Mavzu: Ayollar milliy kiyimlarini modellashtirish. Mavzu: Ayollar milliy kiyimlarini modellashtirish


Download 498.85 Kb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi498.85 Kb.
#1047323
1   2   3   4   5
Bog'liq
modellashtirish

Milliy lozimni tikish
Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo‘lib, materiali, bichimi va bezaklari jihatidan ko‘ylakka mos bo‘ladi. Har tomonlama qulay bo‘lgan kiyimning bu turi keng tarqalgan. Uni asosan uy kiyimi sifatida uy ichida kiyiladi. Shu bilan birgalikda lozimni shahardan tashqariga sayohat paytlarida, dam olish vaqtlarida ham kiyiladi. Lozim yengil va yumshoq gazlamalardan tikiladi, gazlama tanlashda gigiyenik talablarni ham hisobga olish muhim bo‘ladi.
Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (6.29-rasm). Lozim enli gazlamadan bichiladigan bo‘lsa, gazlama uzunasiga ikki buklab to‘shaladi, agar ensiz gazlamadan bichiladigan bo‘lsa, gazlama ko‘ndalangiga ikki buklab to‘shaladi. Andaza o‘rta chizig‘ini gazlamaning bo‘y iрi yo‘nalishiga to‘g‘rilab joylashtiriladi. Lozimning manjeti materialning yon tomonlaridan uzunasiga bichib olinadi. Andazalarning konturlari bo‘yicha kerakli chok haqlari qo‘yib, bo‘rlab chiqiladi va detallar bichib olinadi.
Bichiq detallari: old va orqa bo‘lak - 2 dona, manjet - 2 dona.
Ishlov berish ketma-ketligi. Lozimni tikishda gazlamaning xossalari hisobga olinadi. Gazlama sitiluvchan bo‘lsa, u holda qirqimlari ich kiyim choki yoki qo‘sh chok bilan tikiladi. Lozimni tikishda avval uni teskari tomonlarini ichiga qaratib qo‘yib olib, old va orqa o‘rta qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab, o‘ng tomonidan ko‘klov qaviqqatori bilan tikib chiqiladi. Keyin 0,5 santimetr chok haqi tashlab mashinada biriktiriladi, ko‘klov iplari olib tashlanadi. Lozimni teskari tomoniga ag‘darib, old va orqa tomonlarning o‘rta choklari ustidan 0,7 santimetr kenglikda baxyaqator yurgiziladi. Lozimni yana o‘ngiga ag‘darib, odim qirqimlarini qo‘lda ko‘klab biriktiriladi, keyin mashinada 0,5 santimetrli chok haqi bilan tikiladi. Ko‘klov iplaridan tozalab, lozimni teskarisiga o‘girib, odim choklari ustidan 0,7 santimetr kenglikda baxyaqator yurgizib chiqiladi.
Lozimning bel qirqimini oldin 0,5 san­timetr, keyin 1,5 santimetrga teskarisiga qaratib bukib, qo‘lda ko‘klab chi­qiladi va mashinada buklangan ziyidan 0,1 - 0,2 santimetr masofada baxyaqa­tor yurgiziladi, chokning oxirida rezina tasma o‘tkazish uchun 1,0 - 1,5 santimetrcha joyi tikilmasdan qoldiriladi.
Manjetlar ensiz tomonlari bo‘yicha qirqimlarini to‘g‘rilab, teskari tomonidan 1,0 santimetr kenglikda biriktirib tikiladi, choklari yorib dazmollanadi va manjetni o‘ng tomoniga ag‘darib, o‘rtasidan uzunasiga ikki buklab tekislanadi.
Lozimning pocha qirqimlari bo‘yicha baxyaqator yurgizib burmalanadi va manjetning bir tomoniga aylantirib ko‘klab biriktiriladi, so‘ngra mashinada 1,0 santimetrli chok haqi bilan tikib chiqiladi, ko‘klov iрlari olib tashlanadi va manjetning ikkinchi qirqimi 0,7 - 0,8 santimetr ichiga bukilib qo‘lda ko‘klab lozimga biriktiladi. Keyin lozimning o‘ng tomonidan manjet biriktirilgan chokning ustidan baxyaqator yurgizib manjetning ikkinchi tomoni ham biriktiriladi, ko‘klov iplari olib tashlanadi. Shundan so‘ng lozim dazmollanadi va bel qismiga rezina tasma o‘tkaziladi, rezina tasmaning uchlari qo‘lda mahkamlab chatib qo‘yiladi.

Download 498.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling