Mavzu: Ayollar tungi ko’ylagini tikish Mavzuning maqsadi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1496507
  1   2   3
Bog'liq
5-AM tungi koylak tikish e2343ec7b391bc14d21da4e5837a27fd



5- Amaliy mashg’ulot (ajratilgan vaqt-2 soat) 
 
Mavzu: Ayollar tungi ko’ylagini tikish 
Mavzuning maqsadi: Ayollar tungi ko’ylagini tikish bo’yicha bilim olish va amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirish.
 
Kerakli asbob va uskunalar, xom-ashyolar; Tungi ko’ylakni tikilgan namunasi, tikish 
mashinalari, dazmol, igna, iplar, bezak materiallari. 
Ishni bajarish tartibi
 
 
1. Tungi ko’ylaklar modellari haqida ma’lumot 
2. Tungi ko’ylaklar uchun gazlama tanlash va bichish 
3. Tungi ko’ylakni tikish ketma-ketligini tuzish va tikish. 
3.1 Tungi ko’ylakni birinchi kiydirib ko’rishga tayyorlash 
3.2 Tungi ko’ylakni kiydirib ko’rish (bo’yin o’mizi kengligi, chuqurligi, yon choklarning 
holatining to’g’riligi, ko’ylak uzunligi aniqlanadi). 
3.3 Ko’ylakning yon choklari biriktirib tikish va yo’rmash, dazmollash. 
3.4 Yeng uchiga ishlov berish. 
3.5 Bo’yin o’mizi va etagiga ishlov berish 
3.6 Ko’ylakka so’nggi ishlov berish va NIIberish. 
Mavzuni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatma 
Тungi kiyimlar bichimi sodda, choklari minimal darajada kam, odatda bo‘yi uzun, shakllari 
aniq bo‘lishi kerak. Тungi kiyim o‘simlik yoki 
 
geometrik xarakterdagi siyrak, mayda gulli, ranglari 
ochiq, mayin tusli bo‘lishi kerak, bu uning vazni kam bo‘lib ko‘rinishiga, gavdani yengillashtirib, 
ixcham qilib ko‘rsatishini ta’minlaydi. Bezaklar – kashta, 
qo‘yma burmalar, to‘rlar, mag‘izlar, beykalar, tasmalar, bantlar, tikma to‘rlar, pechak tasmalar va 
boshqalar asosan kiyim rangida bo‘lib, bularning hammasi tungi kiyimlarning chiroyli va qulay 
bo‘lishiga xizmat qiladi. Тaqilmalari minimal miqdordagi tugmalar yoki bog‘ichlar bilan, kiyib-
yechishga qulay qilib hal etiladi. Тungi ko‘ylaklar ko‘pincha yoqasiz, yoqasi bo‘lsa ham kichik 
o‘lchamli bo‘ladi. 
Model tavsifi (6.11-rasm) o‘smir qizlar uchun mo‘ljallangan yaxlit kalta yengli, yelkasi 
choksiz tungi ko‘ylakning uzunligi boldirgacha, bo‘yin o‘mizi dumaloq shaklda bo‘lib, maxsus qiya 
mag‘iz-tasma bilan ishlov berilgan, bo‘yin o‘mizi va etagiga ensiz to‘r bilan bezak berilgan. Batist, 
markizet, chit kabi yumshoq iр gazlamalardan tikish tavsiya etiladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling