Mavzu: Baliq va baliq mahsulotlari Guruh: S22-29
Download 1.44 Mb.
|
baliq va baliq mahsulotlari
Zog’ora baliq, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh, moybaliq, cho’rtan va baqra asosan ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Keyingi paytlarda sport usulida baliq ovlash keng rivojlanmoqda. Bunday baliq ovlash ko’ngilli dam olish uchun xizmat qiladi, odamni tabiat bilan yaqin aloqada bo’lishiga yordam beradi, tabiatga qiziqishni kuchaytiradi. Baliqlarni sun’iy urchitish. Tabiiy sharoitda baliqlar tuxumi va yosh baliqlar turli sabablar tufayli ko’plab nobud bo’ladi. Shuning uchun ovlanadigan baliqlar maxsus zavodlarda urchitiladi. Buning uchun urchish paytida voyaga yetgan urg’ochi va erkak baliqlarning pushti tuxumlari va sperma suyuqligi solinib, idishda aralashtiriladi va ustiga suv quyiladi. So’ngra idish tuxumlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit bo’lgan inkubatorda saqlanadi. Tuxumdan chiqqan yosh baliqchalar ma’lum vaqt davomida sun’iy hovuzlarda boqiladi. Baliqchalar birmuncha o’sganidan so’ng tabiiy suv havzalariga qo’yib yuboriladi. Baliqlar tuxumi va yosh baliqchalarni samolyotda boshqa suv havzalariga ham ko’chirib olib borish mumkin. Masalan, oq amur, xumbosh, ilonbosh baliqlar Uzoq Sharq daryolaridan keltirilib, Sirdaryo va Amudaryo havzalarida iqlimlashtirilgan.
Hovuz xo’jaligi. Baliq go’shti yetishtirish maqsadida baliqlar unchalik katta bo’lmagan tabiiy suv havzalarida sun’iy urchitilgach, voyaga yetgunga qadar boqiladi. Bu maqsadda ko’pchilik baliqchilik xo’jaliklarida zog’ora baliqning xonakilashtirilgan karp zotlari o’stiriladi. Xonaki karp o’zining yovvoyi ajdodiga nisbatan tez o’sadi, go’shti mazali va yog’li bo’ladi. Bundan tashqari, zog’ora baliq juda ehtiyotkor, karp esa ovqat beriladigan joyga suzib keladi. Unda oziqlanish joyi va vaqtiga nisbatan shartli refleks zog’ora baliqqa nisbatan oson hosil bo’ladi. Hovuz xo’jaliklarida baliqlar uchun hamma sharoit yaratiladi. Xususan, baliqlarning urchishi, o’sishi va qishlashi uchun alohida hovuzlar tayyorlanadi, ularning oziqlanishi va suvga bo’lgan talabi hisobga olinadi. Keyingi paytlarda hovuz xo’jaliklarida karp bilan birga oq amur, xumbosh va oq sla kabi baliqlar o’stirilmoqda. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling