Mavzu: Ayollar milliy kiyimlarini modellashtirish. Mavzu: Ayollar milliy kiyimlarini modellashtirish


Download 498.85 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi498.85 Kb.
#1047323
1   2   3   4   5
Bog'liq
modellashtirish

Ayollar shimini tikish
Shim hozirgi paytda ayollar kiyimining keng urf bo‘lgan turi hisoblanadi. Shim modellari juda xilma-xil. Shimning bichimi, shakllari va bezaklari zamonaviy moda yo‘nalishiga qarab o‘zgarib turadi. Hozirgi paytda shim tikish uchun an’anaviy gazlamalar bilan bir qatorda jinsi, chiyduxoba, tabiiy va sun’iy shoyi gazlamalar ham ishlatilmoqda.
Shim taqilmasi old bo‘lagida yoki yon chokida ishlanishi mumkin, belbog‘i ulama yoki yaxlit bichilgan, pocha qismi manjetli yoki manjetsiz bo‘lishi mumkin. Shimlarda turli xildagi qirqma, qoplama, yon choklarda yoki old va orqa bo‘laklarda joylashgan cho‘ntaklar tikiladi.
Belbog‘ning ustki va ostki qavati avra gazlamadan, shuningdek, teskari tomoniga korsaj tasma yoki astarlik gazlama qo‘yib tikilishi mumkin. Shimning old bo‘laklari vazifasi va gazlamasiga qarab astarli yoki astarsiz bo‘lishi mumkin. Ayollarning hozirgi modadagi shimlari gavdaga har xil darajada yopishib turadigan, to‘g‘ri va pastga qarab kengaygan, kengayishi bo‘ksadan, sondan yoki tizzadan boshlangan, uzunligi tizzagacha, boldirgacha tushadigan yoki uzun, tizzadan pasti alohida bichilgan, old va orqa bo‘laklari koketkali bo‘lishi mumkin. Shimlarda bezak sifatida rangli baxyaqatorlar, shakldor cho‘ntaklar, kesimlar, kashta va applikatsiyalar, turli furnitura, biser va toshlardan foydalanilmoqda.
Model tavsifi (6.30-rasm). Bo‘ksaga yopishib turadigan, ulama belbog‘li shim «molniya» taqilmasi chap tomondagi yon chokida joylashgan, belbog‘ qirqma petla va tugma bilan takilgan bo‘ladi. old va orqa bo‘laklarning yuqori qismi vitachkali, shim pochasi manjetsiz, bukma chok bilan ishlangan. shimni jun, yarim jun va lavsanli gazlamalardan, shuningdek, qalin iр gazlamalardan tikish mumkin.
Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (6.31-rasm). shimni bichish uchun gazlama uzunasiga ikki buklab to‘shaladi. Gazlama enli bo‘lsa old va orqa bo‘laklarning andazalari yonma-yon qo‘yiladi, agar gazlama ensiz bo‘lsa, uzunasiga ketma-ket joylashtiriladi, bunda andazalarda belgilangan o‘rta chiziqlar gazlamaning bo‘y iрi yo‘nalishiga mos tushishi kerak. Andazalar gazlama eniga joylashmasa, orqa bo‘lak odim qirqimining yuqori qismiga uloq tushirish mumkin.
Andazalaming konturlari bo‘yicha kerakli chok haqlari qo‘yib, bo‘rlab chiqiladi va detallar bichib olinadi. Bichilayotgan paytda bel­gilangan joylarga nazorat belgilari - kertimlar berib ketiladi.

Download 498.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling