Mavzu: Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
Birinchi guruh likvid mablag‘larga
Download 88 Kb.
|
Mavzu Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi guruh likvid mablag‘lari
- Uchinchi guruh likvid mablag‘lari
Birinchi guruh likvid mablag‘larga:
pul mablag‘lari (balansning 170-qatori), jumladan hisob-kitob varag‘i; valyuta hisob varag‘idagi (180 - q), boshqa hisob varaqlardagi va kassadagi pul mablag‘lari (190 - q) kiradi; Ikkinchi guruh likvid mablag‘lariga tez pulga aylanadigan talablar(bu talablarningmuddati odadta 3 oydan oshmasligi lozim): - ishonchli debitorlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblar (200-220 - q); - muddati 3 oygacha bo‘lgan avans to‘lovlar (230 - q); - byudjet bilan hisob-kitoblar (240 - q); - korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa operatsiyalar (260-270 - q) ; - ishchi- xizmatchilar bilan hisoblashishlar (250- q); ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar (280-290 - q); Ikkinchi guruh likvid mablag‘larning aksariyat qismini yaqin 3 oy ichida to‘lanish lozim bo‘lgan debitorlar tashkil qiladi. SHuning uchun kredit berishda bu likvid aktivlarning haqiqatta 3 oy ichida pulga aylanish ehtimolini chuqur tahlil qilish lozim. 3 oy da to‘lanishi lozim bo‘lgan veksellar; xorijiy korxonalar bilan hisob-kitoblar; Uchinchi guruh likvid mablag‘lariga tez sotiladigan tovar moddiy qimmatliklarining zahiralari bo‘yicha talablari kiradi: O`tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to`g`risida suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag`lar hamda moliyaviy resurslar to`g`risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan tig`iz bog`liqligi, xo`jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga o`zgarishi, ya`ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o`tganda asosiy fondlar, amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag` shaklidan asosiy fondlarga aylanishini kuzatamiz. Xuddi shunday o`zgarishlar aylanma mablag`lar va moliyaviy resurslar o`rtasida ham ro`y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor bo`lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo`lib qolishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta`minotchilardan qarzdor bo`lib qolishi kabilar. Tovarlarga qo`yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, foydasini shakllanishi. Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e`tibor berilmaydi va bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o`zaro bog`liqliklarni o`rganish resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling