Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o‘qish. Apellyatsiya shartlari


Download 46.84 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi46.84 Kb.
#1791961
1   2   3
Bog'liq
Qayta topshirish qayta o\'qish va apelatsiya

Kredit baholash tizimi


  • 5 (90-100)

  • 4 (70-89)

  • 3 (60-69)

  • 2 (0-59)


Qayta topshirish qayta o’qish va apelatsiya haqida.
Shu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi. Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular guruhga haratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo‘ladi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin. 26 Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha o‘quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi. YOzma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. O’quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi. Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. SHkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi. Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 27
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi.
 dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.
 Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 25 Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi. O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin. Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to‘ldirib boriladi. Masalan, o‘quvchilarning «Qo‘shma gaplar» mavzusini qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular o‘z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga haramay o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo‘llash jarayonida: nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
 yakuniy nazorat.
 oraliq nazorat;
O’quvchilarni baholashning turlari va tamoyillari.
Pedagogika-psixologiya fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.
3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan. Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: joriy nazorat; o‘rniga bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi. Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag‘batlantiruvchi rolini 29 oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan: -baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi; - raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab etadi; - o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir. Kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O’quvchilar tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
1. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat;
2. o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatib borish zarur.
3. o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini tahlil etadi.
Yakunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O’zo‘zi bilan musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past 30 o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi. 2. O’quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari. O’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud harashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olina
 bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi; o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, uning
 ixtiyoriy mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi; o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish,
 berish; ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy
 ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib
 o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. Shu o‘rinda «Qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadiq» degan savolga javob berish o‘rinlidir: Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan. Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi. Ikkinchidan, baholash mezoni o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiharishga emas, aksincha, o‘zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim. Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko‘makchisiga aylanishi zarur. 28 Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo‘yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o‘rtasida yig‘indisining o‘rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat. Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo‘yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo‘lsa, unga chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. Bu esa o‘quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi. «Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim standartida belgilangan barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi. Reyting tizimida o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o‘quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to‘plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini to‘plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi. Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi: ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;di. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og‘zaki javob berish jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 1. o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa; 2. material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 3. o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa. YOzma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 1. masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; 2. topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa. Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 1. ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa; 2. ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yilsa. Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin: o‘quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo‘yiladi:

  1. «5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo‘yiladi. 31 2.

  2. «4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa;

  3. 3. «3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. 4.

  4. «2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa. O’quv protsessida tinglovchilarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy-siyosiy fanlar tsikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik-pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi.

O’qituvchining yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o‘ziga g‘oyaviy e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo‘yiladi. Shuning uchun o‘qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida ko‘rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy funktsiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan. Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg‘ulotlarda bo‘lajak o‘qituvchi bir tomondan, o‘zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar asosida ularda shaxsiy sifatlar: duneharash, ma’naviy qiyofa shakllanadi. «….Hozir har bir o‘qituvchi har qachongidan ham ko‘proq darajada, tarbiyachi bo‘lishi kerak» degan so‘zlar hozirgi sharoitda ayniqsa aktual jaranglaydi. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogi-psixologik oliy o‘quv yurtida tabiat va bilish nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan juda ko‘p bilimlarni egallab va ularni o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llab, o‘quvchilarda voqelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak. O’quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan bog‘lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs tinglovchilarida emas, balki kurs tinglovchilarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o‘z ixtisosligida ixtisoslik beruvchi fan problemalarida ijodiy qo‘llash ko‘nikmalari hosil qiladi, ularni chuquroq o‘rganish shtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo‘lajak 32 o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki ma’lum bir fan doirasida tinglovchilarga o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llashdek murakkab prolemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlarni o‘qitishda ishlab chiharishning ilmiy, ilmiy-texnik asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish mumkin bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro‘yobga chiharish tegishli kafedra o‘qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra o‘qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishi, aksincha, bu fanlar o‘qituvchilari o‘rganilayotgan hodisalarga dialektik yondashish ko‘nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo‘lajak o‘qituvchilarga singdira bilishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O’quv rejasiga muvofiq pedagogi-psixologik Binobarin, qo‘yi kurs tinglovchilari yetarli darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo‘lmagan va ixtisosligi bo‘yicha yetarli nazariy tayyorgarlik ko‘rmagan holda shu fanni o‘rganishga kirishadilar. Vaholanki, dialektik materializm o‘quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi ko‘rgan bo‘lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o‘rganishda bo‘lajak matematika o‘qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko‘rsatib berish muhimdir. Tinglovchilarning o‘z ixtisosligi bo‘yicha bilim beruvchi fanlardan tegishli misollarni o‘rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini qanday qilib ochib berish mumkin. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu qonunni tahlil qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va chuqurlashtiradi, bo‘lajak matematik o‘qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato harama-harshi fakt, xodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish metodlari bilan qurollantiradi. 3. Testning qisqacha tarixi va uning mamlakatimizga kirib kelishi Test tarixi juda olis o’tmishga borib taqaladi. Uning turlicha sodda va murakkab ko’rinishlari har xil maqsadlarda foydalanib kelingan. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, test amaliyotining ommaviy ravishda qo’llanilishi to’g’risida dastlabki aniq ma’lumotlar eramizdan avvalgi 2200 yillardagi Xitoy davlatiga borib taqaladi. Ushbu davrda Xitoyda ishga qabul qilish uchun hukumat organlari maxsus imtihon o’tkazganlar. Ushbu imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan fuqarolargina davlat xizmatiga olinganlar. Masalan, xat tashuvchi bo’lib ishga kirish uchun fuqarolar yozish, arifmetika, otda chopish va kamondan o’q uzish 33 imtihonlarini topshirishlari kerak bo’lgan. Britaniyada 1830 yillarda va Amerikada 1889 yillarda boshlangan davlat tashkilotlari tizimini yaratish va unga ishchilarni qabul qilish mexanizmlarini tashkil qilishda qadimgi xitoyliklarning usullari andaza sifatida qabul qilingan. Demak, insoniyat taraqqiyotiga kimyo, falsafa va boshqa ko’plab sohalarda katta hissa qo’shgan xitoyliklar bilim va qobiliyatlarni baholash sohasining ham ilk boshlovchilari ekan. 20 asrga kelib Yevropa va Amerikada test amaliyoti juda rivojlanib ketdi. Ayniqsa insonning aqliy qobiliyatlarini baholashga mo’ljallangan aqliy testlar (IQ tests) ga talab ortdi. Mazkur testlar xotira va tushunish kabi qobiliyatlarni baholashni ham o’zida mujassamlashtirgan edi. Bu turdagi baholash vositalarining ommalashuviga muhim xissa qo’shgan hodisa Fransiya Xalq ta’limi vaziri Alfred Binet tomonidan yaratilgan test bo’ldi. Alfred Binet mazkur testdan maktab darslarini yaxshi o’zlashtira olmayotgan o’quvchilarning qobiliyatlarini baholashda foydalangan edi. Keyinchalik Alfred Binet o’z hamkori Teodor Saymon bilan hamkorlikda ushbu testdan turli maqsadlarda foydalana boshladi. Ularning tajribalari Amerikaga 1916 yilda kirib keldi va Stenford universiteti olimi Luis Terman bu baholash vositalarini yanada takomillashtirdi. Shuning uchun bo’lsa kerak, hozirgi zamonaviy aqliy testlardan biri Stenford-Binet testi deb nomlanadi. Ta’lim muassasalariga qabul jarayonida testlar birinchi bo’lib 1937 yilda AQShda foydalanildi. Shu yil SAT (Stanford Achievement Test) deb nomlangan test Braun, Yel va Prinston universitetlariga qabul jarayonida ishlatildi va uni 2000 nafardan ortiq abituriyent topshirdi. Shundan keyin AQShdagi va dunyodagi boshqa oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlarida test usulini qo’llashni o’z amaliyotlariga kirita boshladilar. Hozirda dunyodagi deyarli barcha davlatlarning oliy ta’lim muassasalariga qabul paytida test sinovlari o’tkaziladi. Lekin har bir davlat o’ziga xos yondashuvni qabul qilgan. Masalan, Angliyada markazlashgan test sinoviga qo’shimcha ravishda universitetlar boshqa mezonlarga ham qaraydilar. Yaponiyada kirish testlari ikki bosqichda o’tkaziladi: birinchisi markazlashgan usuldagi test bo’lib, unda barcha abituriyentlar qatnashadilar, ikkinchi bosqichdagi test sinovini esa oliy ta’lim muassasasining o’zi o’tkazadi. AQShda kirish testlarini mustaqil nodavlat baholash tashkilotlari o’tkazadi. Universitetlar abituriyentlarning mana shu testlarda olgan ballarini qabul jarayonida bir mezon sifatida qabul qiladilar. Hozirgi kungacha test baholash vositasi sifatida davr sinovidan o’tdi va olimlar tomonidan o’tkazilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlar uning xususiyatlari va natijalaridan olinadigan xulosalar obyektiv ekanligini tasdiqladi. Natijada test nazariyasi va amaliyotini o’rganuvchi Ta’limda baholash (Educational Assessment) deb nomlangan maxsus ta’lim yo’nalishi vujudga keldi. 34 Rivojlangan davlatlardagi bir necha universitetlar hozirda shu yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Uni bitirgan kadrlar ta’limda baholash ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlarida yoki ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar. Ularning vazifasi baholash ishlarining sifatli va talab darajasida o’tkazilishini va natijalardan turli maqsadlarda to’g’ri foydalanilishini ta’minlashdan iborat. Mamlakatimizda test amaliyoti sobiq ittifoq davlatlari orasida birinchi bo’lib qabul qilindi va bu tizim oz fursatda o’ziga bo’lgan ishonchni oqladi. Hozirda Davlat test markazi testlardan nafaqat kirish imtihonlarida, balki pedagoglar attestasiyasi, olimpiadalar va boshqa ko’plab baholash amaliyotlarida foydalanmoqda. Bu usul bilim, ko’nikma va malakalarni baholashda obyektiv usul sifatida juda yaxshi qarshi olindi. Davlat test markazida test muammolarini o’rganuvchi alohida bo’lim tashkil etilgan bo’lib, bu bo’lim “Test texnologiyalarini rivojlantirish” bo’limi deb ataladi. Bo’lim xodimlari test va baholash sohasida uzluksiz ravishda ilmiy tadqiqotlar, seminarlar o’tkazib turadilar va respublikamizdagi test amaliyotini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shmoqdalar. Bundan tashqari, Davlat test markazi ta’limda baholash faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatgan. Amalga oshirilayotgan eng muhim loyiha esa Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uning maqsadi O’zbekistondagi baholash va test amaliyotini jahon andazalari darajasiga ko’tarish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlarga yordam berish. Hozirda bir guruh mutaxassislar ushbu loyiha doirasida o’z malakalarini oshirmoqdalar va kirish testlarini takomillashtirishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Bugungi kunda yurtimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalari va ta’limga aloqador davlat tashkilotlari o’z amaliyotlarida testning turli shakllaridan foydalanmoqdalar. Masalan, o’quvchilar bilimini nazorat qilishda, pedagoglar attestasiyasida, kollej va liseylarda o’tkaziladigan kirish imtihonlarida va hokazo. Lekin ushbu jarayonlarda test topshiriqlarini ishlab chiqish, ularni aprobasiyadan o’tkazish, test jarayonini tashkil etish va o’tkazish, natijalarni e’lon qilish va natijalardan to’g’ri foydalanish bo’yicha maxsus talablarga doim ham amal qilinmoqda deb bo’lmaydi. Shuning uchun test va baholash nazariyasi haqida ilmiy-uslubiy maqolalarni chop etish va ularni ta’lim muassasalari va ta’limga aloqador tashkilotlarga yetkazish eng dolzarb masalalardan biri. Ushbu qo’llanma mana shu muammoni, qisman bo’lsa-da, bartaraf etishga mo’ljallangan. O’ylaymizki, o’qituvchilar ushbu qo’llanma orqali o’z baholash amaliyotlariga boshqacha nazar bilan qaraydilar va bu ularning faoliyatlari samarasini oshirishga yordam beradi. 35 4. “TEST” tushunchasining ma’nosi “Test” so’zi mamlakatimizga kirish imtihonlarida muqobil javobli test topshiriqlaridan foydalanadigan imtihonlar joriy qilinishi bilan birga kirib keldi. Lekin ingliz tilidan kirib kelgan bu so’zga hozirgacha aniq ta’rif berilmagan. Bu so’z hozirda kirish imtihonining o’ziga nisbatan ham va unda ishlatiladigan alohida muqobil javobli test topshiriqlariga nisbatan ham qo’llanilmoqda. Test so’zining “imtihon” ma’nosida qo’llanilishi to’g’ri. Masalan, “bugun Andijon davlat universitetida test o’tkazildi” deyilsa, noto’g’ri bo’lmaydi. Lekin ba’zida test so’zidan testdagi alohida topshiriqqa nisbatan ham foydalanilishi, masalan, “36 ta testdan 28 tasiga javob berdim” deyilishi, to’g’ri bo’lmaydi. Shuning uchun terminlarga aniqlik kiritib olaylik. Ingliz tilida test so’zi “shaxsning bilimlari, qobiliyatlari yoki ko’nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg’ulotlar to’plami”ni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, test deganda faqat muqobil javobli topshiriqlarni o’zida jamlagan baholash vositasi tushunilmasligi lozim. Uning tarkibiga boshqa baholash usullarini kiritish mumkin ekan. Masalan, ifodali o’qish, yozma ish, og’zaki savol-javob va hokazo. Bu jihatdan olib qaraganda, “test” so’zi o’zbek tilidagi “baholash” va “imtihon” so’zlariga sinonim hisoblanadi. Lekin “baholash” so’zi odatda ancha keng ma’noda ishlatiladi. Binobarin, test sinovi baholashning bir turi hisoblanadi. “Test topshirig’i” deganda esa testning tarkibiga kirgan va muqobil javoblari berilgan yoki boshqa turdagi alohida topshiriq tushuniladi. Kirish imtihonlarida hozirda faqat muqobil javobli test topshiriqlari qo’llanilmoqda. Aslida test tarkibiga ochiq turdagi (muqobil javoblari berilmagan) savol, insho, og’zaki savoljavob va boshqa ko’plab topshiriqlarni kiritish mumkin. Terminlarga aniqlik kiritib olish juda muhim, chunki bu ta’lim faoliyatida foydalaniladigan turli baholash usullarini o’rganishda ayrim chalkashliklarni oldini olishga yordam beradi. Demak, testga oid terminlarni quyidagicha ta’riflab olsak va doimo shu ta’riflarga amal qilsak, foydadan holi bo’lmaydi: Test (baholash) – bu o’quvchining bilimlari, qobiliyatlari yoki ko’nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg’ulotlar to’plami. Test topshirig’i – bu testning tarkibiga kirgan har qanday topshiriq turi. Muqobil javobli test topshirig’i – savol va unga berilgan bir nechta muqobil javoblardan iborat bo’lgan topshiriq turi. Test topshiruvchidan mana shu muqobillar orasidan to’g’risini topish talab qilinadi. 36 5. Test topshiqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo‘llashga yaroqli deb bo‘lmaydi. Test savollari mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur [4]. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o‘quv maqsadiga muvofiqligi; materialning ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashganligi; samaradorlik (kumulyativlik); til ravonligi va aniqligi; bir ma`nolilik; vaqtning qat`iy belgilanishi; ixchamlik; murakkablik me`yori; to‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarining mavjud emasligi; variativlik; shaklan va mazmunan o‘zaro bog‘liqlik. Endi mazkur talablarni birma-bir qisqacha ko‘rib chiqaylik.
1. O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikatsiyalangan) o‘quv maqsadlariga muvofiq bo‘lishi lozim. O’quv maqsadlari majmui Blum taksonomiyasi bo‘yicha ierarxik tuzilishiga ega. Shuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo‘lmaydi. Har bir test savoli ma`lum bir o‘quv maqsadining ro‘yobga chiqishini ta`minlashi zarur.
2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni, odatda, cheklangan bo‘ladi. Binobarin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilayotgan masalada barcha mavzular to‘liq qamrab olinmagan bo‘lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida holatlarda qo‘llashni nechog‘lik o‘zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko‘rsatadi.
3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo‘lgan haqqoniy ma`lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati, avvaldan ma`lum, aniq javob berishni taqozo etadi.
4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma`lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko‘rinadi.
5. To‘kislik va uyg‘unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
6. O’zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalanganligi. O’quv materialining ma`lum bir tarkibiy qismiga oid o‘zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bo‘lgan test 37 topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim. Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval o‘zlashtirib olingan ma`lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Reproduktiv darajadagi testlarda esa, talaba oldin o‘zlashtirilgan ma`lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan ma`lum bo‘lgan qoida va algoritmlarga (yo‘llanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash yo‘lidan boradi. Samarador mustahkam bilimlar va ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma`lum umumiy uslublarni topshiriqda ko‘rsatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qo‘llash layoqatini sinaydi. Samarador bilimlar va ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, ma`lum qoidalarga ko‘ra yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Ijodiy fikrlash darajasiga oid tuzilgan testlarda topshiriq umumiy holda bayon etiladi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan xatti-harakatlar va vaziyatlarni talaba ijodiy fikrlash natijasida aniqlaydi. Bunday test topshiriqlarni echish jarayonida butunlay yangi axborot (qoida, xulosa, shakl va h.k.) yaratiladi.
7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat`iy talab emas. CHunki zamonaviy komp’yuter test tizimida talabaga navbatdagi test topshirig‘i, avvalgisini qanday echganiga qarab beriladi. Ya`ni avvalgi savolga noto‘g‘ri javobdan so‘ng unga nisbatan murakkab bo‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Vaqtning qat`iy belgilanganligi. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o‘ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo‘lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo‘yicha 65 sekund, til va adabiyot bo‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq deb topilgan.
9. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho‘zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko‘lamli o‘quv savolini o‘zlashtirishni aniqlash zarur bo‘lgan hollarda, uni bir qancha ixcham test topshiriqlariga bo‘lib tuzilgani ma`qul.
10. Til ravonligi, aniqligi va bir ma`noliligi. Test topshiriqlarida ko‘p ma`nolilik va noaniqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini 38 tuzuvchilar guruhiga muayyan bir o‘quv fani bo‘yicha tajribali pedagog va ruhshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an`anaga aylangan.
11. Murakkablik me`yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo‘lishi uchun ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bo‘lmasligi lozim. Natijasi yarmiga teng bo‘lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko‘rmagan talabani aniqlashni osonlashtiradi. SHuning uchun ham abiturientlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun test topshiriqlari o‘quv dasturini to‘liq o‘rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo‘lgan darajada tayyorlanadi. Demak, ma`lum bir yo‘nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko‘rsatkichdir. SHuni unutmaslik kerakki, o‘z sinfi uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz ko‘rsatkich maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu haqda oldingi mavzuda bayon etilgan.
12. To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo‘lsin, degan maqsadda to‘g‘ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
13. Variativlik. O’quv materialidagi ma`lum bir mavzuni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan, lekin bitta o‘quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o‘quv maqsadiga erishish yo‘lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). SHu bois komp’yuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda komp’yuter navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko‘ra tanlaydi.
14. SHaklan va mazmunan o‘zaro bog‘liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san`at asarlarini o‘rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san`at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg‘un bo‘lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi talablar asosida tuzish, o‘qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo‘yicha ma`lumotga ega bo‘lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik kurslarida o‘qish va tegishli adabiyotlarni mustaqil o‘zlashtirib borish zarur. Test topshiriqlari tuzishga oid yuqoridagi talablarga rioya qilish, ularning talabalar bilimini haqqoniy va aniq o‘lchash xususiyatlarini ta`minlaydi. Buning uchun test topshiriqlari tuzishda mutaxassis olimlar, fan o‘qituvchisi, uslubchi, tilshunos, pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ta`minlash zarur.


Download 46.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling