Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis


Download 3.14 Mb.
bet24/50
Sana07.11.2023
Hajmi3.14 Mb.
#1753027
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis

13. Mavzu: Avtomobil dvigateli o‘t oldirish tizimi datchik taqsimlagichiga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi oshishi bilan kontaktlarning ajralish chastotasi ko‘payadi va g‘altakning birlamchi chulg‘amida tok kamayadi. Bunda variator spirali qizimaydi va uning qarshiligi birlamchi chulg‘amdagi tokka ta’sir qilmaydi. Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amda hosil bo‘lgan, o‘rnatilgan yuqori kuchlanish tok o‘tadi.


Dvigatelni ishga tushirishda variator rezistori induksion g‘altakda normal kuchlanish hosil qilishga to‘sqinlik qiladi. Rezistorda kuchlanish kamayadi, bu esa g‘altakning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanishning kamayishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun variator rezistorini startyor o‘chirgichning yordamchi kontaktlari vositasida avtomatik uzish nazarda tutilgan.
Induksion g‘altak qismalari VK va VK-B startyorning yordamchi qismalariga simlar bilan ulangan. Dvigatel ishga tushirilganda startyor richagi uning relesining qismalarini ulaydi va tok variator rezistoridan o‘tmay ulardan o‘tadi. Agar dvigatelni biror sababga ko‘ra dasta yordamida ishga tushirishga to‘g‘ri kelsa, qismalar VK va VK-B ni sim bo‘lagi bilan ulab rezistor uziladi. ZIL-130 avtomobiliga o‘rnatilgan B-13 induksion g‘altak ikkilamchi chulg‘ami o‘ramining soni ko‘p, g‘altak ichiga bitum tarkib o‘rniga, chulg‘amdan 3-5 mm yuqori sathda transformator moyi qo‘yilgan, shuning uchun g‘altak vertikal o‘rnatiladi. Transformator moyi faqat chulg‘amni yaxshi izolyasiyalab qolmay, balki issiqlikni korpusga yaxshi o‘tkazadi. Ikkilamchi chulg‘amda o‘ramlar sonining oshishi unda kuchlanishning oshishiga yordam beradi (bu zarur, chunki g‘altak o‘n sakkiz silindrli dvigatelga xizmat qiladi). ZIL-130 avtomobilining dvigateli siqish darajasi yuqoriligi bilan farqlanadi, bu svecha elektrodlari orasidagi qarshilikni oshiradi va uni engil uchun yuqori kuchlanish talab etiladi.
G‘altak har smenada chang va iflosdan tozalanadi, qismalar va sim uchlari tozalanadi. Dvigatel to‘xtatilgach, birlamchi chulg‘am kuchlanish ostida bo‘lmasligi uchun o‘t oldirish darhol uziladi.



расм. Р-20 узгич-та=симлагичи (а) ва та=симлагич =оп=о\и пастдан кыриниши (б): 1-конденсатор; 2-юритиш валиги; 3-октан –корректор; 4-лыкидон; 5-марказдан =очирма ростлагич; 6-узгич; 7-та=симлагич ротори; 8-ротор пластинаси; 9-та=симлагич =оп=о\и; 10-ён чи=иш электроди; 11-ён чи=иш; 12-ю=ори кучланишли ток чи=иши; 13-сирпанувчи контакт; 14-вакуум ростлагичи; 15-муштчали шайба втулкаси; 16-корпус.

G‘altaklarning xarakterli nuqsonlari: chulg‘amlarning shikastlanishi, variator spiralining kuyishi. CHulg‘amlarning yaroqligiga ommetrdan foydalanib ishonch hosil qilish mumkin. Agar ikkilamchi chulg‘am uchlariga (qisma VK ga va yuqori kuchlanishli tok chiqishiga) ulangan ommetr 8-9 ming Om ni ko‘rsatsa, unda chulg‘am yaroqli hisoblanadi. Birlamchi chulg‘amni tekshirishda ommetr qismalar R (ramda ko‘rsatilmagan) va VK ga ulanadi. SHuningdek, variatorning yaroqliligini ham ommetr yordamida tekshirish mumkin.
Induksion g‘altaklarning texnikaviy xarakteristikasi 8-ilovada keltirilgan.

Download 3.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling