Mavzu: Axborotni texnik kanallar orqali chiqib ketishdan himoyalash usullari Reja


Download 0.58 Mb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1160216
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Axborotni texnik kanallar orqali chiqib ketishdan himoyalash usullari


Reja:

    1. Texnik vositalar bilan himoyalanadigan axborotlarning turlari.

    2. Axborot chiqib ketish texnik kanallarining tasnifi va tarkibi.

    3. Obyektlarni kuzatish, signallarni eshitish va tutib olishning asosiy usul va tamoyillari.

    1. Texnik vositalar bilan himoyalanadigan axborotlarning turlari


Hozirgi kunda ma’lumotlarni texnik himoyalash masalasi dolzarb vazifalardan biriga aylangan.


Ma’lumotlarni himoyalashning texnik vositalariga mexanik, elektro- mexanik, elektron-mexanik, optik, akustik, lazer, radio, radiolokatsion va boshqa qurilmalar hamda himoyalanadigan obyektga borish yo‘lini to‘sishga mo‘ljallangan tizim va binolar kiradi.
Ma’lumotlar va obyektlarni himoyalash uchun murakkab va takomillashgan usullaridan foydalaniladi.
Tashkilotlardagi ma’lumotlarni elektron qayta ishlash markazlari kuchli elektromagnit nur manbai bo‘lgan obyektlardan uzoqda joylashgan bo‘lishi va atrofi devor bilan o‘ralishi kerak. Nazorat zonasini kuzatish televizion, radiolokatsiyali, lazerli, optik, akustik va boshqa umumiy pultga ulangan tizim orqali amalga oshirilishi mumkin.
Axborot xavfsizligi muammosi tashkiliy chora-tadbirlar va talablar, axborot tizimlaridan foydalanish va loyihalash bosqichlarida hal qilinadi. Ular orasida himoyalanayotgan axborot tizimi joylashgan obyektni qo‘riqlash muhim o‘rinni egallaydi. Bunda hisoblash texnika vositalaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashni oldini oladigan va qiyinlashtiradigan, axborot tashuvchilar, shuningdek aloqa liniyalaridan va axborot tizimidan ruxsat berilmagan foydalanishni man etadigan tegishli qo‘riqlash postlari, texnik vositalar o‘rnatiladi.
Axborotlarni muhofaza qilishning texnik vositalari – obyektning niqoblovchi (maskirovkalovchi) belgilari ochilishini bartaraf etish yoki kamaytirish, yolg‘on alomatlarni yaratish hamda texnik vositalar orqaliaxborotga ruxsatsiz kirishga to‘sqinlik qilishga mo‘ljallangan texnik vositalardir.



    1. Download 0.58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling