktan-korrektor yordamida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi o‘zgartirilsa, detonatsiyaning oshishini bartaraf etish mumkin.
Pastki 1 va yuqorigi 3 plastinalar, o‘rnatish plastinkasi 5, o‘rnatish vinti 6, rostlash gaykasi 9, prujinali shtift 11 va biriktirish boltlari oktan-korrektorning asosiy qismlari hisoblanadi. Pastki plastinada 12 bo‘limli shkala (noldan har tomonga oltita bulim) bor. Har bir bulim uzgich korpusining 1 burilish va tirsakli valning 2ga burilishiga mos keladi. SHkalaning bir tomonida plyus, ikkinchi tomonida minus ishorasi bor. Pastki plastina dvigatel blokiga teshik 2 dan o‘tuvchi bolt bilan mahkamlangan. YUqorigi plastinadagi ko‘rsatkich shkala bo‘limlari uzra suriladi. O‘rnatish plastinasi uzgich korpusiga teshik 7 orqali bolt bilan mahkamlanadi.
O‘t oldirishni ilgarilatish burchagi gayka 9 lardan birini mahkamlab. Ikkinchisini bo‘shatib o‘zgartiriladi. Bunda yuqorigi plastina 3 o‘rnatish plastinasi 5 bilan birga buriladi, yuqorigi plastina ko‘rsatkichi esa shkala bo‘limlari uzra suriladi. Plastina shkalaning «-» tomoniga burilsa, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi kichrayadi, «» tomoniga burilsa, o‘t oldirishni kattalashadi, chunki yuqorigi plastina bilan birga kontaktli uzgich korpusi ham buriladi. Plastinalar burilganda kontaktlar mushtchli shayba chiqig‘idan yo uzoqlashadi yoki unga yaqinlashadi.
ZIL-130 avtomobiliga o‘rnatiladigan R4-V uzgich qator afzaliklarga ega. Mushtchali shayba sakkizta chiqiqli (dvigateldagi silindrlar soniga moslab) qilib ishlangan. CHiqiqlar kontaktlar tez ajralishi uchun maxsus profilga ega. Kondensator yuqorigi diskka o‘rnatilgan bo‘lib, ishlayotganda qopqoq bilan berkitilgan bo‘ladi. Uzgich prujinasi bilan birga oqartirilgan mis plastina ham mahkamlangan. U prujinani tok yuklanishidan saqlaydi.

Download 3.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling