1.2.Badiiy asarda mualif nutqi va personajlar nutqi
Muallif nutqi va personajlar nutqi. Adabiy asar tili bir-biridan sezilarli farq etadigan ikki bo`lakdan — muallif nutqi va personajlar nutqidan iborat Muallif nomidan aytilgan gaplar muallif nutqini tashkil etadi. Muallif nutqining vazifalari xilma-xil. Ularning hammasi asar mazmunining ta'sirchanligiga xizmat qiladi.
Tabiiyki, har qanday nutq kabi adabiy asardagi muallif nutqi, dastavval, axborot xarakteriga ega. Muallif nutqi personaj ishidan (nimalar qilganidan) yoki uning boshqa personajlar bilan munosabati, o'z ichki dunyosida nimalar bo'layotgani haqida o'quvchiga axborot beradi. Muallifning axborot beruvchi nutqi personajlarning ishlari va holati bilangina emas, balki personajlar hayotida ro`y bergan va ularga noma'lum bo‘lgan juda muhim hodisalardan yoki holatlardan ham o ‘quvchini xabardor qiladi. Masalan, biz Otabek va Kumushning sevgisi nimadan boshlanganini muallif nutqidan bilamiz. Homidning Otabekka qarshi qilgan, ammo unga uzoq vaqtgacha noma’lum qolgan ishlarini, sujetning shunga o ‘xshash bir qancha muhim tavsilotlarini ham biz muallif nutqi orqali bilib olamiz. Muallif nutqi yana personajlarning ichki dunyosini, hatto ularning o ‘zlari ham izhor etib berolmaydigan ruhiy holatlarini tasvirlaydi. Masalan: „Otabek endi o‘tgan ishlarni ko‘z o'ngidan o‘tkaza boshlagan edi. Bugungi besh daqiqa orasida bo‘lib o ‘tgan voqeani hech bir yo‘sin bilan miyasiga sig‘dira olmas edi, chindan bo‘lgan ish deb o ‘ylashga aqli bovar qilmas edi. Lekin quloqlari ostida endigina aytilgan „Uyatsiz, sizga mening uyimdan o`rin yo‘q!.. Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!“ so‘zining sadosi qanday bo‘lsa ham unga bir haqiqatni ochiq so‘zlar, nafsida sezilgan xo`rlanish va hayajon bilan tasdiqlar, bugina emas, yuziga yopilgan darvozaning shildir-shildir qilib bog‘langan zanjirining sadosi ham bu haqiqatni ta’kidlar edi“. Muallif nutqi orqali biz uning tasvir etilayotgan predmetga ijobiy yoki salbiy munosabatini bilamiz va bu asarda xolisona tasvir etilgan hayot manzaralari va kishilar bilan birga, asarning g'oyaviy yo'nalishi, muallifning niyati haqida aniq tasavvur beradi. Misol: „Musulmonqulning aholiga jabr-u zulmi haddan tashqari oshib ketadi. Uning istibdodi o‘zga shaharlarda uncha sezilmasa ham, ammo markaz Qo‘qon odamlarini juda to‘ydiradi...“. Muallif nutqi, butun badiiy asarning tili kabi, ta’sirchan nutqdir. Bu ta’sirchanlik ba’zan muallif nutqining personaj nutqiga ko‘chishida ham namoyon bo'ladi. Misol: „Otabek vangalar kutib turgan tarafga yurdi. U hozir qiziq holatda edi: bu nima gap, tushimmi, o` ngimmi, nima gaplar o`tib, nimalar bo'lmoqda, bo'lib turgan ish haqiqatmi?” Qisqasi, muallif nutqi adabiy asarning hamma katta va kichik qismlarini bir-biriga mahkam bog'lab turuvchi omildir. Personajlar nutqi asarda tasvirlanayotgan kishilarning o'zaro suhbatlari, yolg‘izlikdagi o‘ylari yoki bir-birlariga yozgan maktublaridan yuzaga keladi. Personajlar nutqi jamiyatdagi xilma-xil tabaqa vakillarining obrazlarini yaratishga yordam beradi. Adabiy asarning muallif nutqidan va personajlar nutqidan iborat tili o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Adabiy asar tilining asosiy xususiyatlaridan biri bu ta`sirchanlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |