Mavzu. Bank inqirozlari


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana29.10.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1733127
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
8-rasm 
 
9-rasm 
Kreditlash hajmining qisqarishi qo‗shimcha ravishda iqtisodiy pasayishni 
keltirib chiqardi. Natijada bu holat kredit bozorlarida tanlovning yomonlashuvi va 
psixologik risk muammosinikuchaytirdi. Kredit bozorlarida assimetrik ma‘lumotlar 
muammosining oshishibilan bir qatorda yuqori foiz stavkalarining investitsion 
qarorlarga bevosita ta‘sir ko‗rsatishi keyinchalikinvestitsion xarajatlarni pasaytirdi, 
pirovardida, yalpi talab tushishiga qo‗shimcha faktor sifatida xizmat qildi. (9-rasm) 
Janubiy Koreya moliyaviy inqirozi yuqori darajada inson resurslari xarajatini 
ham keltirib chiqardi. Kambag‗allarning darajasi 6 milliondan 10 milliongacha, o‗z 
joniga qasd qilish va ajrashishlar surati salkam 50%gacha, narkotik moddalarga 
ro‗ju qo‗yish 35%gacha va jinoyatchilik surati 15%gacha o‗sdi.


Kuchli fiskal dizabalans. 
Meksika va SHarqiy Osiyo davlatlaridan farqli ravishda Argentinadasamarali 
boshqariladigan bank tizimi mavjud edi va iqnirozdan oldin keng ko‗lamli kredit 
ekspansiyasi amalga oshirilmadi. 1998 yilda kuchli retsessiya boshlanganiga 
qaramasdan inqirozdan oldin banklarning moliyaviy holati juda yaxshi edi.Afsuski, 
Argentinada doimo o‗z byudjetini nazorat qilish bo‗yicha qiyinchilik mavjud 
bo‗lgan. Argentinada viloyatlar (AQSHdagi shtatlarga o‗xshab) davlat xarajatining 
katta foizini nazorat qilishadi. Ammo daromadlarni oshirish javobgarligi asosan 
federal xukumatga yuklatiladi. Bu tizim doirasidaviloyatlar o‗zlarining vakolatidan 
tashqari xarajatqilishdaimtiyozgaega edi va ular federal xukumatdan davriy 
ravishda o‗zlarining qarzdorligi yuzasidan javobgarlik to‗g‗risida o‗ylab ko‗rishga 
chaqirib turishdi.Natijada, Argentina doimo defitsitda bo‗lgan. 
1998-yilda boshlangan turg‗unlik vaziyatni yanada yomonlashtirdi. CHunki
turg‗unlik davri soliq daromadlarini pasaytirdi va davlat xarajatlari hamda soliqlar 
o‗rtasidagi chuqurlikni kengaytirdi. So‗nggi kuchli fiskal dizbalans shu darajada 
juda katta ediki, xukumat maxalliy rezidentlar va xorijliklarga etarli darajada 
o‗zining obligatsiyalarini sota olmadi. SHu boisbu holatdabanklar katta miqdorda 
xukumat qarzini sotib olishga majburlandi. 2001- yilgacha investorlar Argentina 
xukumatining ushbu qarzni qayta to‗lay olish qobiliyatiga shubha bilan qaray 
boshladi. Banklarning balansida katta chuqurlar qoldirib, qarzning narxi keskin 
tushib ketdi. Rivojlanayotgan davlatlar orasidaqachonlardir eng zo‗r nazorat 
qilinadigan va kuchli bank tizimiga ega Argentina depozitlarni yo‗qotishni 
boshladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling