Mavzu: Ayollar milliy kiyimlarini modellashtirish. Mavzu: Ayollar milliy kiyimlarini modellashtirish
Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish
Download 498.85 Kb.
|
modellashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bichiq detallari
Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (6.28-rasm). Ko‘ylak ensiz gazlamadan bichilganda, gazlama uzunasiga ikki buk- lab to‘shaladi.
Old va orqa bo‘laklar etak qismlarining andazalari o‘rta chiziqlarini gazlamaning buklov chizig‘iga to‘g‘rilab, ketma-ket joylashtiriladi, keyin xuddi shu tartibda old va orqa bo‘laklarning koketkalarining andazalari joylashtiriladi, koketkalarning yoniga yeng andazasi qo‘yiladi. Qo‘yma burmalar 45° qiyalikda bichiladi. Andazalarning konturlari bo‘yicha kerakli chok haqlari qo‘yib, bo‘rlab chiqiladi va detallar bichib olinadi. Bichiq detallari: old bo‘lak etak qismi - 1 dona, orqa bo‘lak etak qismi - 1 dona, old koketka - 2 dona, orqa koketka - 2 dona, qo‘yma burmalar. Ishlov berish ketma-ketligi. Koketkalaming o‘rta chiziqlari hamda old va orqa bo‘laklar etak qismlarining o‘rta chiziqlari, yengboshi chizig‘ining yuqori nuqtasi sirma qaviqlar bilan tikib belgilab qo‘yiladi. Har ikkala qavat koketkalar old va orqa bo‘laklari o‘ng tomonlarini bir-biriga qaratib, yelka qirqimlari bo‘yicha avval qo‘lda ko‘klab olib, keyin mashinada 1,0 santimetr chok haqi bilan biriktiriladi. ko‘klov iрlari olib tashlanib, choklar yorib dazmollanadi. Ustki va ostki koketkalar o‘ng tomonlarini bir-biriga qaratib, yelka choklari va koketkalarning o‘rta chiziqlarini bir-biriga mos keltirib, to‘g‘nog‘ichlar qadab chiqiladi va bo‘yin o‘mizi qirqimlari qo‘lda ko‘klab biriktiriladi. keyin mashinada 0,7 santimetr chok haqi bilan aylantirib biriktirib tikiladi. koketka o‘ngiga ag‘dariladi va chok haqlarini ostki koketka tomonga qaratib mashinada bostirib tikiladi. Ustki va ostki koketkalarning yeng o‘mizi va pastki qirqimlari bir-biriga to‘g‘rilanib, tekislab olinadi. Old va orqa bo‘lak etak qismlari o‘ngini o‘ngiga qaratib qo‘yiladi va yon qirqimlari to‘g‘rilanib, ko‘klov qaviqlari bilan tikib chiqiladi. So‘ngra 1,5 santimetr chok haqi tashlab mashinada baxyaqator yurgiziladi, qirqimlar maxsus mashinada yo‘rmalanadi va old bo‘lak tomonga qaratib yotqizib dazmollanadi. Old va orqa bo‘laklarning yuqori qirqimlari bo‘yicha 0,7 va 1,2 santimetr masofalarda ikki qator baxyaqator yurgizib chiqiladi va iрlaridan tortib burma hosil qilinadi. Qo‘yma burma bo‘laklari bir-biriga ulanib, ulangan choklari yo‘rmab chiqiladi, keyin ochiq qirqimlari 0,2 - 0,3 santimetrga teskarisiga bukilib, maxsus siniq chok tikadigan mashinada ishlanadi. Qo‘yma burmalarning ikkinchi qirqimi bo‘yicha 0,5 - 0,7 santimetr masofada baxyaqator yurgizib, burma hosil qilinadi. Burmalari tekis taqsimlangan qo‘yma burmani o‘ngini koketkaning o‘ngiga qaratib qirqimlariga to‘g‘rilab qo‘yib, koketkaning atrofiga gir aylantirib qo‘lda ko‘klab biriktiriladi. Old va orqa bo‘laklarning yuqori qimqim- larini koketkalarning o‘ngiga o‘ngini qaratib ko‘klab olinadi, so‘ngra mashinada 1,0 santimetrli chok haqi bilan baxyaqator yurgiziladi. Koketkalarning astarlari teskari tomoniga o‘girilib, o‘rta chiziqlarini etak qismining o‘rta chiziqlariga to‘g‘rilab avval qo‘lda ko‘klab chiqiladi, keyin mashinada baxyaqator yurgiziladi. Koketkalar o‘ngiga ag‘dariladi va tekislanadi. Yengning qirqimlari 1,0 santimetrli chok haqi bilan biriktirib tikiladi va yo‘rmalanadi. Yengning yuqori qirqimlari bo‘yicha ham belgilangan oraliqda baxyaqator yurgizib burmalanadi, yengboshi qirqimining yuqori nuqtasi yelka chokiga, yengning pastki choki yon chokka to‘g‘rilanib, to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab olinadi. Yeng avval qo‘lda ko‘klab biriktiriladi, gavdaga kiydirib ko‘rib, to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qilingandan keyin mashinada tikiladi, choklari yo‘rmalanadi va yeng tomonga qaratib yotqizib dazmollanadi. Yengning pastki qirqimlari va ko‘ylakning etak qirqimlari belgilangan miqdorda bukilib, yashirin qaviqlar bilan tikib qo‘yiladi. Ko‘ylak ortiqcha iplardan tozalanadi va dazmollanadi. Download 498.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling