Mavzu: Aylanma sirtlar va ularning tenglamalari


Matematik statistika elementlari


Download 69 Kb.
bet4/7
Sana18.10.2023
Hajmi69 Kb.
#1707560
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aylanma sirtlari va ularning tenglamalari. Feruzabonu Muminova

Matematik statistika elementlari


  • Aytaylik bir jinsli ob’ektlar to`’lamini uning sifat yoki son belgisiga ko`ra o`rganish talab etilgan bo`lsin. Masalan, fermer yoki shirkatlar uyushmasida yetishtirilgan ‘axta xosilini sifat belgisi, uning navi (sorti), son belgisi bo`lib uning xajmi esa (ogirligi), xosildorligi xizmat qiladi.

  • 1-ta’rif. Tahlil qilish uchun ajratilgan yoki keltirilgan bir jinsli ob’ektlar to‘plamini bosh to‘plam deyiladi.

  • Masalan, xo‘jalikni yetishtirgan k/x maxsulotlari to‘plami, Qo‘qon shahrida ta’lim olayotgan talabalar to‘plami, kabi misollar bosh to‘plamga misol bo‘ladi.

  • Ko‘pincha to‘plamni o‘rganish maqsadida undagi barcha ob’ektlar tekshiriladi. Ammo to‘plamga tegishli barcha ob’ektlarni (ularni soni juda katta bo‘lsa) tekshirish iqtisodiy va jismonan mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda bosh to‘plamga tegishli ma’lum bir qism ob’ektlar to‘plami tekshiriladi.

Matematik statistika elementlari


  • 2-ta’rif. Bosh to‘plamdan o‘rganish uchun tasodifiy ravishda tanlab olingan ma’lum bir qism ob’ektlar to‘plamiga tanlanma to‘plam yoki tanlanma deyiladi.

  • Bosh to‘plam Qo‘qon universitetida ta’lim olayotgan talabalar to‘plami bo‘lsa, hususan iqtisod kulliyotining EK-4 guruh talabalari tanlanma to‘plamni tashkil etadi.

  • Bosh to‘plam yoki tanlanma to‘plamning hajmi deb shu to‘plamdagi ob’yektlar soniga aytiladi. Masalan 1000ta elektr chirog‘idan tekshirish uchun 50 ta chiroq tanlab olingan bo‘lsa, u holda bosh to‘plamni hajmi Nk =1000 ga, tanlanmaning xajmi esa nk = 50 ga teng bo‘ladi.

Matematik statistika elementlari


Ob’yekt bosh to‘plamdan tanlanib, uning ustida kuzatish o‘tqazilgandan so‘ng, u bosh to‘plamga qaytarilsa, u holda bunday tanlanma takror tanlanma deyiladi.

  • Agar tekshirish uchun olingan ob’yekt bosh to‘plamga qaytarilmasa, unday tanlanmani notakror tanlanma deyiladi. Amaliyotda odatda qaytarilmaydigan tasodifiy tanlashdan foydalaniladi.

  • Tanlanmadagi ma’lumotlar bo‘yicha bosh to‘plamning bizni qiziqtirgan belgisi haqida to‘g‘ri hulosa qilish uchun tanlanmaning shunday amalga oshirish kerakki, u bosh to‘plamni muhim harakterli xususiyatlarini o‘zida to‘liq saqlasin. Buni qisqacha tanlanmaning re’rezentativligi deyiladi. Tanlanma re’rezentativ bo‘lishligi uchun tanlash tasodifiy ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi, ya’ni bosh to‘plam barcha ob’ektlarning tanlanmaga tushish extimollari bir xil bo‘lishi kerak.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling