Mavzu: Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
Aylanma fondlar (mablag`lar) tarkibi
Download 88 Kb.
|
Mavzu Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularn
Aylanma fondlar (mablag`lar) tarkibi
Aylanma mablag`lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan natural-moddiy shakllari va qiymat ko`rsatkichi sifatida tasniflash zarur. Savdo korxonalarining aylanma mablag`lari natural-moddiy shakllari bo`yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo`ladi: Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, yo`lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida). Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida). Taralar, yoqilg`i, qodoqlash materiallari. Xo`jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter kraskalari kabi). Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan tez eskiradigan mehnat qurollari. Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar. Aylanma mablag`lar qiymati bo`yicha quyidagicha tasniflanadi. Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag` tarkibida tovar zahiralarini summasi 60-70 % tashkil qiladi. Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez eskiradigan mehnat qurollari summasi. Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo`yicha qarzlari summasi. Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag`lari. Qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Savdo korxonalarini har xil qimmatbaho qog`ozlarga qo`yilgan mablag`lari, bankdagi depozit hisob raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat ichida bo`sh pul mablag`laridan foydalanishni ifoda qiladi. Aylanma mablag`larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo`lib, lekin hisobot davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to`langan ijara haqlari; oldindan to`langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan bo`nak (avans) sifatidagi to`lovlar kiradi. Ushbu xarajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning muomala (davr) xarajatlarida o`z aksini topadi. Aylanma mablag`lar ularni rejalashtirilishi nuqtai nazardan normalashtiriladigan aylanma mablag`lar va normalashtirilmaydigan aylanma mablag`larga bo`linadi. Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar normalashtiriladigan aylanma mablag`lar tarkibiga kiradi. Normalashtirilishi mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish zarur: tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish shoxobchalarida, yo`ldagi); kassadagi va yo`ldagi pul mablag`lari; tovarlar bilar turgan va bo`sh taralar; kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatalr; moddiy-texnik ta`minot materiallari, yoqilg`i, qadoqlash va xo`jalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan materiallar; belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi; ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar. Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo`lmagan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari; belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi; har xil debitorlar; saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish inkor qilingan holdagi); qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling