Mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qarashlar Kompozitsiya va arxitektonika
Download 9.41 Kb.
|
Mavzu Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qar-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Karimov H.Adabiyot nazariyasining ilmiy asoslari. (O‘quv qo‘llanma)– T.:“Yangi nashr” 2010.- 136 b 2.Sulton I. Adabiyot nazariyasi. T;2006 y, “O‘qituvchi”.
- 5.Umurov H. Badiiy ijod asoslari.-T.,O‘qituvchi, 2001. 6.Quronov D. Adabiyotshunoslik asoslari. T;2004 y, “O‘qituvchi”.
Lirik asar kompozitsiyasi
bosh g‘oya, asosiy fikr ifodalanadi (tezis) yordamchi g‘oyalar, qo‘shimcha lavhalar bilan bosh g‘oya kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi, asoslanadi (antitezis) fikr va tuyg‘ular doirasi yakunlanadi, bosh g‘oya xulosalanadi (sintez) “Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi mazmun va shakl kabi alohida-alohida vositadir, ayni paytda, ular o‘zaro bog‘liqdir: syujet kompozitsiyaning ichida yashaydi (u mazmun hodisasidir), kompozitsiya syujetning vujudi (u shakl hodisasidir) hisoblanadi” «Syujet, avvalo, mazmun bilan bog‘liq bo‘lib, qahramon xarakterining shakllanishi, namoyon bo‘lishini ifodalovchi voqea-hodisalar majmui bo‘lsa, kompozitsiya, birinchi navbatda, shakl hodisasi bo‘lib, asarga go‘zal va jozibali tashqi ko‘rinish beradi, mazmunni ta’sirchan va quyuq bo‘lishiga, asarni qiziqarli va o‘qishli chiqishiga xizmat qiladi» «Yozuvchi muayyan turmush manzarasini aks ettirar ekan, uni o‘quvchi ko‘z o‘ngida butun to‘laligi va yaxlitligi bilan namoyon qilish uchun asarini ma’lum shaklga soladi. Adabiy asarning barcha qismlarni o‘zaro birlashtirib turuvchi, muayyan hayotni yaxlitlikda va muallif nuqtai nazariga mos holda obrazli aks ettirishga yordam beruvchi qurilishi kompozitsiya deb ataladi». “Badiiy asar kompozitsiyasiga badiiy asar qismlari, detallari, badiiy tasvir vositalarining maʼlum maqsad asosida muayyan tartibda joylashtirilishi” deb taʼrif beriladi. Аrxitektonika esa adabiy asarning tashqi qurilishi, yaʼni uning asosiy qismlari (boblar, fasllar; parda, koʼrinishlar)ning yaxlit birlashtirilishidir. Kompozitsiya termini arxitektonikaga nisbatan keng qamrovli tushuncha boʼlib, arxitektonika ham uning tarkibiga kiradi. kopmozitsiyasining unsurlari portret Peyzaj
Lirik chekinish Badiiy asar Peyzaj asardagi badiiy voqelikning muhim unsuri, voqealar kechadigan ochiq makon. Lirik chekinish ijodkorning syujet voqealarini toʼxtatib, ular tufayli oʼzida paydo boʼlgan ichki kechinmalarni bayon etishdir. Mas. А.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida Lola ismli qizga tavsif berishi... Uy, oʼtov, xona singari yopiq joylar interʼerdir. Qahramon portreti tasviri uning suratini koʼrsatish uchungina emas, balki ruhiy dunyosini oʼzgarishlarini anglash, tushunish uchun ham zarur vosita vazifasini oʼtaydi. Badiiy asarda statik va dinamik portret tasvirlari keng qoʼllaniladi. Lirik asarlarda peyzaj detal sifatida beriladi, lirik qahramonning kayfiyati, holati u turgan makon va payt haqida tasavvur uygʼotadi. U qahramonning holat, kayfiyatini gavdalantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. Аsarda voqealar rivoji toʼxtatib qoʼyilib u kechayotgan joy va vaqtni batafsil tasvirlanishi “statik peyzaj”, voqealar jarayonida ular kechadigan joy va vaqtning detallar orqali ifodalanishi esa “dinamik peyzaj” deyiladi. Muqaddimada muallif oʼquvchiga oʼz maqsad-muddaosini maʼlum qilib, asari haqida tushuntirish, izohlar beradi. Xotima esa qahramonlarning asar syujeti voqealari tamom boʼlgandan keyingi taqdiri haqida maʼlumot beruvchi qismdir. Аsar matni tarkibidagi muqaddima va xotima ham badiiy asar kompozitsiyasi unsuridir. 1.Karimov H.Adabiyot nazariyasining ilmiy asoslari. (O‘quv qo‘llanma)– T.:“Yangi nashr” 2010.- 136 b 2.Sulton I. Adabiyot nazariyasi. T;2006 y, “O‘qituvchi”. 3.Umurov. Adabiyot nazariyasi. T; Sharq,2002. 4.Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka kirish.-T.,Universitet. 2000. 5.Umurov H. Badiiy ijod asoslari.-T.,O‘qituvchi, 2001. 6.Quronov D. Adabiyotshunoslik asoslari. T;2004 y, “O‘qituvchi”. 7.Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T; “O‘qituvchi”, 1998. E’tiboringiz uchun rahmat! http://hozir.org Download 9.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling