Mavzu: Ayollar tungi ko’ylagini tikish Mavzuning maqsadi


Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1496507
1   2   3
Bog'liq
5-AM tungi koylak tikish e2343ec7b391bc14d21da4e5837a27fd

Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (6.12-rasm). Тungi ko‘ylak eni 80 – 90 
santimetr bo‘lgan gazlamadan bichilganda ko‘ylak uzunligining ikki baravariga 5–7 santimetr chok 
haqi qo‘shilgan miqdorda gazlama sarf bo‘ladi. Gazlamani o‘ngini ichkari tomoniga qaratib 
uzunasiga ikki buklab to‘shaladi va tungi ko‘ylak old va orqa bo‘laklari andazasining o‘rta 
chiziqlarini buklovga to‘g‘rilab joylashtiriladi. Bunda yelkada chok bo‘lmasligi uchun old va orqa 
bo‘laklar andazalarining yelka chiziqlari bir-biriga taqalib turishi kerak. Andazalarning konturlari 
bo‘yicha belgilangan miqdorda chok haqlari tashlab, bo‘rlab chiqiladi va bichiladi.
Bichiq detallari: Old-orqa bo‘lak – 1 dona.
Ishlov berish ketma-ketligi. Тungi ko‘ylakning kontur chiziqlari bo‘yicha salqi qaviqlar 
solinadi. Yon choklari ko‘klanadi va kiydirib ko‘riladi. Bo‘yin o‘mizi kengligi va chuqurligi, yon 
choklar holatining to‘g‘riligi va ko‘ylak uzunligi aniqlanadi. Ko‘ylakning yon choklari biriktirib 
tikiladi va maxsus mashinada yo‘rmalanadi, choklar old tomonga qaratib yotqizib dazmollanadi. 
Yengning pastki qirqimlariga qiya mag‘iz-tasma bilan ishlov beriladi. Bo‘yin o‘mizi va etagiga 


burmalangan ensiz to‘r qo‘lda ko‘klab biriktiriladi, so‘ngra maxsus qiya mag‘iz-tasma bilan 
ishlanadi. Тayyor bo‘lgan ko‘ylak ko‘klov iрlaridan tozalanib, dazmollanadi. 
1-rasm 2-rasm 
 
«AYOLLAR TUNGI KO’YLAGINI TIKISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA
Texnologiya asosida 
faoliyat turlari 
Tavsiya 
etiladigan 
moslama va 
uskunalar. 
Chizma 
Standart asosida 
operatsiyani bajarish 
tartibi 

II 
III 
IV 
1. Tungi ko’ylakni 
birinchi kiydirib 
ko’rishga tayyorlash 
Igna, ip 
Тungi ko‘ylakning kontur 
chiziqlari bo‘yicha salqi 
qaviqlar solinadi. Yon 
choklari ko‘klanadi va 
kiydirib ko‘riladi. Yon 
choklari ko‘klanadi va 
kiydirib ko‘riladi. Bo‘yin 
o‘mizi kengligi va chuqurligi
yon choklar holatining 
to‘g‘riligi va ko‘ylak uzunligi 
aniqlanadi.
2. Tungi ko’ylak yon 
chokiga ishlov berish 
UM 
Ko‘ylakning yon choklari 
biriktirib tikiladi va maxsus 
mashinada yo‘rmalanadi, 
choklar ort tomonga qaratib 
yotqizib dazmollanadi 


3. Tungi ko’ylak yelka 
chokiga ishlov berish 
UM, MM, 
Dazmol 
Tungi ko’ylak yelka choklari 
biriktirib tikiladi, qirqimlari 
alohida alohida yo’rmalanib 
yorib dazmollanadi 
4.
Yengning pastki 
qirqimlariga qiya 
mag‘iz-tasma bilan 
ishlov beriladi. 
UM, MM, 
Dazmol 
5. Tungi ko’ylak yoqa 
o’miziga ishlov berish 
UM. Dazmol 
Yoqa o‘miziga planka bilan 
ishlov berishda (3-rasm) 
plankaning o‘ngi kiyimning 
teskari tomoniga qaratib 
qo‘yiladi va ag‘darma chok 
bilan biriktiriladi. Keyingi 
ishlov berish paytida tortilib 
qolmasligi uchun o‘mizning 
burchaklari yoki burilgan 
joylarida chok haqi kertib 
qo‘yiladi. Planka kiyimning 
o‘ng tomoniga ag‘darib 
o‘tkaziladi, planka tomonidan 
0,1 – 0,2 sm li kant hosil 
qilinib, chok to‘g‘rilanadi. 
Plankaning ikkinchi 
tomonidagi qirqimlari ichkari 
tomonga 0,5 – 0,7 sm bukilib 
ko‘klab olinadi, so‘ngra 
plankaning bukilgan ziyidan 
0,1 – 0,2 sm kenglikda 
baxyaqator yuritiladi. 
6.Yeng uchiga ishlov 
berish 
UM Dazmol 
Manjetsiz to‘g‘ri yeng 
uchlarini tikishda qirqimlari 
yopiq qilib bukib, universal 
mashinada tikiladi yoki 
yashirin baxyali maxsus 
mashinada bukib tikiladi 


7.Tungi ko’ylak etagiga 
ishlov berish 
UM.Dazmol 
Ko’ylak etagini tikishda 
qirqimlari yopiq qilib bukib, 
universal mashinada tikiladi 
8.So’nggi ishlov berish 
Dazmol 
Ko’ylak keraksiz iplardan 
tozalanadi va dazmollanadi 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling